9. Hol uyushib kelgan gapni toping.
A) U topshirilgan vazifalarni ham aniq ham puxta va bir zumda bajarardi.
B) Zamiraning baland, ammo mayin ovozi bor edi.
C) Go’zallik va yaxshilik hamisha siz bilan birga bo’lsin.
D) Odam baxt uchun yashaydi, kurashadi va ijod qiladi.
10. Dramatik turga mansub bo’lmagan janrni ko’rsating.
A) naql B) og’zaki drama C) xalq teatrlari D) askiya
11.Hadislarda aytilishicha, islomdagi eng yaxshi xislatlar qaysilar?
1.Insofli va adolatli bo’lmoqlik 2.Ilm o’rganish
3.Tanigan va tanimaganga salom bermoqlik
4.Ochlarga taom bermoqlik 5.Qarindoshlarga mehr-oqibatli bo’lmoqlik
A) 1,2,3,4,5 B) 2,3,4 C) 2,3 D) 3,4
12.Hadislarni bir-biridan eshitib, rivoyat qilib, avloddan avlodga qoldirib kelgan roviylar ro’yxati qanday ataladi?
A) qavl B) musnad C) naql D) sanad
13.Majoziy shakldagi ibratli hikoyatlarning eng sara namunalari Alisher Navoiyning qaysi asarlarida uchraydi?
A) “Lison ut-tayr”, “Mahbub ul-qulub”
B) “Hayrat ul-abror”, “Sab’ai sayyor”
C) “Hayrat ul-abror”, “Lison ut-tayr”
D) “Mahbub ul-qulub”, “Majolis un-nafois”
14.Quyidagi qaysi fikr ertak-dostonga tegishli?
1.She’riy usulda bayon etiladi.
2.Xuddi ertakdagi kabi boshlama, voqealar rivoji, tugallanmadan iborat bo’ladi.
3.Mazmunan ertakka, shaklan dostonga yaqin turadi.
4.Voqealar nasriy usulda bayon etilmaydi.
5.O’zida ham ertak, ham doston xususiyatlarini mujassamlashtiradi?
A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,3,5 C) 2,3,4,5 D) 4,5
15. “Ahvolimiz”, “To’y”, “Millatimga”, “Fikr aylagil” kabi she’rlar muallifi kim?
A) Abdulla Avloniy B) Abdulla Qodiriy C) Cho'lpon D) Abdurauf Fitrat
16.“Uloqda” hikoyasida uloqqa hakamlik qiluvchi shaxs kim edi?
A) Turg’un chavandoz B) Mahkamboy C) Orif sarkor D) Salim chavandoz
17. Ertaklar qaysi hududda qanday nom bilan ataladi?
Dostları ilə paylaş: |