10. Qo`shma fe’llar quyidagi qaysi so`z turkumi bilan hosil qilinmaydi? A) olmosh B) son C) fe’l D) ko`makchi
11. Xabar maylidagi fe’llar fe’l asosiga qaysi qo`shimchalarni qo`shish orqali hosil qilinadi. A) Zamon va shaxs-son B) Kelishik qo`shimchalari
C) So`z yasovchi D) Sintaktik shakl yasovchi
12. “O`zbegim” qasidasida bir o`rinda ismi, boshqa bir o`rinda taxallusi tilga olingan obraz bu - … A) Alisher Navoiy B) Furqat C) Firdavsiy D) Mirza Bobur
13. Yulius Fuchek qaysi xalq shoiri? A) tatar B) chex C) arman D) nemis
14. Hamid Olimjonning “O`zbekiston” she’rida “somonda yotmas” iborasi ishlatiladi. Bu aslida nimani anglatadi? A) to`kin-sochinlikni B) notinchlikni C) yupunlikni D) yo`qchilikni
15. Umumlashtiruvchi so`z va uyushiq bo`laklar o`rtasida qaysi holatda ikki nuqta (:) qo`yiladi? A) Umumlashtiruvchi so‘z uyushiq bo‘laklardan oldin kelsa B) Umumlashtiruvchi so‘z uyushiq bo‘laklardan keyin kelsa C) Umumlashtiruvchi so‘z uyushiq bo‘laklarning o`rtasida kelsa D) Umumlashtiruvchi so‘z va uyushiq bo‘laklarda ikki nuqta ishlatilmaydi.
16. Qaysi bandda berilgan fe’llardan ikkinchisi hurmat, kamtarlik ma’nolarini ifodalaydi? A) qildim - qilindi B) aytib - aytiboq
C) kelib ketdi - kelib-la ketdi D) yozdi – yozdirdi
17. Qaysi gaplarda otlar tarkibidagi egalik va kelishik qo'shimchalari shakldoshlik hosil qilgan? 1) Adl qulog‘i-la eshit holimi.
2) O‘zbekiston - Vatanim manim.
3) Ko'rdingmi orzungdagi malikani sen?
A) 1,2,3 B) 1, 2 C) faqat 2 D) faqat 1
18. Qo’shimchalar ta’rifi noto’g’ri berilgan qatorni aniqlang. A) Asosga qo’shilib, uning ma’nosini kengaytirdigan qism
B) Asosga qo’shilib, unga yangi ma’no yuklaydigan qism
C) Asosga qo’shilib, unga qo’shimcha ma’no yuklaydigan qism
D) So’zlarni bir-biriga bog’laydigan qism