2.Qilgan yomonliklari tufayli Saturn sayyorasiga o`xshatilgan qahramon kim va u qaysi asarda uchraydi.
A) O`rozqul, “Oq kema” B) Qoraxon podsho, “Ravshan” dostoni
C) Sulton Ali va Hakimjon, “Tanobchilar” D) Jobir, “Sab’ai sayyor”
3.Quyidagi qaysi she’rda tabiat va inson uyg`unligini sezish mumkin?
A) “Qizimga” she’rida B) “Sendan ulkan daryo bormi, Enasoy” she’rida
C) “Ona tilim” she’rida D) “Yulduzim” she’rida
4. –u, -yu, -da yuklamalari bog`lovchi vazifasida kelib, uyushiq bo`laklar orasida kelganda …
A) takror qo`llanadi. B) qo`shib yoziladi. C) vergul qo`yiladi. D) vergul qo`yilmaydi.
5.“Ko`rmagan” – “sig`magan” qofiyasidagi raviy bo`lib kelgan tovush quyidagi so`zlarning qaysi birida hamda Uvaysiyning yana qaysi asarida shu vazifani bajarib kelgan?
A) nishon, makon hamda “Anor” B) banda, xanda hamda “Kun va tun”
C) lola, payola hamda “Uvaysiyman” D) boshida, qoshida hamda “Yong`oq”
6.“Ravshan” dostonida “tumoq” deb nomlanuvchi kiyim turi haqida ma’lumot bor. Bu qanday kiyim turi va u ko`proq qaysi hayvon terisidan tikiladi?
A) po`stin, bo`ri terisidan B) oyoq kiyim, ho`kiz terisidan
C) telpak, suvsar terisidan D) bosh kiyim, tulki terisidan
7.Hamoyil nima va uni taquvchi “ go`zal qizlar, yosh kelinlar” qaysi asarda uchraydi?
A) tumor, Cho`lponning “Binafsha” she’rida
B) bezaktosh , Cho`lponning “Buzilgan o`lkaga” she’rida
C) ko`zmunchoq, Xalq og`zaki ijodining “Ravshan” dostonida
D) tilla zirak, Miretmirning “Toshbu” she’rida
8.“Hajvi ahli rasta” asarida Zavqiy kim bilan “oshnolig`i” borligini va yana kim bilan Qorako`lga handalak yegani borganini oshkor etadi?
A) Qori sumalak, Nusrat B) Abduqodir, Nazirbek
C) Nusrat, Qosim oxund D) Hoji Hasan, Muhiddin
9. Quyidagi qo`shimchalarning qaysi birlari sifatdosh va harakat nomlari tarkibida kelganda harakat bajaruvchisining shaxsi bilan birgalikda sonini ham bildiradi? 1. –i 2. –ni 3. –lari 4. –gan 5. –san 6. –m 7. –di
A) 2,4,5,6 B) 1,3,6 C) 1,3,7 D) 3,5,6,7
Dostları ilə paylaş: |