21.–illaqo’shimchasi qaysi paytda–ullatarzida yoziladi?
22. Sintaktik shakl yasovchi qoshimchalarning vazifasi…
23. Qaysi kelishik shakllari doimo bir xil gap bo‘lagi vazifasida keladi?
24. “Ballada” so’zining ma’nosini ayting.
25. Sof modal so’zlarga misollar keltiring.
BILIMLAR BELLASHUVINING II (TUMAN) BOSQICHI UMUMTA’LIM MAKTABLARINING
7-SINFLARI UCHUNONA TILI VA ADABIYOT FANIDAN TEST
III VARIANT
1. Viloyat, shahar, tuman, korxona, muassasa nomlarida qo`llangan 3-shaxs egalik qo`shimchalari qanday ma’noni ifodalaydi?
A) xoslik B) umumdan ajratilgan C) qarashlik D) umumdan ajratilgan, xoslik
2. -Bedanalarni qo`yib yuboraylik, uchib ketishsin, bizni duo qilishadi.
-Ushbu gapdagi fe'l shakllarining qo`shimchalari turini aniqlang.
A) Nisbat qo`shimchalari. B) So`z yasovchi qo`shimchasi C) Mayl qo`shimchalari. D) Mayl va shaxs-son qo`shimchalari.
3. Qaysi qo`shimchalar bog`lamalar deb yuriladi?
A) egalik qo`shimchalari B) kelishik qo`shimchalari
C) –man, -san, -dir qo`shimchalari D) ko`plik qo`shimchalari
4. Tursunoy bilan bir sinfda o`qiymiz. Mazkur gapdagi so`zlarga qo`shilgan lug`aviy shakl yasovchi qo`shimchalar belgilangan to`g`ri javobni aniqlang.
A) -da, -y. B) -oy C) -oy, -da. D) -da, -miz
5. Ilm-hunardan bahramand bo`lgan kishi barkamol insondir.
Mazkur gapda qo`Ilanilgan sintaktik shakl yasovchi qo`shimcha to`g`ri belgilangan javobni aniqlang.
A) -dan, -dir. B) -mand, -gan. C) -bor, -dir. D) -gan, -dan.
6. Bobur bog`i, Orol dengizi kabi birikmalarda nima sababdan oldingi qisimda qaratqich kelishik qo`llanmaydi?
A) chunki bu birikmalardagi 3-shaxs egalik qo`shimchasi qarashlik ma’nosini bildirayotganligi uchun
B) chunki bu birikmalardagi 3-shaxs egalik qo`shimchasi xoslik ma’nosini bildirayotganligi uchun
C) chunki bu birikmalardagi 3-shaxs egalik qo`shimchasi umumdan ajralganlik ma’nosini bildirayotganligi uchun
D) 3-shaxs egalik qo`shimchasi xoslik, 3-shaxs egalik qo`shimchasi umumdan ajralganlik ma’nosini bildirayotganligi uchun
Dostları ilə paylaş: |