II VARIANT
1.Mening onam – shifokor. Gapda qanday munosabat shakli qo‘llangan?
A) Lug‘aviy shakl B) Egalik shakli
C) Kelishik shakli D) Kelishik va egalik shakli
2.Qaysi qatordagi qo‘shimchalar ismlarning boshqa so‘zlarga tobelantirib bog‘lash uchun xizmat qiladi?
A) Egalik qo‘shimchalari B) Kelishik qo‘shimchalari
C) Bog‘lamalar D) So‘z yasovchi qo‘shimchalar
3.Uning hovlisini ko‘rib, Saidaning og‘zi ochilib qoldi. Ushbu gapdagi qaralmish qaysi javobda berilgan?
A) Uning, Saidaning B) hovlisini, og‘zi C) ko‘rib, ochilib D) ko‘rib, qoldi
4.U o‘qish niyatida shaharga yo‘l oldi. Jo‘nalish kelishigi shaklidagi so‘z gapda qanday vazifada kelgan?
A) Egа B) Kesim C) To‘ldiruvchi D) Hol
5.Fe’lning ma’noviy guruhlari necha turli bo‘ladi?
A) 2 B) 3 C) 4 D) 5
6.Fahmladiso‘zi fe’lning qaysi ma’no guruhiga kiradi?
A) Nutqiy faoliyat fe’li B) Aqliy faoliyat fe’li
C) Jismoniy faoliyat fe’li D) Holat fe’li
7.Ish-harakat va holatning nutq jarayonidan keyin yuz berishi yoki bermasligini ifodalaydigan qo`shimchalarni aniqlang.
A) –moqchi, -yapti B) –ar, -adi C) –di, -ibdi D) –ajak, -yotir
8.Ishingiz o`ngidan kelavermayaptimi, demak, birovlarga qilgan baxilligingiz uchun javob berasiz. Ushbu gapda qo`llangan sodda yasama so`z tarkibida nechta ochiq bo`g`in mavjud?
A) 2 ta B) 3 ta C) 1 ta D) 4 ta
9.Quyida berilgan so`zlarni mos keladigan qo`shimchalar bilan birlashtiring.
1.Ovora; 2. Bil; 3. G`alla; 4. Yosh; 5. Chop
a) –im; b) –chilik; d) –lik; e) –garchilik; f) –iq
A)1-a, 2-b, 3-d, 4-e, 5-f B) 1-e, 2-a, 3-b, 4-d, 5-f
C) 1-d, 2-b, 3-e, 4-f, 5-a D) 1-f, 2-a, 3-b, 4-d, 5-e
10. Bir muallifning bir nomdagi, lekin ikki janrdagi asari ko`rsatilgan javobni belgilang.
“Qiyomat qarz” B) “Jamila” C) “Charos” D) “Sarob”
Dostları ilə paylaş: |