14. Hamid Olimjonning “O`zbekiston” she’rida “yoqut piyola” nima?
A) yosh kelinning kafti-hovuchi B) buloq C) qizg`aldoq D) lola
15. Odil Yoqubovning quyidagi qaysi asari Yozuvchilar uyushmasini boshqarib yurgan yillarida yozilgan va nashr etilgan?
A) “Oqqushlar, oppoq qushlar” B) “Bir koshona sirlari”
C) “Tilla uzuk” D) “Yurak yonmog`i kerak”
16. “Shum bola” qissasida shum bola Sariboyga aytgan qaysi yolg`on gapidan so`ng “alanglab qoldi”?
A) “Mening ham fikrim shu, boshqa xizmatkorlaringizning ham fikri shuki, o't ombordan o'tgan bo'lsa kerak” .
B) “Kenjatoy o'g'lingiz Bo'riboyvachcha, terakka chiqib, chumchuq bolasini olaman deb, yiqilib tushib, bir marta «dada» dedi-yu, «g'iyq...» etib jon berdi”.
C) “Harom o'lgan otning go'shtini ko'p yeb qo'ygan ekan, bo'kib o'ldi”.
D) “Ha, o'zimizning to'riq qashqaning go'shtini yeb o'ldi-da, begona ot emas”.
17. “Urushning so`nggi qurboni” hikoyasidaagi barcha voqealar qaysi fasllarda yuz beradi?
A) faqat kuzda B) kuz va bahorda C) kuz, bahor va qishda D) yoz, bahor,kuzda
18. Nasriy she’rnning asosiy belgilarini aniqlang.
1.Ma’lum vazn va qofiyaga ega emaslik 2.Ramziy tasvir uslubining ustunligi va fikriy umumlashmaning kuchliligi 3.Hayajonning balandligi va ritorik qaytariqlarning ko’pligi 4.O’ziga xos ritmik tuzilishi va pauzalarning ko’pligi
A) 1,2,3,4 B) 1,3,4 C) 3,4 D) 2,4
19. Musa baqqol obrazi kimning qaysi asarda uchraydi?
20. “Romeo va Julyetta” asari qaysi vaznda yozilgan?
21.Ko’makchilar vazifasiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?
22.Maqollarda fikr qanday ifodalanadi?
23.Kabi, singari ko’makchilari qanday ma’nolarni ifodalaydi?
24. Kishilik olmoshlari o`rnida qo`llanib, ko`pincha shaxsni, ba’zan pridmetni ko`rsatuvchi olmosh berilga javobni toping.
25. Chiqish kelishigi gapda to`ldiruvchi bo`lib kelishi uchun otning qaysi turlariga qo`shilishi kerak bo`ladi?
BILIMLAR BELLASHUVINING II (TUMAN) BOSQICHI UMUMTA’LIM MAKTABLARINING
7-SINFLARI UCHUNONA TILI VA ADABIYOT FANIDAN TEST
Dostları ilə paylaş: |