―GOLD PREMIUM PRODUCT MCHJda sotilgan mahsulotlar tannarxi 9100-
―Sotilgan mahsulot lar, bajrilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxini hisobga oluvchi schyotlar orqali hisob-kitobi amalga oshriladi.
9110-― Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi; 9120-― Sotilgan tovarlarning tannarxi;
9130-― Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxi; 9140-― Davriy hisobda TMZ sotib olish;(davriy usulda)
9150-― Davriy hisobda TMZ bo‘yicha tuzatishlar (davriy hisob usulda).
9910-―yakuniy moliyaviy natijalar schyotining debitida sotilgan yoki junatilgan mahsulot (ish, xizmat)larning haqiqiy ishlab chiqarish tannarxi, mahsulotni sotish harajatlari, qo‘shilgan qiymat solig‘I so‘mmasi , aktsiz va bojxona soliqlari so‘mmasi aks ettiriladi. Ushbu so‘mmalar asosan 9110-―Sotilgan mahsulotlarning tannarxi, 9410 va boshqa schyotlarning kreditidan olinadi.
9910-―Yakuniy moliyaviy natijalar schyotining kreditida sotilgan yoki junatilgan mahsulot (bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat) uchun to‘lov xujjatlari bo‘yicha ko‘rsatilgan so‘mmalar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar uchun xaridorlardan olinadigan so‘mmalar (4000) va bank schyotlariga yitkazilgan so‘mmalar qayd qilinadi. Ushbu so‘mmalar tegishli 9010-― Mahsulot (ish va xizmat) larni sotishdan olingan daromadlar va 9030-―bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar schyotlarining debitidan olinadi.
―GOLD PREMIUM PRODUCT MCHJda mahsulot junatilgandan kiyin yoki sotilgandan kiyin va to‘lov hujjatlari ko‘rsatilgandan kiyin subektning buxgalteriyasida quydagi yozuvlar qayd etiladi:
4010-―Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar schyotining debeti;
9010-―Mahsulotlarning sotilishidan olingan daromadlar schyotining kreditida;
bir vaqtning o‘zida:
9110-―sotilgan mahsulotlarning tannarxi schyotining debetida va
2810-―Tayyor mahsulot schyotining krediti haqiqiy ishlab chiqarish tannarxi miqdoriga.
―GOLD PREMIUM PRODUCT MCHJda mahsulotlarni junatish va sotish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish)ning hisobi 11-jurnal orderda yuritiladi. Mazkur jurnal order 2800-―tayyor mahsulot, 2910- ―tovarlar, 9110- ―sotilgan mahsulot tannarxi, 9130-―bajarilgan ishlar ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxi, 4010-―xaridor va buyurtmachilardan olinadigan to‘lovlar sichyotlarining kteritiga oid muomalalar hamda 9010, 9030 va 9110 sichyotlarning analetik malumotlarini aks ettirishga mo‘ljallangandir.
―GOLD PREMIUM PRODUCT MCHJda mahsulot ombordan hairdor subektning vakiliga berilgan ishonchnoma asosida junatiladi va Tovar transport yukxati hujjati bilan rasmiylashtiriladi. Mahsulot junatilgandan so‘ng sotilgan mahsulot qiymati 2810-―Ombordagi tayyor mahsulotlar schyotining kreditidan 9110-―Sotilgan mahsulotlarning tannarxi schyotining debetiga yoziladi va shu
vaqtda 4010-― Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlarning debeti va 9010-―Sotilgan maxsulotlardan olingan daromadlar schyotining kreditida qayd qilinadi.
4000- ―Olinadigan schyot(to‘lov)lar hisobga oluvchi schyotlar 4010-― Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyot (to‘lov)lar 4020-―Olinadigan vasiqalarning joriy qismi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat Soliq qo‘mitasi ―Ishlab chiqariladigan va sotiladigan tovarlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risida yo‘riqnomani ishlab chiqdi va 1998 yil 1 yanvardan amalda qo‘llash uchun tavsiya etdi.
Yo‘riqnoma33, O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodekisiga muvofiq O‘zbekiston hududida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilari bo‘lib hisoblanadi. Yuridik shaxslar deganda soliqqa tortish maqsadida mulkka ega bo‘lgan korxona, birlashma, tashkilotlarning barcha turlari, xo‘jalik yurituvchi yoki mulkni boshqaruvchi, ushbu mulkka o‘zining majburiyati bo‘yicha javob beruvchi hamda mustaqil balans va hisob siyosatiga ega bo‘lgan subektlar tushuniladi. Qo‘shilgan qiymat solig‘I 20% stavkada to‘lanadi. Byudjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘ining so‘mmasi realizatsiya qilingan tovarlar, bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun hisoblangan qo‘shilgan qiymat solig‘ining so‘mmasi realizatsiya qilingan tovarlar, bajarilgan ishlarning so‘mmasidan ishlab chiqarish va muomala xarajatlariga qo‘shiladigan tovarlar qiymati uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan soliq so‘mmasining oshirmasiga teng va barcha xo‘jalik yurituvchi subektlarga taluqlidir.
―GOLD PREMIUM PRODUCT MCHJ ishlab chiqargan tayyor mahsulotlarini qo‘shilgan qiymat solig‘isiz sotadi chunki mamlakatimizda aholini turmush darajasini yaxshilash hamda aholini ijtimoiy qo‘llab quvvatlash
33 O‘zR Moliya Vazirligi va Davlat Soliq qo‘mitasi 2019 yil 5 dekabr ―ishlab chiqariladigan va sotiladigan tovarlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomasi.
maqsadida turli imtiyolar ishlab chiqilgan bo‘lib ulardan biri sifatida ayrim oziq ovqat mahsulotlariga qo‘llaniladigan qo‘shilgan qiymat solig‘ining 0%li stavkasi qo‘llanilishi O‘zbekiston Respublikasi ―Soliq Kodekisi34 ning 37-bob ―Soliqdan imtiyozlar bo‘limida keltirilgan bo‘lib ushbu imtiyozlar kodekisning 208- moddasidan 211-moddasigacha bo‘lgan qismini qamrab olgan bo‘lib ushbu imtiyozlarga ko‘ra aholini ijtimoiy qo‘llab quvvatlash uchun oziq ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar va umumiy ovqatlanish korxonalar qo‘shilgan qiymat solig‘ini 0%li stavkasini qo‘llaydilar. 0%li stavka qo‘shilgan qiymat solig‘ini tolamasligini bildiradi. ―GOLD PREMIUM PRODUCT MCHJ eas aynan oziq ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va realizatsiya qiluvchi korxona (jamiyat) hisoblanadi. Bundan tashqari prezidentimizning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarini rivojlantirish va soliqlardan imtiyozlar to‘g‘risidagi farmonlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlari umumxo‘jalik soliqlari to‘lovchilari emas yagona soliq to‘lovchilari hisoblanishadi yagona soliq to‘lovchi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlari QQS solig‘ini to‘lashmaydi.
―GOLD PREMIUM PRODUCT MCHJda ushbu schyotlarda sotilgan mahsulotlar va tovarlardan olingan daromadlar qayd qilib boradilar:
Dt - 4000―Olinadigan schyot(to‘lov)lar hisobga oluvchi schyotlar Kt-9000-―Olingan daromadlarni hisobga oluvchi schyotlar.