Bilimlendiriw ministrligi


Оperatsion faoliyatdan boshqa daromadlar hisobi



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə15/18
tarix19.05.2022
ölçüsü0,91 Mb.
#58710
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Operacion iskerlik ha\'m onin\' a\'hmiyetli na\'tiyjelilik ko\'rsetkishleri analizi Bayimbetova D

5.Оperatsion faoliyatdan boshqa daromadlar hisobi


Xo‘jalik yurituvchi subektlar mahsulot(ish va xizmat)lar sotishdan olinadigan daromadlardan tashqari operatsion faoliyatdan boshqa daromadlar olishlari ham mumkin. Operatsion faoliyatdan olinadigan boshqa daromadlarining
shakillanishi milliy standart №2-son BHMS ―Asosiy xo‘jalik faoliyatdan tushgan daromadlar bilan tartibga keltiriladi.
Operatsion faoliyatdan olingan boshqa daromadlarni hisobga olishda bosh masala bo‘lib daromadni tan olish vaqti hisoblanadi, operatsion faoliyatdan olingan daromadni olish imkoniyati aniq bo‘lgan hamda, shuningdek bu iqtisodiy naf (foyda) aniq o‘lchanadigan hollarda aks ettiriladi.
№21-son BHMS ― Xo‘jalik yurituvchi subektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlari rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomaga30 asosan ―GOLD PREMIUM PRODUCT MCHJda asosiy faoliyatdan olinadigan boshqa turdagi daromadlar quydagi schyotlarda hisobga olinadi:

6-jadval “GOLD PREMIUM PRODUCT” MCHJda operatsion faoliyatdan


olinadigan boshqa turdagi daromadlar hisobga olinadigan suschyotlar



Schyot№

Schyot nomi

9310

―Asosiy vositalarni chiqib ketishidan foyda;

9320

― Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda;

9330

― Undirilgan jarima, peniya va ustamalar;

9340

― O‘tgan yillar foydalari;

9350

― Operativ ijaradan daromadlar;

9360

― Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar;

9370

― Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar daromadlari;

9380

― Tekin qaytarilmaydigan moliyaviy yordam;

9390

― Boshqa operatsion daromadlar.

Bu schyotlar transit bo‘lib passiv schyotlariga mansub. Xo‘jalik yurituvchi subektning boshqa operatsiyalaridan tushgan daromadlar, masalan 1000000 so‘m deb hisoblasak, ushbu schyotlarning kreditida aks ettiriladi va hisob davri oxirida
quydagi pravodkalar bilan hisoblab chiqariladi:
D-t 9300―Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar-1000000 so‘m

    1. 9910 ―Yakuniy moliyaviy natija-1000000 so‘m.

Operatsion faoliyatdan boshqa daromadlar –bularga korxonaning asosiy vositalari va boshqa aktivlarini sotishdan olingan foyda, undirilgan jarimalar, voz kechiladigan kiriditorlik qarzlari, bepul kelib tushgan aktivlar, invintarizatsiyadan aniqlangan ortiqchalar, tovar moddiy boyliklarni qayta baxolashdan olingan daromadlar va boshqalar kiradi.31


Asosiy vositalarni tugatishdan daromadlar tugatilgan asosiy vositalarni qoldiq qiymatidan ularning tugatilishidan olingan tushum ortiqcha bo‘lganida vujudga keladi. Asosiy vositalarni tugatishdan moliyaviy natija (foyda) aniqlanganda, masalan 500000 so‘m, u quydagicha pravodka beriladi:
D-t 9210 ―Asosiy vositalarning chiqib ketishi-500000 so‘m
K-t 9310 ―Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda-500000 so‘m.
Agar asosiy vositalarning qoldiq qiymati ularni tugatishdan olingan tushumdan ko‘p bo‘lsa, zarar hosil bo‘ladi, masalan 750000 so‘m, u quydagi pravodka bilan rasmiylashtiriladi :
D-t 9430 ―boshqa operatsion xarajatlar-750000 so‘m
K-t 9210 ―Asosiy vositalarning chiqib ketishi -750000 so‘m.
Tekinga kelib tushgan asosiy vositalar hamda nomoddiy aktivlarni invintarizatsiya natijasida aniqlangan, masalan 1000000 so‘m ortiqcha chiqsa kirimga olishda ular daromad deb hisoblanib quydagicha pravodka beriladi:
D-t 0100 ―Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar-1000000 so‘m K-t 9390 ― Boshqa operatsion daromadlar-1000000 so‘m.
Inventarizatsiya natijasida nomoddiy aktiv aniqlansa quydagcha pravodka beriladi:
D-t 0400 ―Nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar-1000000 so‘m K-t 9390 ― Boshqa operatsion daromadlar-1000000 so‘m.
Ushbu tushumlar daromad hisoblanib, soliq solish obektini tashkil etadi

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin