g) Tarixiylik va mantiqiylik metodlari.
Tarixiylik — bu o‘rganilayotgan predmet yoki hodisaning paydo bo‘lish, rivojlanish va yemirilish jarayonlari birligini, uning tarixiy taraqqiyot jarayo nida boshqa voqealar bilan aloqadorligini nazariybilishga oid usuldir. Tarixiylik deganda, tadqiq etilayotgan predmet yoki hodisaning konkret sharoitda paydo bo‘lishi, yashashi, rivojlanish va yemirilish yokiyo‘q bo‘lishidan iborat jarayonning tafakkurda ifoda lanishi tushuniladi.
Mantiqiylik esa, ana shu tarixiylikning tadqi qotchi fikridagi umumlashtirilgan, abstraktlashti rilgan, konkretlashtirilgan, qisqargan, tasodiflar dan tozalangan abstrakt konkretlik shaklida ifodala nishidir. Mantiqiylikda tarixiylikning eng zarur va engasosiy tomonlari, xususiyatlari, qonuniyatlari ifo dalanadi. Tarixiylik va mantiqiylik o‘zaro chambarchas bog‘liq. Lekin tarixiylik — birlamchi, manti qiylik ikkilamchidir.
Tadqiqotchi biron bir obyekt ustida izlanishla rolib borganida, ilmiy bilishning bu usullarini to‘g‘ ri qo‘llash lozim. Haqiqatan ham, tadqiq etilayotgan predmet yoki hodisaning real tarixini to‘g‘ri o‘rganib chiqmay turib, uning mohiyatini to‘g‘ri ifodalab berib bo‘lmaydi.
Dostları ilə paylaş: |