Konkretlashtirish - oldingi butun belgi va xususiyatlarni yana predmet yoki hodisalar bilan bog‘lab shu predmet yoki hodisa haqida aniq bir fikr hosil qilishdir.
Induksiya - tadqiqotchi o‘z tafakkuridan tekshirayotgan predmet yoki hodisalar to‘g‘risidagi bir qancha juz’iy faktlardan, ular haqidagi ayrim bilimlardan umumiyroq bilimni hosil qiladi.
Deduksiya - fikrda umumiy bilimlarda juz’iy, qisman bilimlarga kelishdir.
Tarixiylik - o‘rganilayotgan predmet yoki hodisaning paydo bo‘lish, rivojlanish va yemirilish jarayonlari birligini uning tarixiy taraqqiyot jarayonida boshqa voqealar bilan aloqadorligini nazariy bilishga oid usuldir.