Dialektik usul - moddiy olamni ilmiy bilishning eng umumiy usuli bo‘lib, barcha fanlar uchun metadologiyadir. Dialektik usul xususiy fanlar erishgan yutuqlardan foydalanib, ularning usullari bilan birgalikda rivojlanadi, ular bir - birini to‘ldiradi va boyitadi.
Kuzatish - harakat o‘zgarish va rivojlanishdagi ma’lum obyektni tabiiy sharoitda u qanday bo‘lsa, shu xolisa diqqat bilan, belgilangan vaqt ichida, ma’lum maqsad asosida ko‘zdan kechirib borishdir.
Eksperiment- o‘rganilayotgan predmet yoki hodisani o‘z xolida, lekin sun’iy yaratilgan sharoitda kuzatishdir.
Analiz - bir butunni qismlarga, bo‘laklarga, tomonlarga va elementlarga ajratib, ularning har biri nima ekanligini bilishdir.
Sintez - analiz tufayli ajratilgan bo‘laklar tomonlar, qismlar, elementlarni o‘zaro biriktirib, ularni bir butun xoliga keltirishdir.
Umumlashtirish - tadqiqot olib borilayotgan bir qancha predmet yoki hodisalarga xos bo‘lgan tomonlari, xususiyatlari va xossalarini fikrda e’tibordan soqt qilib, tadqiqot uchun zarur bo‘lgan birorta belgi yoki xususiyatni mavhum holatga keltirishdir.