Ilmiy metodlar va metodologiya.
Ilmiy bilish fakt va dalillarga, ularni qayta ishlash, umumlashtirishga asoslanadi. Ilmiy fakt va dalillar to‘plashning o‘ziga xos usullari mavjud bo‘lib, ularni ilmiy bilish metodlari deyiladi.
Ilmiy bilish metodlarini o‘rganadigan maxsus soha — metodologiya deb ataladi. Ilmiy bilish metodlari o‘z xarakteriga ko‘ra: 1) eng umumiy ilmiy metodlar; 2) umumiy ilmiy metodlar;
3) xususiy ilmiy metodlarga bo‘linadi.
Eng umumiy ilmiy bilish metodlari barcha fanlar uchun xos bo‘lgan metodlardir. Bunga analiz va sintez, umumlashtirish va mavhumlashtirish, induksiya va deduksiya, qiyoslash va modellashtirish kabilarni ko‘rsatish mumkin. Masalan, tabiatshunoslik fanlarida kuzatish, eksperiment, taqqoslash umumilmiy metodlar bo‘lsa, ijtimoiy fanlarda tarixiylik va mantiqiylik umumilmiy metodlar hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |