Bilish – falsafiy muammo sifatida. Bilishning predmeti, obyekti va subyekti. Bilish bosqichlari, asosiy turlari va shakllari


Tadqiqotchining o‘z tadqiqoti jarayonida yangi bilimlarga erishish uchun qo‘llaydigan turli xil usullari, yo‘llari va vositalari ilmiy bilishning metodlari deyiladi



Yüklə 152 Kb.
səhifə17/34
tarix26.01.2022
ölçüsü152 Kb.
#51619
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   34
Bilish – falsafiy muammo sifatida. Bilishning predmeti, obyekti

Tadqiqotchining o‘z tadqiqoti jarayonida yangi bilimlarga erishish uchun qo‘llaydigan turli xil usullari, yo‘llari va vositalari ilmiy bilishning metodlari deyiladi.

Ilmiy bilishning metodlari tadqiqotchining tadqiqot obyektini bilishi uchun qo‘llagan amaliy va nazariy faoliyat usullaridir. Bu metodlarning ilmiy bilishdagi vazifasi: tadqiqotchiga o‘rganayotgan predmet yoki hodisa haqida, uning tabiati va mohiyatini,ularni ifodalaydigan qonun va qonuniyatlarni ochishda yordam berishdan, shu asosda tadqiqotning muvaffaqiyatli bo‘lishini ta’minlashdan iboratdir.

Ilmiy bilishda to‘g‘ri tanlangan metod shu metod yordamida qilingan ilmiy kashfiyotga nisbatan qimmatliroq ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Bunday metod bilan tadqiqotchi bir emas, balki bir necha ilmiy kashfiyotlar qilishi mumkin.

Metod (yunoncha: «metodos» so‘zidan olingan bo‘lib, bilishning yo‘li degani) — ilmiy bilish, ilmiy tadqiqotning usulidir.

Ilmiy bilish metodlarini o‘rganish falsafada metodologiyaning paydo bo‘lishiga olib keldi. Metodologiya ilmiy bilish metodlari haqidagi falsafiyta’limot sifatida o‘zida kishilar dunyoqarashi prin siplarini, ularning bir butun amaliy va nazariyfaoliyatlariga tadbiq etishni o‘rganadi. Metodologiya termini falsafada ko‘p ma’nolidir. U bir o‘rinda borliqni ilmiy bilish va o‘zgartirishning metodlari haqidagi nazariyani ifodalasa, ikkinchi o‘rinda u butun ilmiy bilish metodlarining yig‘indisi ma’nosini ifodalaydi. Uchinchi bir o‘rinda esa, metodologiya termini insonning borliqni ilmiy bilish va o‘zgartirishining eng umumiy metodi ma’nosida qo‘llanadi.



Metodologiya (yunoncha: «metodos» va «logos» so‘zlarining birikuvidan olingan bo‘lib, metod va ta’limot, degan ma’nolarni ifodalaydi) — metodlar haqidagi ta’limotdir.


Yüklə 152 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin