b) Analiz va sintez metodlari.
Analiz — bir butunni qismlarga, bo‘laklarga, to monlarga va elementlarga ajratib, ularning har birinima ekanligini bilishdir. Analiz usuli natijasidabutunni tashkil etgan qismlar, tomonlar, bo‘laklar,elementlar, ularning butun tarkibidagi o‘rni aniqlanadi. Analiz orqali predmet va hodisalarning strukturasi, tuzilishi bilinadi.
Sintez — analiz tufayli ajratilgan bo‘laklar, tomonlar, qismlar, elementlarni o‘zaro biriktirib,ularni bir butun holiga keltirishdir. Sintez orqali tadqiqotchi butunning bo‘laklari, qismlari, tomonla ri, elementlari o‘rtasidagi va ularning butun bilanbo‘lgan aloqa va bog‘lanishlarini bilib oladi.
Analiz bilan sintez bilish jarayonidagi bir moddiy yoki mantiqiy amalning ikki tomonidir,ularni bir-biridan ajratib qo‘llab bo‘lmaydi, chunki tabiatda va jamiyatda hamma jarayonlar ko‘p tomonlamadir.
Tadqiqotchi o‘rganayotgan predmet yoki hodisalariustida olib borgan kuzatish va eksperimentlari, ana liz va sintezlari asosida hosil bo‘lgan empirik faktlar va ma’lumotlarni o‘z tafakkurida umumlashtiradi, abstraktlashtiradi va konkretlashtiradi. Tafakkur jarayonida yuz beradigan bu amallar ham ilmiy bilishning umumiy ilmiy metodlarini tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: |