Bilish – falsafiy muammo sifatida. Bilishning predmeti, obyekti
Uchinchidan, dialektika - bu dunyoni tassavur qilishda qo‘llaniladigan tafakkurning o‘ziga xos shunday uslubiki, unda barcha hodisalar o‘zaro bog‘liq bo‘lgan xolda turli xil aloqalarda, qarama-qarshi kuchlar va yo‘nalishlarning bir-birini taqoza qiluvchi munosabatlarida namoyon bo‘ladi deb izohlanadi.
Dunyoni bilishning dialektik usuliga qarshi tafakkur usuli falsafa tarixida metafizika deb yuritilgan.
Metafizika grekchadan olingan bo‘lib, tom ma’noda fizikadan keyin degan ma’noni anglatadi. Eramizdan oldingi I asrda mutafakkir Andronik Rodosskiy Arastuning rejasiz, tartibsiz yozilgan falsafiy traktlarni umumlashtirgan xolda tartibga solib 14 kitob xolida yaratgan mazkur to‘plamni «Metafizika» nomi bilan belgiladi. Shu tariqa metafizika atamasi birinchi bor ishlatila boshladi. Keyinchalik metafizika tushunchasini dialektikaga qarshi uslub sifatida birinchi bor Hegel ishlatgan. Metafizikaga bir tomonlamalik, mavxumlik, butunning tarkibidagi biron-bir xolatni mutloqlashtirish xosdir.