Bilish – falsafiy muammo sifatida. Bilishning predmeti, obyekti va subyekti. Bilish bosqichlari, asosiy turlari va shakllari



Yüklə 152 Kb.
səhifə24/34
tarix26.01.2022
ölçüsü152 Kb.
#51619
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34
Bilish – falsafiy muammo sifatida. Bilishning predmeti, obyekti

Falsafiy bilish metodlari. Falsafaning asosiy metodi (vositasi) nazariy tafakkur hisoblanadi. Falsafa na kimyoviy reaktivlarga, na mikroskop, na teleskop, na boshqa biror bir texnikaga ega emas; uning asosiy quroli - abstraksiya kuchidir. Falsafiy bilishda qo‘llanadigan vositalarning o‘ziga xosligi ham shu holat bilan bog‘liq.

Falsafa Yangi davrga qadar o‘zining asosiy maqsadi hisoblangan keng nazariy xulosalari, umumlashtirishlari uchun yetarlicha faktologik va eksperimental bazaga3 ega emas edi. Shu bois falsafada naqd tajriba ma'lumotlarisiz tafakkurlashga imkon beruvchi nazariy fikr yuritishning asosiy usuli mushohada bo‘lib qolgan edi. Empirik bazasining sayozligi tufayli falsafiy mushohida ko‘pincha kuzatish va eksperimentning ilmiy aniqlangan dalillari bilan bog‘liq bo‘lmagan mantiqiy tuzilishga asoslangan. Falsafiy mushohida doirasida fikriy eksperiment, ekstrapolyasiya, idealizatsiya kabi usullar rivojlandi. Mushohada vositasida moddaning atom va molekulyar tuzilishi va uning o‘zidan o‘zi rivojlanishi to‘g‘risida muhim farazlar shakllandi.




Yüklə 152 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin