Falsafiy bilishning muhim vositasi bo‘lib, interpretatsiya (talqin, sharhlash) hisoblanadi. Falsafa muayaya fanlardan farq qilib, u bevosita narsalar, tuproq, o‘simlik, inson organizmi yoki yulduzlar bilan bog‘liq emas. U narsalar va narsalar to‘g‘risidagi bilim, talqin qilinadigan bilim bilan ish ko‘radi. Aynan interpretatsiya – matnni boshqacha o‘qish, ma'noni boshqacha tasavvur qilish, boshqacha so‘roqlash - falsafiy g‘oya va kashfiyotlarning asosi hisoblanadi.
Falsafiy metodlar olam qonuniyatlarini tushunishga yordam beradi va bu usullardan faylasuflar o‘z tadqiqotlarini amalga oshirish yoki izlanishlarining natijalarini izohlashda foydalanadilar.