Bilish – falsafiy muammo sifatida. Bilishning predmeti, obyekti va subyekti. Bilish bosqichlari, asosiy turlari va shakllari



Yüklə 152 Kb.
səhifə29/34
tarix26.01.2022
ölçüsü152 Kb.
#51619
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bilish – falsafiy muammo sifatida. Bilishning predmeti, obyekti

Metafizika – dialektikaga qarshi bo‘lgan tafakkurning shunday uslubiki, unda rivojlanishning manbai ichki ziddiyatlardan emas, balki alohida, tugallangan va o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan jism, hodisa va jarayonlarning oddiy o‘rin almashuvidan iboratdir deb izohlanadi. Metafizika - Spinoza, Leybnits, Karl Linney kabi mutafakkirlarning qarashlarida o‘z ifodasini topgan.

Dogmatizm – (grekchadan qotib qolganlik ma’nosini anglatadi) metafizik tafakkur ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, o‘zgarmas tushunchalar, formulalar asosida o‘rganilayotgan obyektning joyi vaqtiga tegishli bo‘lgan aniq sharoitlarini xisobga olmagan xolda biron-bir tomonini mutloqlashtirish, shuningdek, narsa va hodisalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik va bog‘liqlini inkor etishdir.

Sofistika – (grekchadan, ustamonlik bilan baxslashuv degan ma’noni anglatadi) metafizik tafakkurning bir ko‘rinishi bo‘lib, unda ma’lum maqsadga bo‘ysindirilgan haqiqat sirtdan qaraganda go‘yoki shakli to‘g‘ri, lekin haqiqatda bahs obyektini ifodala olmaydigan soxta dalillar asosida isbotlanadi. Ataylab xato asoslar asosida ko‘p ma’noli so‘zlarga asoslanib fikr yuritish - bilib turib, xato asoslardan yolgon xulosa chiqarishdir. Uni yolg‘ondakaman falsafa deb xam nomlanib, komediya va yumor janrlarida samarali foydalanish mumkin.Sofistikaga xos sifatlardan biri - bu hodisalarni ularning o‘zaro aloqadorliklaridan yulib olgan xolda, bir guruh hodisalarga tadbiq qilish, yoki bir tarixiy davrga oid jarayonlarni boshqa bir tarixiy davrga moslashtirishdir.

Eklektika (grekcha-tanlayman) - bu muhim va muhim bo‘lmagan, asosiy va ikkinchi darajali bog‘lanishlar o‘rtasidagi farqni hisobga olmaydigan, tasodifiy metodologik uslub. Turli qarama-qarshi nazariyalarni, qarashlarni aralash-quralash qilib yuboruvchi tafakkur usuli.

XX asrda rivojlanish haqida dialektikadan farq qiluvchi sinergetika deb nomlanuvchi yangi ta’limot vujudga keldi. Sinergetika (yunon sunergia – hamkorlik, hamjihatlik) – sistemalarning o‘z-o‘zidan tashkil bo‘lish nazariyasi, o‘z-o‘zini boshqarish, hozirgi zamon nazariyasi, nochiziqli hodisalarni o‘rganish, dunyoni yangicha izohlash, tabiiy va ijtimoiy –iqtisodiy murakkab tizimli jarayonlarning tabiatini bilishga qaratilgan ilmiy yo‘nalish, tafakkur uslubi. Sinergetika XX asrning 60-70- yillarida I.Prigojin, G.Xaken, I.Stengers, Nikolis G.Klimintovich A. tomonidan asosiy ilmiy yo‘nalish sifatida shakllantira borildi. Sinergetika asosan fizikaviy, kimyoviy, biologik hodisalardagi hamda iqtisodiy, texnikaviy, ijtimoiy murakkab jarayonlardagi o‘z-o‘zidan tashkil bo‘lish, o‘z-o‘zining boshqarilishi, tartiblikdan tartibsizlikka (xaos) o‘tish, chiziqli va nochiziqli kabi holatlarning yo‘nalish qonuniyatini topishga intiladi. Boshqacha qilib aytganda sinergetika taraqqiyot jarayonida beqaror holat bilan barqaror holat, muvozanatsizlik yuilan muvozanat o‘rtasidagi qonuniyatga, tartiblilik bilan tartibsizlik, chiziqlilik bilan chiziqsizlik orasidagi aloqadorlik shaklining mazmuniga tayanadi. Sinergetika ta’limotining asoschilaridan biri I.Prigojin «Beqarorlik falsafasi» asaridagi fikricha, shu vaqtga qadar, beqarorlik tushunchasiga yetarli e’tibor berilmagan.



Yüklə 152 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin