Hissiy bilishni shartli ravishda: quyi darajaga ajratish mumkin. Bilishning quyi darajasi barcha tirik mavjudotlarga xos bo‘lib, hissiy bilish deyiladi. Hissiy bilish bu obyektiv olamni inson sezgi a’zolari vositasida bilishdir.
Hissiy bilishning 3 xil shakli mavjud bular; Sezgi. 2. Idrok. 3. Tasavvur.
Sezgi bu hissiy bilshning shunday shakli bo‘lib unda obyektiv olamdagi predmet va hodisalarning tashqi belgi va xossalari to‘g‘risida ma’lumot, bilim beradi. Insonning 5 ta sezgi a’zolari bizga predmet va hodisalarining turli tomonlari to‘g‘risida ma’lumot beradi.
Aqliy bilishbu obyektiv borliqni inson ongi va tafakuri yordamida bilish deyiladi.. Agar inson o‘z sezgilari yordamida narsa va hodisalarning faqat tashqi belgi va xususiyatlarini bilsa, Aqliy bilish vositasida narsa va hodisalarning ichki mohiyatini bilib oladi.