Hukm - Aqliy bilishning shunday shakli bo‘lib uning yordamida narsa va hodisalarga xos bo‘lgan belgi va xususiyatlar tasdiqlanadi yoki inkor etiladi.
Xulosa chiqarish – aqliy bilishning muhim shakllaridan biri bo‘lib, ikki yoki undan ortiq xukmlardan yangi bilimlar hosil qilish usulidir. Xulosa chiqarish induktiv va deduktiv bo‘lishi, ya’ni ayrim olingan narsalarni bilishdan umumiy xulosalar chiqarishga yoki umumiylikdan alohidalikka borish orqali bo‘lishi ham mumkin.