Bilish falsafasi



Yüklə 67,5 Kb.
səhifə3/3
tarix22.05.2023
ölçüsü67,5 Kb.
#119798
1   2   3
BILISH FALSAFASI

Tushuncha. Aqliy bilish yoki tafakkur vositasida bilish xissiy bilishni inkor etmaydi, balki sezgilar vositasida olingan bilimlarni umumlashtirish, taxlil qilish, sintezlash, mavxumlashtirish orqali yangi hosil qilingan bilimlardan tushunchalar yaratiladi.
Tushunchada insonning xissiy bilish jarayonida orttirgan barcha bilimlari mujassamlashadi. Tushuncha aqliy faoliyat maxsuli sifatida vujudka keladi. Narsa va xodisalar mohiyatika chuqurroq kirib borishda tushuncha muhim vosita bo’lib xizmat qiladi.
Aqliy bilish xissiy bilishga nisbatan ancha murakkab va ziddiyatli jarayondir. Aqliy bilishda narsa va xodisalarning tub mohiyatini bilish uchun ulardan fikran o’zoqlashish talab etiladi. Masalan, insonning mohiyati uning sezgi a’zolarimiz qayd etadigan kelishgan qaddi-qomati, chiroyli qoshu ko’zi, ijodkor quli, oyoqlari bilan belgilanmaydi. Insonning mohiyati avvalo, uning aql va tafakkurga, yaratish qudratika, mehr-shafqat hissiga, mehnat qilish, so’zlash qobiliyatika ega ekaniligida namoyon bo’ladi.
Inson tushunchasi o’zida insoniyatning ko’p asrlar davomida orttirgan bilimlarining maxsuli sifatida shakllandi.
Har bir fan o’ziga xos tushunchalar apparatini yaratadi va ular vositasida mohiyatni bilishga intiladi. I. Gantning fikricha, narsalarning mohiyati so’z va tushunchalarda mujassamlashadi. Ya’ni biz so’z va tushunchalarni o’zlashtirish jarayonida biron bir bilimka ega bo’lamiz. Har bir inson dunyoga kelar ekani, tayyor narsalar, munosabatlar bilan bir qatorda tayyor bilimlar olamiga ham kirib boradi.
Xukm. Aqliy bilish narsa va hodisalarga xos bo’lgan belgi va xususiyatlarni tasdiqlash yoki inkor etishni takozo etadi. Tafakkurga xos bo’lgan ana shu tasdiqlash yoki inkor etish qobiliyatika xukm deyiladi. Xukmlar tushunchalar vositasida shakllanadi. Xukmlar yangi bilimlar hosil qilishka imkoniyat yaratadi, ular vositasida narsa va xodisalar mohiyatiga chuqurroq kirib boriladi. Shunday qilib, xukm narsa va xodisalarning tub mohiyatini ifodalovchi eng muhim belgi va xususiyatlar mavjudligini yo tasdiqlaydi yoki inkor etadi. Masalan, «inson aqlli mavjudotdir», degani xukmda insonga xos eng asosiy belgi - aqlning mavjudliki tasdiqlanayapti. Biroq inson shunday murakkab mavjudotdirki, uning mohiyati faqat aqlli mavjudot ekanligi bilan cheklanmaydi. Chunki qirg’inbarot urushlar, ekologik inqirozlar aqlli mavjudot bo’lgan inson tomonidan amalga oshirildi. «Inson axloqli mavjudotdir». Inson to’g’risidagi hozirgi zamon fanining muhim xulosasi ana shu.
Xulosa — aqliy bilishning muhim vositalaridan biri, yangi bilimlar hosil qilish usulidir. Xulosa chiqarish induktiv va deduktiv bo’lishi, ya’ni ayrim olingan narsalarni bilishdan umumiy xulosalar chiqarishka yoki umumiylikdan aloxidalikka borish orqali bo’lishi ham mumkin.
Binobarin, tushuncha, xukm va xulosalar chiqarish ilmiy bilishning muhim vositalaridir. Bunday bilish insondan aloxida qobiliyat, kuchli irodani tarbiyalashni, narsa va xodisalardan fikran o’zoqlashishni, diqqatni bir joyka tuplashni, ijodiy xayolni talab etadi.
Bilishning oliy darajasi intuitiv bilish, qalban bilish, g’oyibona bilishdir. O’zining butun borligini fan, din, siyosat va san’at soxasiga bag’ishlagan buyuk kishilar ana shunday bilish qobiliyatiga ega bo’ladilar. Intuitiv bilish xissiy va aqliy bilishga tayanadi. Buyuk shaxslarning g’oyibona bilishi ularning doimiy ravishda fikrini band etgan, yechimini g’utayotgan umumbashariy muammolar bilan bog’liqdir. Ilmiy bilishning eng samarali usullarini aniqlash gnoseologiyada muhim o’rin egallab keldi. Har bir fan o’ziga xos bilish usullaridan foydalanadi.
Ilmiy bilish faqat va dalillarga, ularni qayta ishlash, umumlashtirishga asoslanadi. Ilmiy faqat va dalillar tuplashning o’ziga xos usullari mavjud bo’lib, ularni ilmiy bilish metodlari deyiladi.
Ilmiy bilish metodlarini o’rganadigan maxsus soha — metodologiya deb ataladi. Ilmiy bilish metodlari o’z harakteriga ko’ra: 1) eng umumiy ilmiy metodlar; 2) umumiy ilmiy metodlar; 3) xususiy ilmiy metodlarga bo’linadi.
Eng umumiy ilmiy bilish metodlari barcha fanlar uchun xos bo’lgan metodlardir. Bunga analiz va sintez, umumlashtirish va mavhumlashtirish, induksiya va deduksiya, qiyoslash va modellashtirish kabilarni ko’rsatish mumkin. Masalan, tabiatshunoslik fanlarida ko’zatish, eksperement, taqqoslash umumilmiy metodlar bo’lsa, ijtimoiy fanlarda tarixiylik va mantiqiylik umumilmiy metodlar hisoblanadi.
Xususiy ilmiy metodlar har bir fanning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. Masalan, suxbatlashish, anketa surovi, xujjatlarni o’rganish sosiolog’iya faniqa xos bo’lgan xususiy ilmiy metodlardir. Bir fanda yaxshi samara beradigan ilmiy bilish metodi boshqa fanda shunday samara bermasliki mumkin. Ilmiy bilishda tug’ri metodni tanlash bilishda muvaffag’iyat garovi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, ilmiy tadqiqotda nimani o’rganish kerak, degani masala fan predmetini aniqlashga imkon bersa, qanday o’rganish kerak, degani masala esa ilmiy bilish metodini tug’ri belgilashga yordam beradi.
Ilmiy bilish metodlari va ilmiy nazariya bir-biri bilan uzviy bog’liqdir. Ilg’or ilmiy nazariya fanning butun taraqqiyoti davomida erishilgan muhim yutuq bo’lib, u ilgarigi ilmiy qarashlarni ijodiy rivojlantirish, o’sha yutuqlarga tang’idiy nuqtai nazardan qarash orqali vujudga keladi. Fan mohiyatan o’zi erishgan yutuqlarga shubxa bilan qarashni taqozo qiladi.
Fan, falsafa soxasida erishilgan yutuqlarni mutlaqlashtirish, ularga kur-kurona siginish muqarrar ravishda dogmatizmni keltirib chiqaradi. Fan erishgan yutuqlar hamisha nisbiydir. Lekin bunday nisbiylikni mutlaqlashtirish relyativizmni, fan yutuqlariga ishonchsizlik bilan qarash esa, skeptisizmni vujudga keltiradi. Fan taraqqiyoti uchun dogmatizm, relyativizm va skeptisizm jiddiy xalaqit beradi.
Ilg’or ilmiy nazariyalar ma’lum bir davrda ilmiy va falsafiy qarashlar yunalishini o’zgartirishi, ilmiylikning o’ziga xos mezoni bo’lishi ham mumkin. Masalan, Charlz Darvinning evolyusion nazariyasi, A. Eynshteynning nisbiylik nazariyasi falsafiy va ilmiy dunyoqarashlarda muhim o’zgarishlarni vujudga keltirdi.
Gnoseologiyada haqiqat tushunchasi muhim urin tutadi. Haqiqat inson bilimlarining voqelikka muvofiq kelishidir. haqiqatni ochish yoki ilmiy haqiqatga erishish har qanday ilmiy bilishning asosiy vazifasi hisoblanadi. haqiqat o’zining mazmuniga g’o’ra mutlag’ va nisbiy bo’lishi mumkin. Fan haqiqati hamisha nisbiy harakterga ega bo’lib, ularning majmuasidan mutlag’ haqiqat vujudga keladi.
Haqiqat o’z mazmuniga ko’ra hamisha obyektivdir. Ya’ni uning mavjudligi ayrim kishilarning xoxish-irodasiga bog’liq emasdir. Masalan, O’zbekistonning milliy mustaqilligi obyektiv haqiqatdir. Ayrim kishilarning bu mustaqillikni tan olish yoki olmasligidan qat’i nazar, bu haqiqat o’z mazmunini saqlab qolaveradi. Haqiqatni atayin bo’zish yoki soxtalashtirish oxir-oqibatda fosh bo’ladi va o’z kadrini yo’qotadi. Shuningdek, haqiqat xech qachon mavxum emasdir. U hamisha konkretdir. Gegel so’zlari bilan aytganda, nimaiki voqe bo’lsa, u haqiqatdir, haqiqat — vokelikdir. haqiqat mazmunining konkret xarakteri joy, vaqt va sharoitni e’tiborga olishni talab etadi.
Gnoseologiyada tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilishning o’ziga xos xususiyatlarini anglash muhim ahamiyatga egadir. O’zoq yillar davomida tabiatshunoslik fanlariga xos bo’lgan obyektivlik, xolislik ilmiylikning muhim mezoni deb hisoblab kelindi. Biroq XX asr O’rtalarida fan-texnika inqilobi insoniyat oldida paydo bo’lgan muammolar tabiatshunoslik fanlari oldiga qadriyatli yondashuv vazifasini quya boshladi. Aqlli mavjudot bo’lgan inson har qachon tabiatni o’rganishda hamisha o’z manfaatlarini ko’zlaydi. Tabiat resurslari cheksiz va bitmas-tuganmasdir, degani bir yog’lama qarash oxir-oqibatda inson tomonidan tabiatga nisbatan shafqatsiz munosabatni vujudga keltirdi. XX asr oxirlariga kelib tabiatga nisbatan insonlarcha, qadriyatli munosabatda bo’lish zaruriyati chuqurroq anglana boshladi.
Ijtimoiy fanlar hamisha mavjud siyosiy to’zum, davrning talab va extiyojlari bilan uzviy bog’liq ravishda rivojlanadi. Ijtimoiy bilishda jamiyat ham bilish obyekti, ham bilish subyekti sifatida namoyon bo’ladi: “Insoniyat o’z tarixini yaratuvchi va o’z-o’zini biluvchidir”.
Tabiatshunoslikda nisbatan barqaror sistemalar bilish obyekti hisoblanadi. Tabiatdagi narsa va xodisalar tadqiqotchiga xech qanday qarshilik ko’rsatmaydilar. Ijtimoiy bilishda esa, nisbatan tez o’zgaruvchi sistemalar bilish obyekti hisoblanadi. Ijtimoiy bilishga xos bo’lgan muhim xususiyat shundagi, u moddiy ishlab chiqarish soxalarinig’ina emas, balki jamiyatning ancha muraqqab ma’naviy xayotini, ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni, qarashlar va g’oyalarni ham o’rganadi. Ijtimoiy fanlar milliy g’oya va milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishda muhim rol o’ynaydi.
Gnoseologiyaning maqsad va vazifalari, bilishning mohiyati va mazmuni tug’risida zarur bilimlarga ega bo’lish mamlakatimizda bilimdon, har jixatdan yetuk barkamol inson shaxsini shakllantirishda aloxida urin tutadi. Bilish nazariyasi bo’lajak mutaxassis-kadrlarda muayyan ilmiy layoqat va qobiliyatlarni shakllantirishga ko’maklashadi. Milliy mustaqillik yillarida gnoseologiya oldiga quyilayotgan eng muhim vazifalardan biri, ilmiy bilimlarning jamiyatimiz taraqqiyoti, tinchligi va farovonliki uchun xizmat qilishini ta’minlaydigan omil va mexanizmlarni o’rganish, ulug ajdodlarimizning ilmiy bilimlarni rivojlantirish borasida orttirgan tajribalarini g’eng ommalashtirishdir.
Yüklə 67,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin