Optimizm. Skeptitsizm. Agnostitsizm. Bilish jarayoni rivojlanish qonuniyatla rining shakllari, haqiqatning tagiga etish imkoniyatlari nuqtai nazaridan o‘rganiladi. Uning har xil modellari, yondashuvlari mavjud. Materialistik modellar zamirida dunyoning inson ongida aks etish tamoyillari: Demokritda –obrazlar (eydoslar), Yangi davr faylasuflarida – sensor signallari, Berklida –sub’ektning sezgilari yotadi. Leybnits bilishni ilohiylashtirilgan g‘oyaning inson tug‘ma tushunchalariga ta’siri deb hisoblagan. Gegel taklif qilgan modelning zamirida mutlaq g‘oyani anglash yotadi. Max, Avenarius va boshqa sub’ektiv idealistlarda (XIX asr oxiri – XX asr boshlari) bilish jarayoni – bu sezgilarning bo‘sh va tejamli aloqasini amalga oshirishdir.
Inson aqli bilish pillapoyasidan yuqoriga ko‘tarilar ekan, har bir yangi pog‘onada qayta-qayta quyidagi savolga javob topishga harakat qiladi: dunyoni bilish mumkinmi?, bilishning chegaralari bormi? Falsafada bu savollarga javob beruvchi uch asosiy yo‘nalishni farqlash mumkin: optimizm, skeptitsizmva agnostitsizm (Kant va boshqalar). Optimistlardunyonibilishmumkinliginita’kidlaydilar, agnostiklar, aksincha, buni rad etadilar (I.Kant – ォnarsa o‘zidaサ). Skeptiklardunyonibilishmumkinliginiinkoretmaydilar(XVIIIasrdaD.Yum),biroqbilimninghaqiqiyligigashubha bildiradilar. Odatda, skeptitsizm paradigmalar, qadriyatlar, ijtimoiy tizimlar va hokazolar o‘zgarayotgan davrda (yoki uning arafasida), ilgari haqiqiy deb hisoblangan xulosalar fan va amaliyot olgan yangi ma’lumotlar nuqtai nazaridan soxta, asossiz bo‘lib chiqqan holda ravnaq topadi. Skeptitsizm psixologiyasiga xos xususiyat shundan iboratki, u darhol nafaqat eskirgan, balki yangi, shakllanayotgan fikrlar, g‘oyalarni ham toptay boshlaydi. Bu psixologiya zamirida tadqiqotchining yangilikka tashnaligi va inson tafakkurining kuchiga bo‘lgan ishonch emas, balki qachondir qabul qilingan ォqulayサ tamoyillarga tayanish yotadi. Skeptitsizm ta’limot sifatida, hech shubhasiz, zararlidir, chunki u insonning bilish borasidagi deyarli barcha imkoniyatlarini kamsitadi.