Empirikbilimvauningshakllari. Empirik bilim mavjud narsaning bevositaemas,balkibilvositain’ikosi. Masalan, olim o‘zi ko‘rmayotgan tegishli ob’ektning holati haqida unga axborot berayotgan asbob ko‘rsatkichi yoki elektro-kardiogrammaning elektr chizig‘ini ko‘radi. Boshqacha aytganda, bilishning empirik darajasi har xil asbob lardan foydalanish bilan bog‘liq; u kuzatish, kuzatilayotgan narsa yoki hodisani tavsiflash, bayonnomalar yuritish, hujjatlardan foydalanishni nazarda tutadi, masalan, tarixchi arxivlar va boshqa manbalar bilan ishlaydi. Xullas, bu oddiy sezgi darajasida bilishga qaraganda bilishning yuqoriroq darajasidir.
Kuzatish – bilish ob’ektining muhim xossalari va munosabatlarini aniqlash maqsadida ataylabamalgaoshiriladiganizchilidroketishdir. Kuzatish maqsadini belgilash, uning usullarini aniqlash, o‘rganilayotgan ob’ekt xulq-atvorini nazorat qilishning rejasini tuzish, asboblardan foydalanish kabilar kuzatishning muhim xususiyatlaridir. Kuzatishlarning natijalari bizga borliq haqida ilmiy dalillar ko‘rinishida dastlabki axborot beradi.Kuzatish bevosita yoki bilvosita, masalan, mikroskop yordamida bo‘lishi mumkin. Hozirda elektron mikroskop yordamida molekulalarni vizual kuzatish mumkin. Kuzatish – bu faoliyatning muayyan ob’ektlarga qaratilgan maqsadlar va vazifalarni ta’riflashni nazarda tutadigan faoliyat shakli. Biron-bir narsani bilishni xohlagan har qanday odam o‘z ko‘zlarini kuzatuvchanlikka o‘rgatishi lozim.
Eksperiment – bushundaytadqiqotmetodiki,uningyordamidaob’ektyosun’iytarzdayaratiladi,yo tadqiqot maqsadlariga mos keladigan ma’lum shart-sharoitlarda o‘rganiladi. Eksperimentda tadqiqotchi ilmiy-tadqiqotni o‘tkazish shart-sharoitlariga faol aralashadi. U jarayonni istalgan bosqichda to‘xtatishi mumkin bo‘lib, bu ob’ekt ni yanada mufassalroq o‘rganish imkonini beradi. Tadqiqotchi o‘rganilayotgan ob’ekt ni boshqa ob’ektlar bilan har xil tarzda bog‘lashi yoki u ilgari kuzatilmagan shart-sharoitlarni yaratishi va shu tariqa fanga ma’lum bo‘lmagan yangi xossalarni aniqlashi mumkin. Eksperiment o‘rganilayotgan hodisani sun’iy tarzda gavdalantirish va nazariy yoki empirik bilim natijalarini amalda sinash imkonini beradi.
Eksperiment doim, ayniqsa, hozirgi zamon fanida ba’zan juda murakkab texnika vositalari, ya’ni asboblardan foydalanish bilan bog‘liq. Asbob–buinsonningsezgia’zolaribilishimumkinbo‘lmagan hodisalar va xossalar haqida axborot olish uchun mo‘ljallangan, kerakli xossalargaegabo‘lganmoslamayokimoslamalartizimidir.Asboblar bizning sezgi a’zolarimizni kuchaytirishi, ob’ekt xossalarining faollik darajasini o‘lchashi yoki ularda o‘rganilayotgan ob’ekt qoldirgan izlarni aniqlashi mumkin.