Bilish nazariyasi



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix18.04.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#100187
1   2   3   4   5   6   7
III. BILISH NAZARIYASI 
«Gnoseologiya» – sof falsafiy kategoriya. Uning nomi yunoncha «gnosis» – «bilim», 
«ilm» va «logos» – «ta‘limot», «fan» so‗zlaridan kelib chiqqan. So‗zma-so‗z ma‘nosi – «bilish 
haqi dagi ta‘limot (fan)», «ong haqidagi ta‘limot (fan)». Falsafiy adabiyotlarda, shu jum la dan, 
falsafiy qomuslar va lug‗atlarda «gnoseologiya» atamasi «bilish nazariyasi» deb tarjima qilingan. 
SHu bilan bir qatorda, ayni shu mazmunni ifodalash uchun falsafiy adabiyotlarda 
«epistemologiya» so‗zi ham qo‗llaniladi. Shuni ta‘kidlash lozimki, gnoseologiyaga tatbiqan 
bilish nazariyasi va epistemologiya nomlarining qo‗llanilishini o‗rinli deb bo‗lmaydi. Zotan, 
«episteme» so‗zi «pistis» – «e‘tiqod» so‗zi bilan uzviy bog‗liq. Biroq, «biz biladigan» (gnosio) 
va «biz ishonadigan» (pistio), mavjudligiga e‘tiroz bildirmaydigan narsalar – falsafiy va ilmiy 
bilimlarning hozirgi darajasida mazmunan har xil tushunchalardir. Shu bois G‗arbiy Yevropa 
falsafasida epistemologiyaning mazmuni ikki xil, ba‘zan esa – uch xil talqin qilinadi. Umuman 
olganda, hozirgi zamon falsafasida gnoseologiya bilish jarayonining umumiy, aniqroq aytganda, 
falsafiy mohiyati hamda umumiy muammolariga e‘tiborni qaratadi. Epistemologiya esa, bizning 
muayyan narsalar haqidagi bilimlarimiz va (yoki) e‘tiqodlarimizning ishonchlilik darajasini 
o‗rganadi. Demak, epistemologiya gnoseologiyaning tarkibiy qismi yoki uning amaliy ifodasidir. 
Tom ma‘nodagi epistemologiya hozirgi kunda ilmiy, haqiqiybilimning mazmunini, shuningdek, 
diniy e‘tiqodlarning gnoseologik mohiyatini o‗rganish bilan shug‗ullanadi. Bunda esa bilish 
(ong)ning mohiyati to‗g‗risida bahs yurituvchi falsafiy ta‘limot ma‘nosidagi «gnoseologiya» 
atamasidan foydalaniladi. Shu bilan biz avval gnoseologiya muammolari doirasini aniqlab 
olishga harakat qilamiz.
Gnoseologiya yoki bilish nazariyasi falsafiy bilimlar (falsafa fani) bo‗limi bo‗lib, unda:
1) insonning dunyoni bilish imkoniyati;
2) insonning o‗zlikni anglash jarayoni;
3) bilishning bilmaslikdan bilim sari yuksalishi;
4) bilimlar tabiati va ularning mazkur bilimlarda aks etuvchi narsalar
bilan o‗zaro nisbati o‗rganiladi.
Shunday qilib, umuman olganda, gnoseologiya ong, bilish, bilimni o‗rganish bilan shug‗ullanadi.
Shaxsiy va ijtimoiy tajribada biz ongning mavjudligini aniq sezamiz, ongning o‗z-o‗ziga, boshqa 
odamlarga va umuman, jamiyatga ta‘siri natijalarini fiziologik darajada his qilamiz va ko‗ramiz. 
Biroq bu jarayonda ongning o‗zi ko‗rinmaydi. Moddiy dunyo hodisalaridan farqli o‗laroq, ongni 
kuzatish mumkin emas. U go‗yo vaqt va makon chegaralaridan tashqarida turadi. 
Gnoseologiyaning vazifasi bu ko‗rinmas ongni idrok etish, uning moddiy narsa va hodisalar 
dunyosi bilan o‗zaro aloqalarini aniqlash, uni o‗z muhokama va tadqiqot predmetiga 
aylantirishdan iborat. Gnoseologiyaning asosiy muammosi bizning barcha bilimlarimiz tajribada 
sinalganmi? degan «oddiy» masalani echishdan iborat: Bu savolga javob izlash va masalaning 
echimini topishda gnoseologiyada ikki muxolif an‘ana: bilimlarimiz tajribada sinalganini qayd 
etuvchi empirizm va buni inkor etuvchi ratsionalizm to‗qnashadi. Ratsionalizm (ratsionalistlar) 
insonda tug‗ma g‗oyalar, adolat, insoniylik,uyg‗unlik g‗oyalari va tajribadan olinishi mumkin 
bo‗lmagan boshqa g‗oyalar mavjudligidan kelib chiqadi. Zotan, tajriba to‗la adolat, yalpi 
insoniylik mavjud emasligini, bizni qurshagan dunyoda uyg‗unlik ustidan xaos hukm surishini 
ko‗rsatadi. Bunda ayrim ashaddiy ratsio nalistlar (masalan, Platon, Avgustin va ularning 
hamfikrlari) ko‗rsatib o‗tganidek g‗oyalar inson aqliga xos tug‗ma g‗oyalar bo‗lib, ularni inson 
faqat o‗z aqlidan olishini qayd etadilar; boshqa, mo‗‘tadil ratsionalistlar (masalan, Leybnits, 
Volf, Baumgarten) esa, g‗oyalar aqlga bog‗liq bo‗lmagan holda mavjud bo‗lsa-da, biroq ular 
faqat aqlda tafakkur va falsafiy mushohada yuritish jarayonida tug‗ilishini ta‘kidlaydilar. 
Empirizm (empiristlar, F.Bekon, J.Lokk, T.Gobbs, D.Yum, L.Feerbax), aksincha, in son, 
insoniyat shaxsiy yoki ijtimoiy tajribaga ega bo‗lgunga qadar biron-bir g‗oya mav jud bo‗lishini 


inkor etadilar. Ular barcha g‗oyalar inson ongi zamirida yo shaxsiy taj riba, yo boshqalar 
tajribasi, butun insoniyat tajribasini umumlashtirish orqali tug‗i lishini qayd etadilar va bu tezisni 
isbotlashga harakat qiladilar. Ularning fikriga ko‗ra, tajriba inson ongida uning sezgilari va 
o‗zini qurshagan dunyoni idrok etishi orqali aks etadi. Falsafada idrok etishni persepsiya 
(lotincha perception – idrok etish) deb atash odat tusini olgan. Persepsiya o‗zini qurshagan 
dunyodagi narsalar va hodisalarni sezgilar orqali idrok etishga aytiladi, appersepsiya borliqni aql 
bilan anglash, bilish, ularni g‗oyalarda ifodalashdir.
Gnoseologiya inson bilimining chegaralari to‗g‗risidagi masalani echishni ham o‗z ichiga oladi. 
Ko‗pgina empiriklar (masalan, David Yum, Dyubua Raymond, agnostiklar) va ratsionalistlar 
(masalan, Kant va uning hamfikrlari) inson nafaqat umumiy narsa va hodisalarni, balki muayyan, 
konkret narsalarni ham bilishi mumkin emas, degan fikrga qo‗shiladilar. Ayrim narsalar, 
hodisalar va konsepsiyalar borki, ular persepsiyamizning chegaralariga ham, tafakkurimiz, 
refleksiyamiz (lotincha refl exes – orqaga qaytish) doirasiga ham sig‗maydi.
Masalan, Kant Koinot ibtidosi yoki ibtidosizligi, Xudoning borligi yoki yo‗qligi, jonning 
boqiyligi yoki foniyligi, axloqning sababiyligi yoki sababsizligi aqlning bilish chegaralariga 
sig‗maydigan, oqilona o‗rganib bo‗lmaydigan transsendental (lotincha transcendentalism – 
chegaraga sig‗maydigan) masalalardir, deb hisoblagan. XX asr pozitivistlari, empirizm 
g‗oyalarini himoya qilgan yirik olimlar: Moris Shlik, Rudolf Karnap kabilar Kantning 
transsendental muammolarini mantiqsiz deb e‘lon qildilar.
Gnoseologiya inson bilimi va bilishga doir juda ko‗p muammolar bilan shug‗ullanadi. U bizning 
bilimlarimiz qay darajada e‘tiqod, qay darajada ko‗rko‗rona ishonch va qay darajada real 
borliqning haqiqiy in‘ikosi ekanligini aniqlashga harakat qiladi. So‗nggi o‗n yilliklarda 
gnoseologiyada bilimlar o‗rtasidagi farq, nimani bilaman, qanday bilaman, shaxsiy tajribamdan 
bilaman, dalilga ko‗ra bilaman kabi iboralar mazmunining o‗zaro nisbati masalalari muhokama 
qilinmoqda. Bir so‗z bilan aytganda, gnoseologiya borliqni to‗liq qamrab olib, unda biron-bir 
tafsilotni nazardan qochirmaslikka harakat qiladi. Demak gnoseologiya falsafaning eng muhim 
omilidir.
Optimizm. Skeptitsizm. Agnostitsizm. Bilish jarayoni rivojlanish qonuniyatla rining shakllari, 
haqiqatning tagiga etish imkoniyatlari nuqtai nazaridan o‗rganiladi. Uning har xil modellari, 
yondashuvlari mavjud. Materialistik modellar zamirida dunyoning inson ongida aks etish 
tamoyillari: Demokritda –obrazlar (eydoslar), Yangi davr faylasuflarida – sensor signallari
Berklida –sub‘ektning sezgilari yotadi. Leyb nits bilishni ilohiylashtirilgan g‗oyaning inson 
tug‗ma tushunchalariga ta‘siri deb hisoblagan. Gegel taklif qilgan modelning zamirida mutlaq 
g‗oyani anglash yotadi. Max, Avenarius va boshqa sub‘ektiv idealistlarda (XIX asr oxiri – XX 
asr boshlari) bilish jarayoni – bu sezgilarning bo‗sh va tejamli aloqasini amalga oshirishdir.
Inson aqli bilish pillapoyasidan yuqoriga ko‗tarilar ekan, har bir yangi pog‗onada qayta-qayta 
quyidagi savolga javob topishga harakat qiladi: dunyoni bilish mumkinmi?, bilishning 
chegaralari bormi? Falsafada bu savollarga javob beruvchi uch asosiy yo‗nalishni farqlash 
mumkin: optimizm, skeptitsizmva agnostitsizm (Kant va boshqalar). Optimistlar dunyoni bilish 
mumkinligini ta‘kidlaydilar, agnostiklar, aksincha, buni rad etadilar (I.Kant – narsa o‗zida). 
Skeptiklar dunyoni bilish mumkinligini inkor etmaydilar (XVIII asrda D.Yum), biroq bilimning 
haqiqiyligiga shubha bildiradilar. Odatda, skeptitsizm paradigmalar, qadriyatlar, ijtimoiy tizimlar 
va hokazolar o‗zgarayotgan davrda (yoki uning arafasida), ilgari haqiqiy deb hisoblangan 
xulosalar fan va amaliyot olgan yangi ma‘lumotlar nuqtai nazaridan soxta, asossiz bo‗lib chiqqan 
holda ravnaq topadi. Skeptitsizm psixologiyasiga xos xususiyat shundan iboratki, u darhol 
nafaqat eskirgan, balki yangi, shakllanayotgan fikrlar, g‗oyalarni ham toptay boshlaydi. Bu 
psixologiya zamirida tadqiqotchining yangilikka tashnaligi va inson tafakkurining kuchiga 
bo‗lgan ishonch emas, balki qachondir qabul qilingan qulay tamoyillarga tayanish yotadi. 
Skeptitsizm ta‘limot sifatida, hech shubhasiz, zararlidir, chunki u insonning bilish borasidagi 
deyarli barcha imkoniyatlarini kamsitadi.
Bilimning asosiy turlari. Bilim nima? Bilim tushunchasiga aniq ta‘rif berish qiyin, balki hatto 
mumkin ham emas. Gap shundaki, birinchidan, bu tushuncha eng umumiy tushunchalardan biri 


hisoblanadi, umumiy tushunchalarga esa doim aniq ta‘rif berish qiyin. Ikkinchidan, bilimning 
juda ko‗p turlari mavjud va ularning hammasini yonma-yon qo‗yib bo‗lmaydi. Shuni e‘tiborga 
olib, bilim nima ekanligini aniqlashga harakat qilib ko‗ramiz. Odatda, biz nimanidir bilishimiz 
haqida gapirganimizda, o‗zimiz bu «nimadir» haqida ancha to‗g‗ri tasavvurga egamiz, deb 
hisoblaymiz. Shuningdek, bizning tasavvurimiz xom xayol yoki faqat o‗z shaxsiy fikrimiz 
emasligiga ham ishonchimiz komil bo‗ladi. Nihoyat, biz bu ishonchni mustahkamlovchi 
qandaydir dalillar keltirishimiz mumkin. Shunday qilib, o‗z shaxsiy hayotimizda biz amaldagi 
holatga mos keladigan va ma‘lum asoslarga ega bo‗lgan ishonch, e‘tiqodni bilim deb 
hisoblaymiz. Teran ma‘no bilan sug‗orilgan bu bilim talqinining umumiy ruhi gnoseologiyada 
ham saqlanib qolgan. Ayni zamonda, gnoseologiya bu talqin zamirida mujassam ba‘zi bir 
holatlarni aniqlaydi va ularga oydinlik kiritadi. «S sub‘ekt qandaydir P predmetni biladi», degan 
standart gnoseolgik talqin quyidagi uch shartni o‗z ichiga oladi:
○ Haqiqiylik (muvofiqlik) sharti – «agar P haqiqiy bo‗lsa, u holda S P ni biladi». Biz Chimyon 
Toshkentdan shimolroqda joylashganligini bilaman, basharti Chimyon chindan ham 
Toshkentdan shimolroqda joylashgan bo‗lsa. Agar biz Amudaryo Tinch okeaniga quyiladi, deb 
aytsak, bizning bu fikrimiz bilim emas, balki yanglish fikr, xato bo‗ladi.
○ Ishonchlilik (e‘tiqod, maqbullik) sharti – «agar S P ni bilsa, u holda S P ga ishonadi (uning 
mavjudligiga e‘tiqodi komil bo‗ladi). Masalan, agar biz O‗zbekistonda daryo bor desak, biz 
uning amalda mavjudligiga ishonamiz. Odatda, bilim shunday ishonch yoki shunday e‘tiqod 
hisoblanadi va ularni ajratish mumkin emas. Shunday bir vaziyatni tasavvur qiling: siz oyna 
oldiga kelib, tashqarida yomg‗ir yog‗ayotganini ko‗rasiz. Siz: «Yomg‗ir yog‗yapti, lekin men 
bunga ishonmayman»,deysiz. Bu iboraning anoto‗g‗riligi bilimimiz bizning e‘tiqodimiz 
ekanligini ko‗rsatadi.Asoslilik sharti «S P ni biladi, basharti u o‗zining P ga bo‗lgan ishonchini 
asoslab bera olsa». Bu shart bilimni to‗g‗ri chiqadigan taxminlar yoki tasodifan mos kelish 
hollaridan farqlash imkonini beradi. Aytaylik, siz besh yashar bolakaydan: «Quyosh tizimida 
nechta sayyora bor», deb so‗radingiz va «To‗qqizta», degan javobni eshitdingiz. Siz bola 
sayyoralar sonini tasodifan to‗g‗ri aytdi, deb hisoblaysiz. Agar u o‗z javobini hech bo‗lmasa buni 
onasidan eshitganini aytib, asoslab bera olmasa, siz bolakayda bu dalil haqida haqiqiy bilim 
mavjud emas, degan to‗xtamga kelasiz. Shunday qilib, bu «uch qismli» talqinga muvofiq, 
quyidagi muxtasar ta‘rifni berish mumkin: bilim – bu haqiqatga mos keladigan va asoslangan 
ishonch-dir. Bu ta‘rif ancha sodda bo‗lib, uni bilimning barchaturlariga nisbatan tatbiq etish 
mumkin. Bu so‗zlar zamirida muayyan muammo yotadi. Masalan, biz Nyuton mexanikasi 
haqiqatga etarli darajada muvofiq emas va uning o‗rnini Eynshteynning aniqroq nazariyasi 
egalladi, deb hisoblaymiz. Biroq buning natijasida Nyuton nazariyasi o‗zining bilim xususiyatini 
yo‗qotgani yo‗q-ku?
Eynshteynga qadar, uning haqiqiyligiga ko‗pchilikning ishonchi komil bo‗lgan davrda u bilim 
edimi? Shunga o‗xshash so‗zlarni hozirda fan tarixidan o‗rin olgan minglab nazariyalar sha‘niga 
aytish mumkin. Bilimni qanday qilib asoslash mumkin va etarli asoslar mavjudmi? Bu savol ham 
ancha mavhum. Gipoteza, faraz, odatda, bilim shakli sifatida qaraladi, biroq olimlar o‗zlari ilgari 
surayotgan gipoteza yoki farazlarning to‗g‗riligiga ba‘zan ishonchi komil bo‗lmaydi.
Balki bilimni standart tushunish haddan tashqari taxminiy va nisbiydir? Qisman shunday, biroq 
bilim-bir ta‘rif chegaralariga sig‗dirish juda qiyin bo‗lgan rang-barang hodisa ekanligi 
muhimroq. Agar «bilmoq» so‗zi tilimizda qanday qo‗llanilishiga nazar tashlasak, bilim turlari 
juda rang-barang ekanligini ko‗rishimiz mumkin. Quyidagi gaplarni ko‗rib chiqamiz. Men bu 
mashinani qanday qilib tuzatish mumkinligini bilaman. Men gitara chalishni bilaman. Men 
Po‗latni o‗n yildan beri bilaman. Men Toshkentni yaxshi bilaman. Men uchburchak 
burchaklarining yig‗indisi ikki to‗g‗ri burchakka teng ekanligini bilaman. Men kit sut 
emizuvchilar oilasiga mansub ekanligini bilaman.Bu bir qarashda o‗xshash gaplarda «bilaman» 
so‗zi har xil ma‘nolarda keladi. Dastlabki ikki gapda bilish nimanidir bajara olishni anglatadi. 
Gnoseologiyada u «bilim-ko‗nikma» deb ataladi. Keyingi ikki misolda bilish – bu «bilim-
tanishuvlik» demakdir. U inson yoki qandaydir ob‘ektni tanish qobiliyatini anglatadi. So‗nggi 
gaplarda bilim «nimanidir bilish»ni ifodalaydi, chunonchi: u narsalarda qandaydir xossalar, 


nisbatlar, qonuniyatlar va shu kabilarning mavjudligini tavsiflaydi. Bilim bu erda ma‘lum 
axborot ko‗rinishida keladi deb aytish mumkin. Ko‗rib turganimizdek, «bilim-ko‗nikma» va 
«bilim-tanishuvlik» bilimning standart talqiniga uncha mos kelmaydi. Umuman olganda, ularga 
nisbatan haqiqiylik va asoslanganlik tushunchalarini tatbiq etish mumkin emas. Po‗latni yaxshi 
yoki orqavarotdan bilish mumkin, biroq biz uni «to‗g‗ri» yoki «ishonchli» bilishimiz 
mumkinmi? Biroq, bu erda shuni ta‘kidlash lozimki, yuqorida zikr etilgan bilim turlari 
o‗rtasidagi chegaralar aniq emas. Masalan, sizning Toshkent haqidagi bilimingiz siz shaharning 
kattaligi, aholisining soni, u O‗zbekiston poytaxti ekanligi va hokazolar haqida ma‘lum 
axborotga ega ekanligingizni nazarda tutadi. Biroq, bu bilim, avvalo, shahar bilan tanishlik, unda 
yaxshi mo‗ljal ola bilish demak. Gnoseologiyada asosiy e‘tibor muayyan narsalar haqidagi 
bilimni tahlil qilishga qaratiladi. Zero, faqat shunday bilimni asosli va asossiz, ishonchli va 
ishonchsiz, haqiqiy yoki soxta bilim sifatida aniq baholash mumkin.
Bilim shakllari – Inson o‗zini qurshagan olamni anglab etadi, uni har xil usullar yordamida 
o‗zlashtiradi. Bu usullardan ikkita eng muhimini qayd etish mumkin. Birinchi – moddiy-
texnikaviy usul – tirikchilik vositalarini ishlab chiqarish, mehnat, amaliyot. Ikkinchi – ma‘naviy 
(ideal) usul; uning doirasida sub‘ekt va ob‘ektning bilishga doir munosabatlari ular o‗rtasidagi 
ko‗p sonli munosabatlarning biridir. O‗z navbatida, bilish jarayoni va unda olinadigan bilimlar 
amaliyot va bilishning tarixiy rivojlanishi mobaynida tabaqalanadi va o‗zining har xil shakllarida 
mujassamlashadi. Bilishning bu shakllari, garchi o‗zaro bog‗liq bo‗lsa-da, lekin bir-biriga 
o‗xshamaydi va har bir-biri o‗ziga xos xususiyatlarga ega.
Kundalik amaliy bilim. Tabiat haqida, shuningdek, odamlarning o‗zlari,ularning yashash 
sharoiti, ijtimoiy aloqalari va hokazolar to‗g‗risida elementlar bilimlar beruvchi kundalik-amaliy 
bilimlar bilishning tarixan eng birinchi shakli hisoblanadi. Bilishning bu shakli kundalik hayot, 
odamlar amaliy tajribasidan kelib chiqqan. Shu asosda olingan bilimlar garchi mustahkam 
bo‗lsa-da, biroq tartibsiz, tarqoq xususiyatga ega bo‗ladi, ma‘lumotlar, qoidalar va shu 
kabilarning oddiy majmuini tashkil etadi. Kundalik bilish sohasi juda rang-barang. U sog‗lom 
fikr, e‘tiqodlar, belgi-alomatlar, shaxsiy tajribadan chiqarilgan dastlabki xulosalar, ularning 
an‘analar, rivoyatlar, o‗gitlar va hokazolarda ifodalangan ko‗rinishlari, intuitiv ishonch, sezgilar 
va shu kabilarni o‗z ichiga oladi.
O‗yin vositasidagi bilim nafaqat bolalar, balki kattalar faoliyatining ham muhim unsuri 
hisoblanadi. O‗yin jarayonida shaxs qizg‗in bilish faoliyatini amalga oshiradi, bilimlarning katta 
hajmini o‗zlashtiradi, madaniy boylik – ishga doir o‗yinlar, sport o‗yinlari, aktyorlarning 
o‗yinlari va shu kabilarni qon-qoniga singdiradi. O‗yin bolalarning qiziquvchanligini qondirish, 
ularning ma‘naviy dunyosi va ma‘lum bilimlari, o‗zaro til topish ko‗nikmalari va shu kabilarni 
shakllantirishda muhim ijtimoiy rol o‗ynaydi. Hozirgi zamonda o‗yin tushunchasidan 
matematika, iqtisodiyot, kibernetika va boshqa fanlarda keng foydalanilmoqda. Mifologik bilim 
Mif – ibtidoiy odam tafakkurining tabiat hodisalarini tushunish va tushuntirishning o‗ziga xos 
xususiyatlari bilan belgilanadi. Mif narsa va obraz, jism va xossa, «asos» va tamoyillarni 
farqlamaydi. Voqealar o‗xshashligi yoki ketma-ketligini sabab va oqibat bog‗lanishi sifatida 
talqin qiladi. Mif oliy darajada universal voqealar, chunonchi: inson o‗limi va uning mangu 
barhayotligi, dunyoning vujudga kelishi, qahramonona qilmishlar, madaniyat yutuqlari (masalan, 
olovning o‗g‗irlanishi haqidagi mif) va shu kabilar haqida hikoya qiladi. Mifning mazmuni 
ramziy tilda ifodalanadi, natijada uning xulosalari keng va ko‗p ma‘noli tus kasb etadi. Ko‗p 
sonlilik tamoyilini, aks ettirish, muayyanlik va antromorflik (ya‘ni, inson xususiyatlarini tabiat 
ob‘ektlariga o‗tkazish), obraz va ob‘ektni tenglashtirish kabilar mifologik bilishning o‗ziga xos 
xususiyatlaridir. Borliqni anglab etish usuli sifatida mif inson, jamiyat, dunyoni modellashtiradi, 
tasniflaydi va talqin qiladi.
Diniy bilim insoniyat to‗plagan tajribaga tayanib, inson hayotining muhim ko‗rinishlari, 
chunonchi: oila va turmushdagi xulq-atvor, axloqiy qoidalar, mehnat, tabiat, jamiyat va davlatga 
munosabatni tartibga soladi. Dinning asosiy vazifasi – inson hayoti, tabiat va jamiyat 
borlig‗ining mazmunini aniqlashdan iborat. Din universumning pirovard mazmunlari haqidagi 
o‗z tasavvurini asoslab, dunyo va insoniyatning birligini tushunishga ko‗maklashadi.


U inson hayotini o‗zgartirishga qodir bo‗lgan haqiqatlar tizimidan iborat. Diniy ta‘limotlarning 
o‗ziga xos xususiyati shundan iboratki, ular jamoa tajribasini ifodalaydi va shu bois nafaqat har 
bir dindor odam, balki dinga sig‗inmaydiganlar uchun ham qadrlidir.
Diniy ta‘limotlarning vazifasi Xudo bormi, uni qanday qilib bilish mumkin, umuman, Xudoni 
bilish mumkinmi, degan savollarga javob berishdan iborat. Din o‗z dunyoqarashini Muqaddas 
Kitob matnlarida, shuningdek, diniy rasm-rusum va urf-odatlarda ifoda etadi. Diniy rasm-
rusumlarning bir unsuri ramziy ahamiyatga egadir. Diniy ramzlar g‗oya va obraz muvozanatini 
o‗zida mujassamlashtiradi. Meditatsiya – o‗z tafakkurini bir ob‘ektga qaratish, inson e‘tiborini 
chalg‗ituvchi barcha begona omillarni chetga chiqarish yo‗li bilan fikr yuritish, narsa, g‗oya, 
dunyoni idrok etishdir. Dinda meditatsiya shaxsiy ongning Absolyut bilan birikuvini anglatadi.
Falsafiy bilim. Falsafa san‘at va din kabi, bilish vazifalarini echish bilangina kifoyalanmaydi. 
Uning bosh vazifasi san‘at va din bilan uyg‗un holda–insonning dunyoda ma‘naviy mo‗ljal 
olishiga ko‗maklashishdan iborat. Falsafiy bilish ayni shu maqsadga bo‗ysundirilgan.
Ilmiy bilim. Bilishning eng oliy shakli fandir. Ayrim fanlarning vakillari fanni ta‘riflar ekanlar, 
uni muayyan tadqiqotlar sohasi bilan bog‗laydilar. Ilmiy bilim boshqa bilim turlaridan o‗zining 
aniqligi bilan ajralib turadi. Ilmiy bilim, ma‘naviy ishlab chiqarishning barcha shakllari kabi, 
pirovardida inson faoliyatini tartibga solish uchun zarur. Bilishning har xil turlari bu vazifani 
turlicha bajaradi va mazkur farqning tahlili ilmiy bilimning o‗ziga xos xususiyatlarini 
aniqlashning birinchi va muhim sharti hisoblanadi.
Ijtimoiy bilim, asosan, o‗zi o‗rganayotgan borliqning sifat tomonini tavsiflashga qarab mo‗ljal 
oladi. Bu erda hodisalar va jarayonlar miqdor va umumiylik nuqtai nazaridan emas, balki sifat va 
xususiylik nuqtai nazaridan o‗rganiladi. Shu sababli miqdor metodlarining ulushi, bu erda, 
tabiiy-matematik 
siklga 
mansub 
fanlarga 
qaraganda 
kamroq. 
Biroq, 
bilimning 
matematikalashuvi, kompyuterlashuvi jarayonlari bu erda ham tobora kengroq tus olib
bormoqda.
Hissiy, empirik, nazariy, mantiqiy va intuitiv bilish darajalari, ularning o‗ziga xosligi va 
aloqadorligi.
Hissiy darajadagi bilimning shakllari. Sezgi a‘zolari orqali olingan bilim – hissiy bilimlardir. 
Narsalarning xossalarini sezgi a‘zolari sezish va idrok etish natijasida olingan bilim hissiy 
bilimdir. Masalan, inson uchayotgan samolyotni ko‗radi va buning nimaligini biladi.
Sezgi. Bilish faoliyatida sezgi – narsalar ayrim xossalarining sezgi a‘zolari orqali his qilingan 
oddiy obrazi, in‘ikosi, nusxasi yoki o‗ziga xos surati dastlabki sezgi obrazi hisoblanadi. Masalan, 
aplesinda biz to‗q sariq rang,o‗ziga xos hid, ta‘mni sezamiz. Chunki, sezgilar insondan 
tashqaridagi muhitda yuz berayotgan va uning sezgi a‘zolariga ta‘sir ko‗rsatayotgan jarayonlarda 
yuzaga keladi. Ovoz va yorug‗lik to‗lqinlari, mexanik bosim, kimyoviy ta‘sir va hokazolar tashqi 
ta‘sirlantiruvchilar hisoblanadi. Forobiy bilishning ikki shakli – hissiy va oqilona bilishni 
farqlaydi. Insonni tashqi dunyo bilan bog‗lovchi sezgilar roliga e‘tiborni qaratar ekan, Forobiy 
ularni besh turga ajratadi. U sezgilarni bilimning asosiy manbai deb hisoblab, sezgilarfaqat 
narsaning in‘ikosi narsaning o‗ziga mos tushgan holda haqiqiy bo‗lishi mumkin19, deb 
ta‘kidlaydi. Forobiyning bilishda va umuman hissiy idrok etishda sezgilarning roli haqidagi 
qarashlari Aristotelning «sezmaydigan odam hech narsani bilmaydi va tushunmaydi», degan 
fikriga juda o‗xshash. Insonning hayvondan farqi shundaki, u aql va sezgilar yordamida 
bilimlarni o‗zlashtirishga qodir. «Aql kuchi» borliq narsalarining fikriy in‘ikosini o‗zida 
gavdalantiradi. Dunyoviy hodisalarning mohiyati va sabablarini bilgan aql osmon jismlari va 
ularning shakllarini bilishga harakat qiladi. Shu oxirgi bosqichda insonga ta‘sir ko‗rsatuvchi 
koinot aql bilan birikadi va boqiylik xususiyatini kasb etadi. Aql dunyoning yaralish bosqichlari 
sifatida inson va birinchi sabab o‗rtasida bog‗lovchi bo‗g‗in bo‗lib xizmat qiladi, birinchi sabab 
esa, o‗z navbatida, aqlga bevosita ta‘sir ko‗rsatadi. Harakatlanuvchi aql jon bilan ruh orqali 
bog‗lanadi, jon inson tanasidan o‗rin oladi, shunday qilib, nodunyoviy hayot jihatlari insonga 
o‗tadi va pirovardida inson mohiyati, bilimlari – uning aqli boqiylik xususiyatini kasb etadi. 
Forobiy fikricha, sezgilar tartibga ega bo‗lganidek, aqlning ham o‗z tegishli tartibi mavjuddir. 
Birinchi metod tabiiy fanlar (fizika)ga, ikkinchisi matematikaga mos tushadi. Ikkala metoddan 


ham faqat fanda narsa va hodisaning u yoki bu jihatini teranroq tushunish maqsadida 
foydalaniladi.
Idrok. Sezgi a‘zolariga bevosita ta‘sir ko‗rsatuvchi predmetlar, ularning xossalari va 
munosabatlarini aks ettiruvchi yaxlit obrazni idrok etish deb ataladi. Insonning idrok etishi 
narsalar, ularning xossalari va munosabatlarini tushunish va anglab etishni o‗z ichiga oladi. 
Bunda inson o‗zining har bir yangi taassurotini mavjud bilimlar tizimiga kiritadi. Sezish va idrok 
etish inson tashqi dunyoga amaliy ta‘sir ko‗rsatishi jarayonida, mehnatda, sezgi a‘zolari faol 
ishlashi natijasida amalga oshadi va rivojlanadi; masalan,harakatsiz ko‗z narsalar rangini 
farqlashga qodir emas. Organizmning makroskopik, yaxlit narsalar va jarayonlar olamida mo‗ljal 
olishga bo‗lgan ehtiyoji bizning sezgi a‘zolarimizni shunday tashkil qilganki, biz narsalarni 
yaxlit holda idrok etamiz. Aks holda hamma narsa harakatlanayotgan zarralar, molekulalar 
pardasiga aylangan va biz narsalarlarning chegaralarini ko‗rmagan bo‗lur edik. Ko‗rish a‘zosi 
organizm hayotida muhim rol o‗ynaydigan borliqdagi yorug‗lik hodisalarini mumkin qadar 
yaxshiroq aks ettirish yo‗nalishida rivojlangan. SHu sababli ko‗z tabiatda mavjud yorug‗lik 
ta‘sirida yorug‗likni qabul qilish, quloq – ovoz tebranishlarini farqlash uchun moslashgan va 
hokazo. Sezgi a‘zolarining o‗ziga xosligi, «fiziologik» idealistlar fikridan farqli, tashqi dunyoni 
to‗g‗ri bilishga nafaqat monelik qilmaydi, balki, aksincha, narsalarning ob‘ektiv xossalari 
aniqroq va to‗liqroq aks etishini ta‘minlaydi.
Xotira o‗tmish va hozirgi zamonni birlashtiradi, ularning bir-biriga o‗tishini ta‘minlaydi. 
«Tovushlar va so‗zlar soni ko‗paygandan keyin, odamga uning xotirasi yordamga keladi... 
Yozuv ham xotira bilan birga inson imkoniyatlarini oshiradi». Agar obrazlar miyada unga 
predmet ta‘sir ko‗rsatgan paytda paydo bo‗lib, bu ta‘sir to‗xtaganidan keyin darhol g‗oyib 
bo‗lganida, inson narsalarni har safar mutlaqo notanish narsalar sifatida qabul qilgan, u mazkur 
narsalarni tanimagan, demak, ularni anglamagan bo‗lar edi. Biror narsani anglash uchun aqlning 
ishlashi hozirgi holatni oldingi holat bilan taqqoslashi talab etiladi. Tashqi ta‘sirlarning idrok 
etilishi va ularning vaqtda saqlanishi natijasida xotirada tasavvurlar uyg‗onadi.
Tasavvurlar –bu bir paytlar insonning sezgi a‘zolariga ta‘sir ko‗rsatgan va keyinchalik miyada 
saqlanib qolgan aloqalar bo‗yicha gavdalanadigan narsalarning obrazlaridir. Sezish va idrok etish 
ong, fikr shakllanishining boshlanishi hisoblanadi. Xotira olingan axborotni qayd etadi va 
saqlaydi. Tasavvurda esa ong ilk bor o‗zining bevosita manbaidan ajraladi va nisbatan mustaqil 
sub‘ektiv hodisa sifatida mavjud bo‗la boshlaydi. Inson nisbatan yangi obrazlarni erkin 
yaratishga qodir. Tasavvur – bu idrok etish va nazariy tafakkur o‗rtasidagi bog‗lovchi bo‗g‗in.
Xayol insonning muhim xossasi. Xayol kuchi tajribada (ongda) mavjud obrazlarni nafaqat qayta 
chaqiradi, balki ularni bir-biri bilan bog‗laydi va shu tariqa ularni umumiy tasavvurlar darajasiga 
ko‗taradi.
Empirik bilim va uning shakllari. Empirik bilim mavjud narsaning bevosita emas, balki bilvosita 
in‘ikosi. Masalan, olim o‗zi ko‗rmayotgan tegishli ob‘ektning holati haqida unga axborot 
berayotgan asbob ko‗rsatkichi yoki elektro-kardiogrammaning elektr chizig‗ini ko‗radi. 
Boshqacha aytganda, bilishning empirik darajasi har xil asbob lardan foydalanish bilan bog‗liq; u 
kuzatish, 
kuzatilayotgan 
narsa 
yoki 
hodisani 
tavsiflash, 
bayonnomalar 
yuritish, 
hujjatlardanfoydalanishni nazarda tutadi, masalan, tarixchi arxivlar va boshqa manbalar bilan 
ishlaydi. Xullas, bu oddiy sezgi darajasida bilishga qaraganda bilishning yuqoriroq darajasidir.
Kuzatish – bilish ob‘ektining muhim xossalari va munosabatlarini aniqlash maqsadida ataylab 
amalga oshiriladigan izchil idrok etishdir. Kuzatish maqsadini belgilash, uning usullarini 
aniqlash, o‗rganilayotgan ob‘ekt xulq-atvorini nazorat qilishning rejasini tuzish, asboblardan 
foydalanish kabilar kuzatishning muhim xususiyatlaridir. Kuzatishlarning natijalari bizga borliq 
haqida ilmiy dalillar ko‗rinishida dastlabki axborot beradi.Kuzatish bevosita yoki bilvosita, 
masalan, mikroskop yordamida bo‗lishi mumkin. Hozirda elektron mikroskop yordamida 
molekulalarni vizual kuzatish mumkin. Kuzatish – bu faoliyatning muayyan ob‘ektlarga 
qaratilgan maqsadlar va vazifalarni ta‘riflashni nazarda tutadigan faoliyat shakli. Biron-bir 
narsani bilishni xohlagan har qanday odam o‗z ko‗zlarini kuzatuvchanlikka o‗rgatishi lozim.


Eksperiment – bu shunday tadqiqot metodiki, uning yordamida ob‘ekt yo sun‘iy tarzda 
yaratiladi, yo tadqiqot maqsadlariga mos keladigan ma‘lum shart-sharoitlarda o‗rganiladi. 
Eksperimentda tadqiqotchi ilmiy-tadqiqotni o‗tkazish shart-sharoitlariga faol aralashadi. U 
jarayonni istalgan bosqichda to‗xtatishi mumkin bo‗lib, bu ob‘ekt ni yanada mufassalroq 
o‗rganish imkonini beradi. Tadqiqotchi o‗rganilayotgan ob‘ekt ni boshqa ob‘ektlar bilan har xil 
tarzda bog‗lashi yoki u ilgari kuzatilmagan shart-sharoitlarni yaratishi va shu tariqa fanga 
ma‘lum bo‗lmagan yangi xossalarni aniqlashi mumkin. Eksperiment o‗rganilayotgan hodisani 
sun‘iy tarzda gavdalantirish va nazariy yoki empirik bilim natijalarini amalda sinash imkonini 
beradi.
Eksperiment doim, ayniqsa, hozirgi zamon fanida ba‘zan juda murakkab texnika vositalari, ya‘ni 
asboblardan foydalanish bilan bog‗liq. Asbob – bu insonning sezgi a‘zolari bilishi mumkin 
bo‗lmagan hodisalar va xossalar haqida axborot olish uchun mo‗ljallangan, kerakli xossalarga 
ega bo‗lgan moslama yoki moslamalar tizimidir. Asboblar bizning sezgi a‘zolarimizni 
kuchaytirishi, ob‘ekt xossalarining faollik darajasini o‗lchashi yoki ularda o‗rganilayotgan ob‘ekt 
qoldirgan izlarni aniqlashi mumkin.
Tavsif. Kuzatish va eksperiment o‗tkazish jarayonining natijasi tavsiflash yoki bayon etish yo‗li 
bilan ifodalanadi. U umumiy qabul qilingan atamalar yordamida tuzilgan, grafiklar, rasmlar, foto 
va kinotasvirlar ilova qilingan,matematik, kimyoviy formulalar kiritilgan hisobot ko‗rinishida 
ifodalanishi ham mumkin. Tavsifga qo‗yiladigan asosiy ilmiy talab – kuzatish va eksperiment 
ma‘lumotlarini to‗g‗ri va aniq aks ettirishdir. Tavsif to‗liq yoki noto‗liq bo‗lishi mumkin, biroq u 
doim materialni ma‘lum darajada tizimga solishni,ya‘ni uni guruhlash va umumlashtirishni 
nazarda tutadi: sof tavsif ilmiy ijod doirasidagina qoladi.
Taqqoslash. Bilish empirik metodlarining muhim unsuri – taqqoslash, ya‘ni o‗rganilayotgan 
ob‘ektlarning kuzatish yoki eksperimentda aniqlanayotgan xossalari o‗rta sidagi o‗xshashlik va 
farqlarni aniqlashdir.
O‗lchash – taqqoslashning ayrim ko‗rinishi, ob‘ekt xossalarining rivojlanish darajasini 
tavsiflovchi kattalikni aniqlash jarayoni. Kuzatish va eksperiment natijalari o‗lchash yo‗li bilan 
ifodalangan taqdirdagina ilmiy ahamiyatga ega bo‗ladi.. U o‗lchash birligi sifatida qabul qilingan 
boshqa kattalik bilan taqqoslash shaklida amalga oshiriladi.
Ilmiy dalil. Ilmiy dalil empirik bilishning natijasi hisoblanadi. Dalil (yoki dalillar)ni aniqlash 
ilmiy-tadqiqotning zarur shartidir. Dalil –bilimning tasdiqlangan boyligiga aylangan moddiy 
yoki ma‘naviy dunyo hodisasi, biron-bir hodisa, xossa yoki munosabatni qayd etishdir. 
A.Eynshteyn so‗zlari bilan aytganda, fan dalillardan boshlanishi va boshlanish bilan tugallanish 
o‗rtasida qanday nazariy tuzilmalar bo‗lishidan qat‘i nazar, dalillar bilan yakunlanishi lozim.
Mantiqiy bilish darajasi va uning shakllari. Inson hamisha nimalar haqidadir o‗ylaydi. O‗ysiz 
holat ham, psixologlar fikriga ko‗ra, amalda hech bo‗lmasa hech narsa haqida o‗ylamaslikni 
o‗ylash holatidir. Bilishning dialektik yo‗li sezgi a‘zolari orqali bilish, dalillarni aniqlashdan 
mantiqiy tafakkur sari olib boradi. Tafakkur – bu insonning narsalar muhim xossalari va 
munosabatlarini izchil, bilvosita va umumiy aks ettirishidir. Ijodiy tafakkurlash amaliyot, fan, 
texnikada yangi natijalar olishga qaratiladi. Tafakkurlash muammolar qo‗yish va ularni echishga 
qaratilgan faol jarayon. Tirishqoqlik –fikrlayotgan odamning muhim belgisi. Sezgidan fikrga 
o‗tish zamirida bilish ob‘ektining ichki va tashqi mohiyatning ifodasi, ayrim va umumiyga 
bo‗linishi yotadi. Zotan, ilmiy va falsafiy bilim faqat sezgi va tasavvurlardan iborat emas: sezgi 
idroki naqadar go‗zal bo‗lmasin, mazmunan qashshoqdir – u narsaning mohiyatini yoritmaydi. 
Tafakkur va borliqning birligi. Tafakkur bilan borliq o‗rtasida bir-lik mavjud. Tafakkur va 
borliqning birligi zamirida mantiqiy shakllar va tafakkur qonun larini shakllantiruvchi ijtimoiy 
amaliyot yotadi. Dunyo rivojlanishining ob‘ektiv umumiy qonuniyatlaridan mantiqiy 
qonuniyatlarning farqi shundaki, inson mantiqiy qonuniyatlarni ongli ravishda qo‗llashi mum- 
kin, tabiatda esa dunyoning rivojlanish qonuniyatlari o‗ziga ongsiz tarzda yo‗l ochadi.
Tafakkurning asosiy shakllari. Tafakkur jarayonining oqilona mazmuni tarixiy rivojlanish 
jarayonida yaratilgan mantiqiy shakllar qobig‗iga o‗raladi. Tafakkur o‗zining asosiy shakllari – 


tushunchalar, mulohazalar va xulosalar ko‗rinishida yuzaga kelgan, rivojlanmoqda va amalga 
oshirilmoqda.
Tushuncha – narsalar va hodisalarning umumiy, muhim xossa va aloqalari aks etuvchi fikr. 
Tushuncha – tafakkur, tushunish faoliyatining mahsuli. Ular nafaqat narsalar va hodisalarning 
umumiy jihatlarini aks ettiradi, balki ularni bir-biridan ajratadi, ular o‗rtasida mavjud farqlarga 
qarab ularni guruhlaydi, tasniflaydi. Bundan tashqari, biz biror narsa haqida tushunchaga ega 
ekanligimizni ta‘kidlar ekanmiz, bunda mazkur ob‘ektning mohiyatini tushunishimizni nazarda 
tutamiz. Masalan, «inson» tushunchasi nafaqat muhim umumiy, ya‘ni barcha odamlarga xos 
bo‗lgan jihatni, balki har qanday odamning boshqa har qanday narsalardan farqini ham aks 
ettiradi, mazkur odamning mohiyatini tushunish esa, umuman insonning mohiyati, ya‘ni inson 
haqidagi tushunchaning mazmunini bilishni nazarda tutadi: «Inson – aql, so‗zlashish va mehnat 
qilish qobiliyatiga ega bo‗lgan bioijtimoiy mavjudot». Sezgi, idrok va tasavvurlardan farqli 
o‗laroq, tushunchalar ko‗rgazmalilik yoki hissiylikdan xolidir. Idrok daraxtlarni, tushuncha – 
umuman daraxtni aks ettiradi. Tushunchaning mazmunini ko‗pincha aniq obraz ko‗rinishida 
tasavvur qilish mumkin emas. Inson, masalan, yaxshi odamni tasavvur qilishi mumkin, biroq u 
yaxshilik, yomonlik, go‗zallik, qonun, yorug‗lik tezligi, sabab, qiymat kabi tushunchalar va 
jarayonlarni sezgi obrazi ko‗rinishida tasavvur qila olmaydi. Har qanday fanning barcha 
tushunchalari haqida shu fikrni aytish mumkin. Ularning ob‘ektiv ta‘rifi ko‗rgazmalilik 
chegaralaridan tashqarida bilvosita aniqlanadi.
Tushuncha muhim jihatlar va xossalarni aniqlaydi va ularni o‗zida mujassamlashtiradi: 
tushuncha mohiyatning fikrda ifodalangan obrazidir. Shuning uchun ham oz sonli tushunchalar 
son-sanoqsiz narsalar – xossalar va munosabatlarni qamrab oladi. Tushunchalar turli davrlarda 
mazmunan har xil bo‗lgan. Ular ayni bir inson rivojlanishining turli darajalarida har xildir. 
Haqiqiy ilmiy tafakkur madaniyati biron-bir tushunchani aniq ta‘rifsiz qoldirmaslikni o‗zi uchun 
qoida deb biladi. Buyuk mutafakkir Suqrot tushunchalarni mantiqiy jihatdan aniq ta‘riflash 
haqiqiy bilimning bosh shartidir, degan edi. Tushunchalar inson ongida ma‘lum bog‗lanishda, 
mulohazalar ko‗rinishida yuzaga keladi va mavjud bo‗ladi. Tafakkur – biror narsa haqida hukm 
chiqarish, narsaning turli tomonlari o‗rtasidagi yoki narsalar o‗rtasidagi muayyan aloqalar va 
munosabatlarni aniqlash demakdir.
Mulohaza – fikrning shunday bir shakliki, unda tushunchalarni bog‗lash yo‗li bilan biror narsa 
haqidagi biron-bir fikr tasdiqlanadi yoki rad etiladi. Masalan, «Terak – o‗simlik» degan shunday 
bir mulohazaki, unda terak haqida uning o‗simlik ekanligi xususida fikr bildiriladi. Tasdiqlash 
yoki rad etish,soxtalik yoki haqiqiylik, shuningdek, ehtimol tutilgan narsalar bor joyda biz 
mulohazalarga duch kelamiz.
Agar bizning ongimizda faqat tasavvurlar, o‗z holicha tushunchalar mavjud bo‗lgan va ular bir-
biri bilan mantiqan bog‗lanmaganida, tafakkur jarayoni ham bo‗lmas edi. Ma‘lumki, so‗zning 
hayoti faqat nutqda, gapdagina haqiqiydir. Xuddi shuningdek, tushunchalar ham faqat kontekstda 
«yashaydi». Ayrim tushuncha sun‘iy «preparat», masalan, organizmdan ajratib olingan hujayra 
bilan barobar. Tafakkur – biror narsa haqida xulosa chiqarish demak. Bunda biz mulohaza 
ko‗rinishida ifodalay olmaydigan tushuncha biz uchun mantiqiy ma‘noga ega bo‗lmaydi.
Mulohaza (yoki mulohazalar) – keng ma‘noda ifodalangan tushuncha, tushunchaning o‗zi esa – 
toraytirilgan mulohaza (yoki mulohazalar), deb aytish mumkin.Nima yuksakroq – tushunchami 
yoki mulohaza, degan masala atrofidagi bahslar sxolastik, shuning uchun ham besamardir. 
Fikrning bevosita, moddiylashtirilgan ifodasi bo‗lgan gap mulohazani,ifodalashning og‗zaki 
shaklidir. Har qanday mulohaza sub‘ektning predikat, ya‘ni tavsiflanayotgan narsa yoki hodisa 
bilan birikuvidir. Shu sababli mulohazalarning mantiqda ko‗rilmaydigan turlari sub‘ekt, predikat 
va ular o‗rtasidagi aloqaning ehtimol tutilgan modifikatsiyalari bilan bog‗liq. Biz: «Olov 
kuydiradi», deymiz. Bu – mantiqan sub‘ekt predikat bilan bog‗langan hukm. Olovni ham, 
kuyishni ham sezish mumkin, biroq ular o‗rtasidagi aloqani fikrimiz anglaydi. Sub‘ektning 
o‗zgarishiga qarab mulohazalar, masalan, shaxssiz bo‗lishi mumkin: «Tong otyapti», «Kayfiyat 
yo‗q». Yakka, ayrim va umumiy mulohazalar farqlanadi: «Nyuton tortilish qonunini kashf 
etgan» Xulosa – mushohadaning nisbatan tugallangan birligi. Mushohada yuritish jarayonida 


mavjud mulohazalardan yangi mulohaza – xulosa chiqariladi. Xulosa chiqarish tafakkurning 
shunday bir amaliki, unda ayrim fikrlarni taqqoslash yo‗li bilan yangi mulohaza yaratiladi. Inson 
narsalarning, xossalari va munosabatlarini teran bilish orqali vaqti vaqti bilan hozirgi zamon 
chegaralaridan o‗tib, sirli kelajakka nazar tashlashi, hali ma‘lum bo‗lmagan narsalarni oldindan 
ko‗rishi, yuz berishi ehtimol tutilgan va muqarrar bo‗lgan voqealarni bashorat qilishi mumkin.
Bashorat qilish «murakkab narsani oddiy narsaga aylantirish»ning oliy darajasini tashkil etadi. 
Ilmiy bilim taraqqiyoti ilmiy bashorat kuchining o‗sishi va mazkur hodisa chegaralarining 
kengayishi bilan bog‗liq. Bashorat qilish jarayonlarni nazorat qilish va boshqarish imkonini 
beradi. Ilmiy bilish nafaqat kelajakni bashorat qilish, balki bu kelajakni ongli ravishda 
shakllantirish uchun imkoniyat yaratadi. Har qanday fanning hayot mazmunini shunday 
tavsiflash mumkin: bashorat qilish uchun bilish, ish ko‗rish uchun bashorat qilish kerak. 
Masalan, D.I.Mendeleev yuz yil keyin kashf etilgan kimyovielementlarning mavjudligini 
bashorat qilgan edi.
Intuitsiya – haqiqatni mantiqiy dalillar yordamisiz, bevosita anglab etish qobiliyatidir. U doim 
inson aqli va joni birgalikda amalga oshirgan katta ish mahsuli hisoblanadi. Shu ma‘noda faqat 
iste‘dodli, mehnatkash va tirishqoq odamlargina intuitiv bilishga qodir. Intuitsiya muammosi 
falsafa va tabiatshunoslik tarixida har xil, ba‘zan bir-birini istisno etuvchi yondashuvlar, nuqtai 
nazarlar va tasavvurlar bilan tavsiflanadi. Antik falsafadayoq bu muammo atrofida keskin 
bahslar bo‗lgan. Ioniya falsafasi namoyandalari intuitsiyaga bevosita bilim, sezgi a‘zolari orqali 
bilish shakli deb qaragan bo‗lsalar, eley maktabi vakillari, shuningdek, Levkipp va Demokrit 
bevosita bilim va sezgi a‘zolari orqali bilishni rad etganlar, sezgilarni soxta deb e‘lon qilganlar. 
Suqrot talqinida intuitsiya «daymoniy» yoki «predmet g‗oyasiga egalik»dir. Platon ham hissiy 
bilishni haqiqat emas deb hisoblagan.
Hissiy, empirik va nazariy bilish birligi. Ko‗p sonli ma‘lumotlar sezgi a‘zolari orqali va oqilona 
bilish nafaqat bir-biri bilan bog‗liq, balki bir-birini taqozo etishidan dalolat beradi. Inson ruhiyati 
bir-birini belgilashning ko‗p sonli zanjirlariga ega bo‗lgan murakkab tizimidir. Shu sababli, 
sezgining mazmuni nafaqat tashqi ta‘sirlantiruvchi kuch, balki tafakkur, xotira,xayolning holati 
bilan ham belgilanadi. Sezish va tafakkur mumkin bo‗lgan narsalar o‗zaro mushtarakdir.
Bilishning empirik va nazariy darajalarini farqlash mezonlari.
Nazariy va empirik narsalar va hodisalar muammosi xususida juda ko‗p metodologik adabiyotlar 
mavjud. Bilishning bu darajalarida XX asrning 30-yillarida pozitivizm ta‘limotida fan tilini tahlil 
qilish natijasida empirik va nazariy atamalar ma‘nosidagi farqlar aniqlangan. Bu farq tadqiqot 
vositalariga ham taalluqli. Biroq, bundan tashqari, tadqiqot predmetining xususiyati va uni 
o‗rganish metodlarining har xilligini e‘tiborga olib, ilmiy bilishning ikki darajasini ham farqlash 
mumkin. Bu farqlarni mufassalroq ko‗rib chiqamiz. Nazariy va empirik tadqiqot vositalarining 
o‗ziga xos xususiyatlari quyidagilarda namoyon bo‗ladi.
4. Haqiqat – bilish nazariyasining bosh kategoriyasi. U borliqning bilishdagi ideal ifodasi, chunki 
haqiqat ongdan, bilayotgan sub‘ektdan tashqarida va undan qat‘i nazar mavjuddir. Haqiqat – 
bilimlarning ob‘ektiv borliqqa muvofiq bo‗lgan mazmuni. U bilish jarayoni, bilish in‘ikosining 
natijasidir. Haqiqat ilmiy nazariyada mujassamlashgan anglab etilgan tasdiqlovchi mulohazalar 
ko‗rinishida o‗z ifodasini topadi. Har qanday ilmiy nazariya rivojlantirilishi, ba‘zan boshqa, 
yanada haqiqiyroq nazariya bilan almashtirilishi lozim. Shu ma‘noda haqiqat – bilish 
rivojlanishining yakuni va omilidir.
Falsafa tarixida haqiqat (bilimlarning haqiqiyligi) muammosi qadimgi davrlardayoq ta‘riflangan. 
«Avesto»da haqiqat oliy sharofatdir deyiladi. Darhaqiqat insoniyat doimo haqiqatga intilgan. 
Zero, haqiqat adolatga, sharofatga eltadigan buyuk qudrat. Aristotel fikricha haqiqat – 
mulohazalar va amaldagi holat o‗rtasidagi muvofiqlikdir. Platon haqiqatni g‗oyalar dunyosiga 
mos keluvchi g‗ayritabiiy mustaqil ideal mohiyat sifatida tushungan, inson bilimi jonning shu 
g‗oyalar dunyosi bilan mushtarakligi darajasidagina haqiqiydir, deb hisoblagan. Foma Akvinskiy 
haqiqat yolg‗on narsalarda emas, balki aqlda mavjud bo‗ladi, har bir narsa o‗zi bog‗liq bo‗lgan 
aqlga munosabati darajasidagina haqiqiy deb nomlanishi mumkin, deb qayd etgan.


Beruniy fikricha, haqiqat bilimning voqelikka muvofiqligidir. Forobiy fikricha, haqiqatni bilish 
aqlning kamolotiga bog‗liq. Bu aql inson qalbidadir, uning kamolotiga esa, faol aqlga qo‗shilish 
orqali erishiladi. Faol aqlda borliqning eng oliy darajasi bo‗lgan. Birinchi sababdan boshlab to 
oxirgi haqiqatning barcha surashakllari mavjud. Shuningdek, Forobiy va uning izdoshlari 
fikricha, haqiqat bir nechta bo‗lishi mumkin emas, haqiqat bitta, shu bois falsafa ham bir nechta 
bo‗lishi mumkin emas. Forobiy haqiqatning o‗zgarmasligiga ishongan va falsafani haqiqatning 
birdan bir ifodasi deb hisoblagan.
Ob‘ektiv haqiqat – bilimlarimizning inson insoniyatga bog‗liq bo‗lmagan mazmuni. Bizning 
bilimlarimizda doim yo muayyan odamga, yo muayyan ijtimoiy guruhga bog‗liq bo‗lgan unsur 
mavjud bo‗ladi. Binobarin, o‗z bilimlarimizda sub‘ektiv unsurlarga bog‗liq bo‗lmagan va shu 
sababli ob‘ektiv hisoblanadigan mazmunni qayd etishimiz lozim. Ob‘ektiv haqiqat rivojlanib, 
ikki shakl: nisbiy va mutlaq haqiqat shakllarida amal qiladi.
Mutlaq haqiqat – predmetni kelajakda to‗ldirilishi yoki unga aniqlikki ritilishi mumkin 
bo‗lmagan tarzda to‗la, mukammal bilishdir. Olam vaqt va makonda cheksizligi tufayli bunday 
bilimga amalda erishish mumkin emas. Haqiqat tushunchasini mutlaq haqiqat tushunchasi bilan 
tenglashtirib, biz unga erishib bo‗lmasligi, demak, umuman bilish mumkin emasligi haqida 
gapiramiz. Biroq fanning haqiqiy tarixi buning teskarisidan dalolat beradi: fan rivojlanadi, 
chunki u nisbiy va mutlaq bilimning birligi sifatida tushuniladigan haqiqatni bilishga qodir. 
Boshqacha aytganda, ob‘ektiv haqiqat to‗la va mukammal ko‗rinishdagi mutlaq haqiqatdir. 
Ayrim hollarda, agar haqiqat vaqt o‗tishi bilan o‗zgarmasa, ya‘ni vaqt shart-sharoitlariga bog‗liq 
bo‗lmasa, u boqiy haqiqat deb ataladi.
Nisbiy haqiqat – borliqni asosan to‗g‗ri aks ettirsa-da, obraz ob‘ektga uncha mos emasligi bilan 
ajralib turadigan bilim. Nisbiy haqiqat to‗g‗ri, biroq noto‗liq, taxminiy, vaqt va joyning muayyan 
tarixiy shart-sharoitlari bilan cheklangan haqiqatdir. Nisbiy va mutlaq haqiqat bir-biri bilan 
chambarchas bog‗liq. Nisbiy haqiqatlar bi lish taraqqiyoti jarayonida rivojlanib, o‗z chegarasi 
bo‗lgan mutlaq haqiqatga yaqin lashadi.
Isbotlash va rad etish. Fanning u yoki bu qoidasining haqiqiyligi yoki soxtaligi, aniq-ravshan 
ko‗rinib turmaydi. Faqat eng sodda mulohazalar o‗zining haqiqiyligini tasdiqlash uchun sezgi 
idrokidangina foydalanishni talab qiladi: ko‗rsatish mumkin bo‗lgan narsani isbotlashning hojati 
yo‗q. Fanning aksariyat qoidalari sezgi a‘zolari orqali bilish darajasida va boshqa haqiqatlardan 
alohida emas, balki mantiqiy tafakkur darajasida, boshqa haqiqatlarga bog‗langan holda, ya‘ni 
isbotlash yo‗li bilan haqiqiy deb qabul qilinadi. Isbotlash – ilmiy tafakkurning muhim vositasi. 
Har qanday isbotda tezis, isbotlash uchun asoslar (dalillar) va isbotlash usuli mavjud. Haqiqiyligi 
yoki soxtaligi isbotlash yo‗li bilan aniqlanayotgan qoida tezis deb ataladi. Tezisning soxtaligini 
aniqlash – rad etish deb ataladi. Isbotlashda foydalanilayotgan va isbotlanayotgan tezisning 
haqiqiyligini ko‗rsatayotgan barcha qoidalar asoslar yoki dalillar deb ataladi. Asoslar va dalillar 
ishonchli dalillar haqidagi qoidalar, ta‘riflar, aksiomalar va ilgari isbotlangan qoidalardan tashkil 
topadi.
Yolg‗on haqiqatning qarama-qarshisi. Yolg‗on odatda noto‗g‗riligi ayon bo‗lgan tasavvurlarni 
bila turib haqiqat darajasiga ko‗tarish sifatida tushuniladi. Yolg‗on kundalik va ijtimoiy hayotda 
keng tarqalgan bo‗lib, odamlar o‗zaro aloqa qiluvchi hamma joyda uchraydi; u individlar va 
ijtimoiy guruhlar manfaatlarining «uchrashuvi» yuz beradigan har qanday insoniy munosabatlar 
funksiyasidir. Gap yolg‗on mavjud yoki mavjud emasligida emas (oddiy hayot tajribasi uning 
mavjudligidan dalolat beradi), balki har bir muayyan holda uning ulushi qanchaligidadir. 
Beruniy fikricha, «Shunday kishilar bo‗ladiki, ularning tabiatiga yolg‗on xabar tarqatish 
o‗rnashib qolib, go‗yo unga shu vazifa yuklatilgandek bo‗ladi va yolg‗on xabar tarqatmasdan 
turolmaydi... Ba‘zan kishi yolg‗on xabar tarqatuvchiga taqlid qilib, bilmasdan yolg‗on xabar 
tarqatadi. Bu xabarchilar birinchi marta ataylab yolg‗on xabar tarqatgan kishi bilan eng keyin 
yolg‗on xabarni eshituvchi oralig‗ida vositachi bo‗ladilar. Yolg‗onchilik kishini adolatdan yuz 
o‗girtiradi, zulm, yolg‗on guvohlik, omonatga xiyonat qilish, boshqalar mulklarini hiyla bilan 
bosib olish, o‗g‗irlik, dunyo va xalqning buzilishiga sabab bo‗ladigan boshqa yomon xulqlarni 
kishilar yaxshi qilib ko‗rsatadilar». Beruniy insonni rostgo‗ylik qolib, yolg‗onchilik yo‗lidan 


yurmasligi, boshqalarga yaxshilik qilish, yaxshilik qilish imkoniyati bo‗lmasa, yaxshi tilaklar 
izhor qilishga chorlaydi. Rostgo‗ylik, odillik, Beruniy fikricha, yuksak ma‘naviyat, go‗zal odob 
– axloq belgisidir. Insonning individual rivojlanish jarayonida yolg‗on bolada jazodan qutulib 
qolishga harakat qilish, kattalar o‗rnagi va shu kabilar orqali shakllanadi. Keyinchalik bunga 
jamiyat kuchliroq ta‘sir ko‗rsatadi. Insonni bu tomonga itaruvchi omillar majmui orasida 
ehtiroslar, shu jumladan, muhabbat tobora kengroq o‗rin egallay boshlaydi. Muhabbat «son-
sanoqsiz yolg‗onni vujudga keltiradi. Oshiq odam o‗zining narxini oshirish uchun yolg‗on 
so‗zlaydi, o‗z raqibining obro‗sini tushirish uchun, rashk o‗tini yoqish uchun... sovib borayotgan 
muhabbat otashini qayta o‗t oldirish uchun aldaydi, nihoyat, muhabbat yo‗qolgan holda yolg‗on 
gapiradi». Yolg‗on takabburlik, irodasizlik, muvaffaqiyatga intilish, pulga, hokimiyatga o‗chlik 
va hokazolar zaminida yuzaga keladi.
Amaliyot. Bilishning negizini amaliyot tashkil etadi. Bu insonning butun bilish jarayoni 
sezgilardan boshlab ilmiy mavhumliklarga qadar ijtimoiy-amaliy faoliyat asosida rivojlanishi, 
uning ehtiyojlari va muvaffaqiyatlari bilan belgilanishi va yo‗lga solinishini anglatadi.
Amaliyotning tarkibiy qismlari: 1) maqsad; 2) maqsadga muvofiq faoliyat; 3) amaliyot 
vositalari; 4) amaliy harakat ob‘ekti; 5) harakat natijasi kabilar. Maqsad sub‘ektga yoki odamlar 
guruhiga xos. Maqsad – erishish mo‗ljallangan kelajakning sub‘ektiv obrazi. Pirovard maqsad 
muqarrar tarzda muayyan predmetlarga bog‗lanadi, deb o‗ylash yaramaydi. Insonning chegara 
bilmas intilishi bilan tavsiflanadigan ideal ham maqsad bo‗lishi mumkin. Maqsad haqidagi 
falsafiy ta‘limot – teleologiya, deb ataladi. Amaliyot o‗z maqsadlarini ko‗zlovchi odamning 
faoliyatidir. Shu sababli u maqsadga muvofiq faoliyat hisoblanadi. Bu faoliyatning o‗zi maqsad 
timsoli sifatida amal qiladi. Bu erda sub‘ekt muqarrar tarzda g‗ayri niyatni emas, balki kuchni 
tan oladigan tabiat bilan to‗qnashadi. Inson tabiatga tabiiy kuch sifatida qarshi turadi.
Maqsadga erishish uchun ishga solinadigan hamma narsa amaliyot vositasi deb ataladi. Bu 
nafaqat mashinalar, mehnat qurollari, balki odamlarning bilimlari va hayot tajribasi hamdir. 
Harakat qaratilgan narsa amaliyot ob‘ekti deb ataladi. Faoliyat mahsulotda to‗xtaydi, maqsad 
ro‗yobga chiqadi. Ro‗yobga chiqqan maqsad maqsad emas. Imkoniyat borliqqa aylanadi; amaliy 
harakat bajariladi. Amaliy harakatlar estafetasi inson amaliyoti, uning faol hayotini tashkil etadi.
Amaliyot natijasiga erishish bosqichida sub‘ekt o‗z harakatlarining samaradorligini, ularga 
yo‗ldosh bo‗lgan emotsional va oqilona jihatlarni baholash imkoniyatiga ega bo‗ladi. Amaliyot 
haqiqat mezoniga aylanadi. Amaliyot haqiqatning birdan-bir mezoni emas, biroq u haqiqatni 
baholashning bosh mezonlaridan biri sifatida tan olinadi. Inson o‗z tafakkurining haqiqiyligini, 
uning butun qudratini amaliyotda isbotlab berishi lozim. Amaliyot tarkibida har xil ahamiyatga 
ega bo‗lgan nisbatan mustaqil jihatlar mavjud bo‗lib ular falsafiy ta‘limotlar mazmunida o‗z 
aksini topadi. Kantchilar amaliyotni tahlil qilishda sub‘ektning faolligidan kelib chiqadilar. 
Markschilar amaliyot vositalarini birinchi o‗ringa qo‗yadi. Vaholanki, amaliyot yaxlit hodisa 
bo‗lib, bu erda hamma narsa o‗zaro bog‗langandir. Amaliyotni tarkibiy qismlarga ajratish va ular 
o‗rtasida subordinatsiya o‗rnatish doim ham o‗rinli bo‗lavermaydi. Dunyodagi barcha narsalar va 
hodisalar kabi amaliyot ham u yoki bu darajada rivojlangan shakllarda mavjud bo‗ladi. Nafaqat 
ijtimoiy ishlab chiqarish,balki insonning har qanday faoliyati amaliyot hisoblanadi. Masalan, 
individual tafakkur jarayoni ham amaliyotdir. Amaliyotda nafaqat ishchi va muhandis, balki 
siyosatchi, olim, xullas, har bir odam ishtirok etadi. Agar tabiiy jarayonlar inson faoliyati sohasi 
bilan bog‗liq bo‗lmasa, ular amaliyot sohasiga kirmaydi. Nazariya va amaliyot o‗rtasidagi 
tafovutni bartaraf etish lozimligi to‗g‗risida ko‗p so‗z yuritiladi, demak, nazariya amaliyotga zid 
bo‗lishi mumkin. Boshqa bir yondashuvga ko‗ra, yaxshi nazariyadan amaliyroq narsa yo‗q. 
Nazariya va amaliyot o‗rtasidagi soxta tafovutni bartaraf etish emas, balki amaliyotni 
rivojlantirish, uning samaradorligini oshirish muhim vazifadir. Samarali ish ko‗radigan sub‘ekt 
va jamiyat yaxshi amaliyotchidir. Amaliyot shakllariga kelsak, ular inson faoliyatining tarkibiga 
muvofiq ancha ko‗p. Masalan, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ma‘naviy hayot amaliyoti, san‘at va 
fan amaliyoti, til amaliyoti va hokazolar bor. Falsafa amaliyotga kategoriyalar, ya‘ni 
amaliyotning barcha shakllariga xos bo‗lgan umumiy jihatlar nuqtai nazaridan yondashadi.


5. «Metod» va «metodologiya» tushunchalari. «Metod» (yunon. «metodos» –«usul») keng 
ma‘noda yo‗l, ijodiy faoliyatning har qanday shakli kabi ma‘nolarni anglatadi. Metodologiya 
tushunchasi ikki asosiy mazmunga ega – faoliyatda qo‗llaniladigan ma‘lum usullar tizimi (fanda, 
siyosatda, san‘atda va h.k.) tizim haqidagi ta‘limot yoki metod nazariyasi.
Fan metodlari – ma‘lum fan tarmog‗iga kiruvchi yoki fanlar tutashgan joyda vujudga kelgan 
muayyan fan sohasida qo‗llaniladigan usullar tizimi. Har bir fundamental fan, mohiyat-e‘tibori 
bilan, o‗z predmetiga va o‗ziga xos tadqiqot usullariga ega bo‗lgan sohalar majmuidir. Fanda, 
ko‗p hollarda tanlangan metod tadqiqotning taqdirini hal qiladi. Aynan bir daliliy materialni turli 
metodlar asosida o‗rganish ziddiyatli xulosalarga olib kelishi mumkin. Ilmiy bilishdagi to‗g‗ri 
metodni xarakterlar ekan, F.Bekon uni, yo‗lovchining yo‗lini yorituvchi chiroq bilan qiyoslaydi. 
Noto‗g‗ri yo‗ldan bora turib, y yoki bu masalani hal qilishda muvaffaqiyatga erishishga umid 
qilish mumkin emas. 3epo, nafaqat natija, balki unga eltuvchi yo‗l ham to‗g‗ri bo‗lmog‗i lozim. 
Fan metodlarining guruhlarga bo‗linishi bir nechta asoslarga ega. Bilish jarayonida uning roli va 
o‗rni nuqtai nazaridan: formal, empirik, nazariy-tadqiqot, izohlash, shuningdek, boshqa 
metodlarga ajratish mumkin. O‗z navbatida, bilishning sifat va son, bilvosita va bevosita original 
hamda faoliyatli metodlari ham mavjud. Metodlarni tanlash va turli metodik tadqiqot faoliyatida 
qo‗llash o‗rganilayotgan hodisa tabiati va qo‗yilgan vazifalar bilan xarakterlanadi.
Xususiy ilmiy metodlar – materiya harakatining asosiy shakliga mos bo‗lgan muayyan fanda 
qo‗llaniladigan bilish usullari, tamoyillari, tadqiqot usullari va tartib-taomillari majmui. 
Mexanika, fizika, kimyo, biologiya va ijtimoiy-gumanitar fanlarning metodlari shular 
jumlasidandir. Xususiy fanlar metodlarining o‗ziga xos xususiyatlari moddiy ifodasini topgan 
bilish vositalari: mikrofizikada zarralarni tezlatgichlar, tibbiyotda a‘zolar faoliyatini qayd etuvchi 
turli o‗lchagichlar va shu kabilar hozirgi zamon metodologik tadqiqotining muhim tarkibiy qismi 
hisoblanadi.
Umumilmiy-tadqiqot metodlari falsafa bilan maxsus fanlarning fundamental nazariy-
metodologik qoidalari o‗rtasida o‗ziga xos «oraliq metodologiya» bo‗lib xizmat qiladi. 
Umumilmiy tushunchalar qatoriga ko‗pincha «axborot», «model», «tuzilma», «funksiya», 
«tizim», «element», «oqilonalik», «ehti mollik» singari tushunchalar kiritiladi. Birinchidan, bir 
qancha xususiy fanlar hamda falsafiy kategoriyalarning alohida xossa, belgi va tushunchalari 
umumilmiy tushunchalarning mazmuniga «singdirib» yuborilganligi, ikkinchidan, (falsafiy 
kategoriyalardan farqli o‗laroq) matematik nazariya va simvolik mantiq vositalari bilan ularni 
formallashtirish, ularga aniqlik kiritish mumkinligi umumilmiy tushunchalarning o‗ziga xos 
jihatlaridir. Agar falsafiy kategoriyalar umumiylikning mumkin bo‗lgan eng yuqori darajasi – 
muayyan umumiy darajani o‗zida mujassamlashtirgan bo‗lsa, umumilmiy tushunchalarga 
ko‗proq umumiy mavhum (bir xil) daraja xoski, bu ularni mavhum-formal vositalar yordamida 
ifoda etish imkonini beradi. Falsafaning asosiy masalasini (to‗la hajmda) echishda «ishtirok 
etish» sharti muayyan «tafakkur shaklini yaratish»ning «falsafiyligi», «dialektikligi» darajasini 
aniqlashning muhim mezonidir.
Umumilmiy tushuncha va konsepsiyalar asosida bilishning tegishli metodlari, tamoyillari 
ta‘riflanadi, ular esa, o‗z navbatida, falsafaning maxsus ilmiy bilim va uning metodlari bilan 
oqilona o‗zaro aloqasini ta‘minlaydi.
Fanlararo tadqiqot metodlari – asosan fan sohalari tutashgan joyda amal qiladigan 
(metodologiyaning turli darajasi elementlarini birlashtirish natijasida yuzaga kelgan) bir qancha 
sintetik va integrativ usullar majmui. Mazkur metodlar kompleks ilmiy dasturlarni amalga 
oshirishda keng qo‗llaniladi.
Falsafa metodlari. Falsafa metodlarining asoslari bevosita amaliy faoliyat bilan bog‗liq. Turli 
konkret vazifalarni hal qilishning zaruriy shartlaridan biri universal xususiyatga ega bo‗lgan 
umumiy falsafiy metodlarga murojaat qilishdir. Bu metodlar haqiqatni anglashda umumiy yo‗lni 
ko‗rsatadi. Mazkur metodlarga falsafaning qonun va kategoriyalari, kuzatish va tajriba, 
taqqoslash, analiz, sintez, induksiya, deduksiya va hokazolar taalluqli. Agar maxsus metodlar 
ob‘ektning qonuniyatlarini o‗rganishning xususiy usullari sifatida namoyon bo‗lsa, falsafiy 
metodlar shu ob‘ektlarda namoyon bo‗ladigan, alohida xususiyatlardagi harakat, taraqqiyotning 


eng umumiy qonuniyatlarini o‗rganadi. Aynan shu o‗rinda tajriba hal qiluvchi ahamiyatga ega. 
Har bir metod ob‘ektning alohida tomonini bilishga imkoniyat yaratadi. Falsafaning eng qadimgi 
keng tarqalgan metodlardan biri dialektika bo‗lsa, ikkinchisi metafizikadir. Biroq falsafa 
metodlari bular bilan cheklanmaydi. Bugungi kunda uning sofistika, eklektika, analitik, (hozirgi 
zamon analitik falsafasi), intuitiv, fenomenologik, sinergetik, germenevtik (tushunish) va boshqa 
turlari ham mavjud. Endilikda turli metodlarni birlashtirish jarayoni ham ro‗y bermoqda 
(masalan, Gadamer germenevtikani ratsional dialektika bilan birlashtirishga harakat qiladi).
«Dialektika» (yunon. «dialektike» – «bahs», «suhbat») tabiat, jamiyat va bilish taraqqiyoti 
qonuniyatlari hamda ularning asosida shakllanadigan umumiy tafakkur uslubi va amaliy faoliyat 
haqidagi ta‘limotdir. U grek tilida bahs va suhbatlashish san‘ati, degan ma‘noni anglatadi. Antik 
dunyo faylasuflari uni haqiqatga erishish yo‗li va usuli sifatida talqin etganlar. Hozirgi davrga 
kelib, dialektika olamdagi narsa va hodisalar doimo o‗zgarishda, o‗zaro aloqadorlik va 
bog‗liqlikda, taraqqiyot va rivojlanishda, deb tushunishga asoslanadi. Unga ko‗ra, olamda o‗z 
o‗rniga va joyiga, yashash vaqti va harakat yunalishiga ega bo‗lgan barcha narsalar va voqealar 
bir-birlari bilan bog‗liq va aloqador tarzda, bir-birlarini taqozo etadigan, doimiy va takrorlanib 
turadigan bog‗lanishlar orqali namoyon bo‗ladi. Falsafa tarixida dialektika to‗g‗risida xilma-xil 
qarashlar bo‗lgan. Antik davr dialektikasi sodda va stixiyali bo‗lib, asosan, hayotiy tajribaga 
asoslangan. O‗sha davrda «Dialektika» so‗zini birinchi bo‗lib, Suqrot (er.av. 469–399 y.) o‗z 
falsafiy faoliyatida qo‗llagan. Suqrot dialektikani maevtika (harflarni yaratish san‘ati) bilan 
taqqoslagan. Zotan, mulohaza qilish shunday dialektik usuldirki, uning natijasida raqib nutqidagi 
ichki ziddiyatlar ochiladi yoki fikrlash jarayonida yangi ixtilofli fikr-mulohazalar paydo bo‗ladi. 
Suqrot boshqalarni haqiqatni izlashga da‘vat etar ekan, o‗z onasi doya Fenareti ishini davom 
ettirayapman, deb izohlaydi. «Dialektika» so‗zi paydo bo‗lishiga qadar antik falsafada 
mazmuniga ko‗ra, dialektik bo‗lgan nazariyalar shakllana boshlagan. O‗tmish mutafakkirlar o‗z 
vaqtida dunyoning yagona birligi sokinlik, bu bir butunlik ichida doimiy uzluksiz o‗zgarishlar, 
yaratish jarayoni sodir bo‗luvchi koinot haqidagi fikrlarni ilgari surganlar. Ular koinotni 
o‗zgaruvchanlik va barqarorlikning ziddiyati sifatida tasavvur qilganlar. Borliqning umumiy 
o‗zgaruvchanligi bir narsaning ikkinchi narsaga – erning suvga, suvning havoga, havoning 
olovga, olovning efirga aylanishi va qayta takrorlanishi bilan xarakterlanadi, deb hisoblaganlar.
Dialektik metod yangi davrda, xususan, nemis falsafasida, ayniqsa, Kant, Fixte, Shelling va 
Gegel tomonidan yanada chuqurroq tahlil qilingan. Yangi davrning o‗ziga xoc xususiyati 
shundaki, bu davrga kelib taraqqiyotga yangicha munosabat shakllandi. Dialektik metod 
predmetlarda emas, balki munosabatlarda o‗z aksini topa boshladi. Bu cheksizlik haqidagi 
g‗oyani qayta ishlash bilan bog‗liq edi. Cheksizlik g‗oyasining yangicha talqini paradoksal 
nazariya shaklida namoyon bo‗ldi. Bu Kantning planetar tizimlarning tumanlikdan paydo 
bo‗lganligi haqidagi gipotezani yaratishi bilan bog‗liq. Bilish nazariyasida Kant ikki 
mulohazaning ziddiyatliligi antinomiyasini ochib tashlar ekan, bunda har ikkalasini etarli asosga 
ega, deb hisoblaydi. Masalan: 1. Dunyo vaqtda boshlang‗ich nuqtaga ega va vaqtda cheklidir.
2. Dunyo vaqtda boshlang‗ich nuqtaga ega emas va vaqtda cheksizdir. Kant ziddiyatlarga 
eskicha, ya‘ni inson aqlining illyuziyasi sifatida qaraydi. U bu ziddiyatlarni yangi nazariya 
yaratish jarayonida kashf qiladi, biroqundan qutilish yo‗lini ko‗rsata olmaydi. Ularga aqlning 
xatosi sifatida qarash kerakmi? Hissiy idrok qilishda xatoga yo‗l qo‗yilar ekan, aqlning 
xatoligidan shubhalanish to‗g‗rimikan? – degan savollarga javob izlagan Kant aqldagi 
ziddiyatlarni bartaraf qilish yo‗lini topadiki, aynan shu yo‗l pozitiv dialektikaning asosi bo‗ladi. 
Bunda inson aqli o‗zgaruvchanligining tarixiyligi tan olinadi, aqlning xatosi esa, tarixiy asosga 
ega bo‗lib, u taraqqiyotning cheksizligi, bilish jarayonini to‗g‗ri tushunish qobiliyatiga ega emas. 
Kant dialektika metodidan yangicha foydalanish imkoniyatini ko‗rsatdi, taraqqiyot muammosini 
yangicha qo‗yish va hal qilish zaruriyatini e‘tirof etdi. Taraqqiyotning yangi nazariyasini Kant 
sub‘ekt aqlining dialektik xarakteri bilan bog‗laydi va sub‘ektiv dialektikani asoslab beradi. 
Dialektika taraqqiyotining keyingi imkoniyatlari Gegel falsafasida o‗zifodasini topdi. Gegel 
dialektikani falsafa taraqqiyotining umumiy nazariyasi sifatida asoslab bergan. Ma‘lumki, o‗rta 
acp ratsionalizmi tajribaning ahamiyatini va nazariyaning empirik paydo bo‗lishini tan olishi 


bilan xarakterlangan. Gegel fikrlari boshqacha xarakterga ega. U, falsafa o‗z xususiyatlarini 
asoslovchi metodga ega bo‗lmas ekan, fan bo‗la olmaydi, deb hisoblaydi. Gegel dialektik 
metodni mukammallashtirish mumkinligini va u yagona haqiqiy metodligini ta‘kidlaydi. Falsafa 
metodi tabiat va ruh taraqqiyotini ifodalovchi fikr harakatiga adekvat bo‗lishi lozim. Gegel o‗z 
metodida shunday adekvatlikka erishilganligiga ishonadi.
«Metafizika» (yunon. «fizikadan keyin») – dialektika kabi universal metoddir. Bu so‗z ilmiy 
muomalaga eramizdan avvalgi I asrda Aristotelning shogirdi, uning she‘rlari sharhlovchisi 
Rodosskiy tomonidan kiritildi. Mutafakkir asarlarini bir tizimga solar ekan, u borliq va bilish 
haqidagi umumiy masalalarni fizikadan so‗ng «birinchi falsafa»ning (mohiyat, sabab va boshqa) 
ikkinchi falsafadan farqli xususiy-ilmiy bilimlarni o‗rganadigan qismi sifatida talqin qilgan. 
Ko‗p hollarda, dialektikaga qarama-qarshi deb talqin etiladigan metafizika olamdagi narsa va 
hodisalarni o‗rganishda, ularning muayyan vaqt davomida nisbatan o‗zgarmasdan, alohida 
turgan holatiga diqqatni ko‗proq qaratadigan usuldir. Bu usul qo‗llanganida, olamning namoyon 
bo‗lish shakllari hamda ular bilan bog‗liq bo‗lgan jarayonlarning alohida qismi yoki holatiga 
asosiy e‘tibor beriladi. Voqea, hodisa va jarayonlarni doimiy o‗zgarish holatida o‗rganish 
nihoyatda qiyin bo‗lganligidan, nafaqat faylasuflar, balki barcha fan mutaxassislari uning 
nisbatan tinch va o‗zgarmay turgan holatini o‗rganadilar, tadqiq etadilar.
Aslini olganda, olam garchand dialektik o‗zgarish va harakatda bo‗lsada, bu jarayon doim ham 
nihoyatda tez sodir bo‗lavermaydi. Biz esa, dunyodagi narsa, hodisa va odamlarga shunchalik 
metafizik tarzda o‗rganib qolganmizki, go‗yo kechadan bugunning farqi yo‗qdek, kecha ko‗rgan 
kishiga bugun duch kelganimizda, unda hech qanday o‗zgarishlar bo‗lmaganday tuyuladi. Shu 
ma‘noda, hayotda ko‗p hollarda metafizik usulda fikr yuritamiz, nimalargadir ana shunday 
munosabatda bo‗lamiz. Aclida esa, ular ham azaliy o‗zgarishlar jarayoniga tushgan narsa va 
kishilar ekanligini juda kamdan-kam hollarda o‗ylab ko‗ramiz. Xuddi shunday, bizning umrimiz 
ham kechadan ertaga qarab oqib turadigan dialektik jarayondir. Biz ham ana shunday o‗zgarib 
boramiz, ammo ko‗p hollarda bunga unchalik ko‗p e‘tibor berilavermaydi. SHu tariqa maktabni 
tugatib qo‗yganimizni, ulg‗ayganimizni, bolalikning ortda qolganini go‗yoki bilmay qolamiz... 
Alohida ta‘kidlash lozimki, metafizik usulning hayotda, ilmiy izlanishlar va falsafiy 
tadqiqotlarda ham o‗z o‗rni bor. Bizda haligacha metafizikaning tushunchalari, kategoriyalari, 
tamoyillari va ilmiy mohiyati izohlangan yoxud tadqiq etilgan asarlar, tadqiqotlar yo‗q. 
Qolaversa, uni dialektika bilan butunlay qarshi qilib qo‗yish va bu farqni mutlaq ziddiyat 
darajasiga ko‗tarish ham maqsadga muvofiq emas. Aynan ana shunday yondashuv sobiq 
Ittifoqda dialektikani mutlaqlashtirishga, metafizikani esa quruq va o‗lik ta‘limot sifatida 
qarashga, uning imkoniyatlaridan foydalanilmasligiga sabab bo‗ldi.
Hozirgi davr fanida metafizika uch asosiy ma‘noga ega:
1. Falsafa umumiy hodisalar haqidagi fandir. Bu ta‘limotning asoschisi Aristotel bo‗lib, u 
«narsaning birinchi turi» haqidagi ta‘limotdir. Bu ma‘noda, «metafizika» tushunchasini XX 
asrning yirik nemis faylasufi M.Xaydegger ham o‗rganadi. Uningcha, bu kategoriya bilishning 
ob‘ekti va sub‘ektini bir vaqtda ifodalovchi tushunchadirham o‗rganadi. Uningcha, bu kategoriya 
bilishning ob‘ekti va sub‘ektini bir ifodalovchi tushunchadir.
2. Maxcyc falsafiy fan ontologiya, umuman, borliq haqidagi ta‘limot bo‗lib, nazariya bilish 
mantig‗i va uning xususiy ko‗rinishlaridan mustasnodir. SHu ma‘noda, bu tushuncha G‗arb 
falsafasida o‗tmishda ham (Dekart, Leybnits, Spinoza va h.k.), hozirda ham keng qo‗llaniladi.
3. U bilish (tafakkur) va harakatni falsafiy tushunish ma‘nosida dialektikaga qarama-qarshi 
qo‗yiladi. Bunda shu ma‘nodagi tushuncha, ya‘ni antidialektika haqida so‗z boradi. Uning eng 
asosiy xususiyatlaridan biri bir tomonlamalik bilish jarayonining faqat bir qismini 
mutlaqlashtirishdir. Falsafa tarixida metafizika (dialektika kabi) hech qachon o‗zgarmasdan 
qolmagan. U turli tarixiy shakllarda namoyon bo‗lgan.
Bilimning metafizik usullari turlicha bo‗lib, idealizm, sensualizm, ratsionalizm, empirizm, 
dogmatizm, relyativizm va boshka shakllarda namoyon bo‗lib, bilimning alohida shakllari 
natijalarini mutlaqlashtirish jarayonida paydo bo‗ladi.


Sofistika. Sofistika falsafiy metodlar jumlasidan bo‗lib, Qadimgi Yunonistonda, miloddan 
avvalgi V va IV asrning birinchi yarmida ijtimoiy-siyosiy hayotda xususiy bir yo‗nalish sifatida 
paydo bo‗lgan. Sofistika namoyandalari: Protagor, Gorgiy, Gippiy, Antifont va boshqalardir. 
Sofistikaning paydo bo‗lishi, antik Yunonistonda iqtisodiy taraqqiyotga bo‗lgan ehtiyoj bilan 
bog‗liq. Bu oila urug‗ an‘analaridagi turg‗unlikni bartaraf qilish, yangi ijtimoiy-siyosiy 
o‗zgarishlarga ehtiyoj davri edi. Sofistikaning inqirozi eramizdan avval IV acp o‗rtalarida 
boshlandi. Eramizning II asrida klassik yunon sofistlarining g‗oya va uslublarini qayta ishlashga 
intiluvchi yangi oqim paydo bo‗ldi.
Sofistika mavjud nazariya va ma‘lumotlarni saqlashga intiladi. U, yangi fikr eski fikrning bir 
qismi ekanligini asoslashga yoki mantiq qonunini tuzib, mavjud bilimlar tizimini barcha 
ziddiyatlardan tozalashga harakat qiladi. Bu metoddan semantik va mantiqiy qonunlarda istalgan 
isbotlash uchun foydalaniladi. Ko‗pgina darslik va qo‗llanmalarda bu ibora yunon tilidagi 
«sopism» so‗zi asosida, ya‘ni ataylab xilma-xil ma‘noga ega bo‗lgan tushunchalarni ishlatish 
orqali kerakli, ammo haqiqatga to‗g‗ri kelmaydigan, ko‗chma ma‘nomazmunga erishish usuli, 
deb ta‘kidlanadi. Bu usul qo‗llanilganda fikrning mazmuni ko‗chma ma‘noda bayon qilinadi
ya‘ni «Qizim, senga aytaman, kelinim, sen eshit», deganga o‗xshash holat nazarda tutiladi. U, 
nafaqat, Qadimgi Yunoniston, balki o‗rta asrlarda Yevropada ham keng tarqalgan. Agar bu usul 
yolg‗on xulosalarga olib kelsa, nega o‗z davrining ko‗pgina dono kishilari undan foydalanganlar, 
degan savol tug‗ilishi mumkin. Ma‘lumki, insoniyat tarixida hurfikrlilik va ijtimoiy-siyosiy 
jarayonlarga munosabatni to‗g‗ri ifodalashning iloji qolmagan zamonlar ko‗p bo‗lgan. Bunday 
holni inkvizitsiya hukmron bo‗lgan o‗rta asrlar Yevropasiga ham tatbiq etish mumkin. O‗sha 
davrda ham ko‗pgina ziyolilarning ana shu usulga suyanmasdan iloji yuq edi. Umuman olganda, 
falsafada «do‗ppi tor kelib qolgan» ana shunday zamonlarda fikrni Gulxaniyning mashhur 
«Zarbulmasal» asari kabi ifodalash hollari uchrab turadi. Buni o‗rta asrlar Yevropasiga nisbatan 
olsak, unda Servantesning «Don Kixot» asari nima sababdan shunday yozilganligi, uning bosh 
qahramoni esa nima uchun shamol tegirmonlariga qarshi jang qilganligi va bu lavhalar zamirida 
qanday botiniy mazmun yashiringani aniq bo‗ladi Eklektika. Eklektika hech qanday bilim 
faoliyati bilan bog‗lanmagan, bir-biriga zid dalillarga asoslanadi va olamni buzib yolg‗on aks 
ettiradi. U bilim tizimi rivojidagi yo‗nalish, u hech qanday yagona nazariy asosga ega emas va 
ba‘zida 
ob‘ektni 
o‗rganishning 
ziddiyatli 
jihatlarini 
xarakterlovchi 
bilim 
elementlaridir.Metodologik usul sifatida eklektika birinchi marta qadimgi yunon falsafasida 
paydo bo‗ldi va iqtiboslarga asoslangan o‗rta acp sxolastik bahslarida, yangi davr XV–VIII asrlar 
falsafiy bahslarida keng foydalanildi. U hozirgi davrda ham reklama va tashviqotda, ommaviy 
kommunikatsiya tizimida qo‗llanilib, inson psixikasidagi an‘analar, ko‗nikmalar, intilishlarni 
bo‗rttiradi. Bunday usulning bema‘niligini Suqrot va Aristoteldan boshlab, hozirgi davr 
mutafakkirlarigacha tanqid qiladilar. Ammo bu undan foydalanilmaslikni anglatmaydi. Eklektika 
olam, narsa va hodisalarning bir butunligini, umumiy asoslarini parchalab tashlash uslubiga 
tayanadi.
Sinergetika. Hozirgi zamon fanida sinergetika metodi keng qo‗llanilmokda.Sinergetika so‗zi 
yunoncha («sinergena») bo‗lib, kelishuv, hamkorlik, o‗zaro ta‘sir kabi ma‘nolarni anglatadi. 
German Xakenning fikricha, sinergetika ko‗p qismlardan iborat bo‗lgan, o‗zaro murakkab 
aloqadorlikdagi komponentlar tizimini o‗rganadi. Xaken fikricha, sinergetika hamkorliqdagi 
harakat bo‗lib, butunning tizim sifatida aks etuvchi qismlarining kelishilgan faoliyati ma‘nosida 
talqin qilinadi. Xullas, sinergetika – olamning o‗z-o‗zini tashkil etishi, makon va vaqtda narsa va 
voqealarning azaliy ketma-ketligi, o‗zaro aloqadorligi, ularning muayyan tizimlardan iborat 
sababiy bog‗lanishlar asosida mavjudligini e‘tirof etishga asoslangan ilmiy qarashlar majmuidir. 
Bu ta‘limotni dialektika asosida shakllangan va uni to‗ldiradigan ilmiy qarashlar majmuasi, 
deydiganlar ham bor. Ularga qarshi o‗laroq, dialektika endi kerak emas, uni sinergetika bilan 
almashtirish lozim, deb hisoblovchilar ham yo‗q emas. Sinergetikada bifurkatsiya, fluktuatsiya, 
tartibsizlik, dissipatsiya, g‗alatiat traktorlar, chiziqsizlik singari tushunchalar mashhur. Ulardan 
tizimlar barcha turlarining, jumladan, old organizmik, organizmik, ijtimoiy, etnik, ma‘naviy va 
boshqa tizimlarning xulq-atvorini tushuntirish uchun foydalaniladi.


Bifurkatsiya ikkilanish nuqtalarining mavjudligini hamda rivojlanish davomining har xilligini 
nazarda tutadi. (Masalan, bitta oila negizida yangi oila paydo bo‗ladi va yangi oila o‗zining 
rivojlanish tamoyillariga ega bo‗ladi). Ularning faoliyati natijalarini oldindan bashorat qilish 
qiyin. I.Prigojinning fikriga ko‗ra, bifurkatsiya jarayonlari tizimning murakkablashuvidan dalolat 
beradi. N.Moiseevning fikricha, «ijtimoiy tizimning har bir holati bifurkatsiya holatidir».
Kumatoid – suzayotgan ob‘ektni anglatadi va ob‘ektlarning tizimli xususiyatini aks ettiradi. U 
vujudga kelishi, hosil bo‗lishi, shuningdek, yo‗qolishi,parchalanishi mumkin. U o‗zining barcha 
elementlarini birvarakay emas, balki o‗ziga xos «hissiy-o‗ta hissiy» tarzda namoyon etadi. 
Masalan, tizimli ob‘ekt – o‗zbek xalqini ma‘lum vaqt, makon bo‗lagida ifoda etish va 
mahalliylashtirish mumkin emas. Boshqacha qilib aytganda, ob‘ektni yaxlit ifoda etish uchun 
o‗zbek xalqining barcha vakillarini yig‗ish mumkin emas. Shu bilan birga, mazkur ob‘ekt soxta 
emas, realdir. Uni kuzatish, o‗rganish mumkin. U butun sivilizatsion tarixiy jarayonning 
yo‗nalishini ko‗p jihatdan belgilab beradi. Yana bir misol – talabalar guruhi. U dam paydo 
bo‗ladigan, dam ko‗zdan yo‗qoladigan suzuvchi ob‘ekt sifatida o‗zaro aloqalarning deyarli 
barcha tizimlarida namoyon bo‗ladi. Masalan, o‗quv mashg‗ulotlari tugaganidan keyin guruh 
yaxlit ob‘ekt sifatida mavjud bo‗lmaydi, ammo institutsiyaviy belgilangan ma‘lum vaziyatlar 
(guruh raqami, talabalar soni, guruh tuzilishi, umumiy xususiyatlari)da u ob‘ekt sifatida 
namoyon bo‗ladi va o‗z-o‗zini identifikatsiya qiladi. Bundan tashqari,mazkur kumatoid guruh 
a‘zolari o‗rtasidagi do‗stlik, raqobat va boshqa munosabatlar bilan ham qo‗llab-quvvatlanadi.
Xulosalar. Shunday qilib, metodologiya muayyan bir, hatto, «eng muhim metod»ga ham bog‗liq 
bo‗lmaydi. «Olim hech qachon faqat bitta ta‘limotga tayanib qolmasligi, hech qachon o‗z 
tafakkur metodlarini faqat bitta falsafa bilan cheklab qo‗ymasligi kerak». Metodologiya alohida 
metodlarning oddiy yig‗indisi, ularning «mexanik birligi» ham emas. Metodologiya – turli 
darajadagi usul va tamoyillarning faoliyat sohalari, yo‗nalishlari, evristik, imkoniyatlar, 
mazmunlar, tuzilmalar va hokazolarning murakkab, yaxlit hamda muvofiqlashtirilgan tizimi.
Ilmiy bilishda turli darajalarda, faoliyat sohalarida va yo‗nalishlarda turli-tuman metodlarning 
murakkab, dinamik va muvofiqlashtirilgan tizimi faoliyat ko‗rsatadi. Mazkur metodlar har doim 
tadqiqotning muayyan shartlari va predmetidan kelib chiqib amalga oshiriladi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin