Bilish nazariyasi



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix18.04.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#100187
1   2   3   4   5   6   7
O‘zaro aloqa. Real voqelikda har bir muayyan ob‘ekt ko‗p sonli sababiy zanjirlarning murakkab 
«tuguni» hisoblanadi. U boshqa ob‘ektlardan ta‘sirlanish bilan bir vaqtda o‗zi ham ularga aks 
(reaktiv) ta‘sir ko‗rsatadi. «Tashqi» va «ichki» sababiy zanjirlar unda uyg‗unlashadi, kesishadi 
va tarmoqlanadi. Ular bir-biri bilan o‗zaro aloqaga kirishadi va bu o‗zaro aloqa ob‘ektda yuz 
beruvchi barcha jarayonlarning negiziga aylanadi. Ob‘ektni bilish uchun pirovard natijada unda 
vujudga kelgan sababiy aloqalar «tuguni»ni echish talab etiladi. Barcha hodisalar mohiyatiga 
izohni o‗zaro aloqadan izlash kerak. U hodisalarning barcha xossalari va xususiyatlarini 
belgilaydi, amalda mavjud bo‗lgan barcha imkoniyatlar, tasodiflar vazaruriyatlarning 
manbalarini o‗zida mujassamlashtiradi. O‗zaro aloqani tushunish umuman ob‘ektni tushunish 
demakdir. Ammo har qanday ob‘ekt boshqa ob‘ektlar bilan o‗zaro aloqa qilgani bois,uning 
barcha o‗zaro aloqalarini bilish uchun undan boshqa ob‘ektlarni o‗rganishga,ulardan – uchinchi 
ob‘ektlarga o‗tishga to‗g‗ri keladi va hokazo. Ayrim ob‘ektning tabiatini belgilovchi o‗zaro 
aloqani bilish jarayoni cheksizdir. Paskal ta‘biri bilan aytganda, to‗g‗nag‗ich kallagini bilish 
uchun butun Olamni bilish talab etiladi.
Aloqa uchun asos. Aloqa, aloqa uchun asos va aloqa shart-sharoitlari tushunchalarini farqlash 
lozim. Aloqa yuzaga kelishiga imkoniyat yaratuvchi ayrim xossa, belgi yoki munosabat aloqa 
uchun asos bo‗ladi. Asosning mavjudligi aloqa o‗rnatish uchun zarur, lekin etarli emas, chunki 
uning o‗rnatilishi doim emas, balki muayyan sharoitdagina yuz beradi. Shart-sharoitlar – bu 
avvalo predmet mavjud bo‗lgan muhitdir. U aloqa o‗rnatish uchun qulay yoki noqulay bo‗lishi 
mumkin. Shart-sharoitlar o‗z holicha aloqa o‗rnatish omili bo‗lishi mumkin emas, ular faqat 
aloqa yuzaga kelishiga ko‗maklashadi yoki monelik qiladi.
Narsalar o‗rtasida aloqa biron-bir muayyan asosga ko‗ra yuzaga keladi. Umumiy asos ayrim 
umumiy asosga ega bo‗lgan turli ob‘ektlar o‗rtasida umumiy aloqa yo‗lini ham vujudga keltiradi. 
Masalan, muayyan manfaat guruhlari o‗z manfaatlarini himoya qilish uchun siyosiy guruhlarga 
birlashadilar, mamlakatdagi siyosiy muhitga kuchli ta‘sir ko‗rsatadilar. Ammo boshqa, masalan, 
etnik, diniy va boshqa asoslarga ko‗ra ular o‗zaro bog‗liq bo‗lmasligi ham mumkin. Shunday 
qilib, mazkur misolda aloqa yo‗li aloqa yuzaga kelishi uchun asos, boshqa belgilar – buning 
shartlaridir. O‗zaro aloqa umumiy xususiyat kasb etadi, u butun borliqqa xosdir. Shu sababli 
aloqa tushunchasi dialektikada eng umumiy tushunchalardan biri hisoblanadi. Boshqa barcha 
kategoriyalar o‗zaro aloqaning muayyan turlari bilan tavsiflanadi.
Munosabat. Aloqa tushunchasi o‗zaro aloqa, harakat, munosabat tushunchalari orqali yoritiladi. 
«Hozirgi zamon falsafa lug‗ati»da1 munosabat tushunchasi «narsalarning o‗zaro mavjudlik 
usuli, ularda yashirin xossalarning namoyon bo‗lish omili» sifatida ta‘riflangan. Bu ta‘rifda 
munosabatni tavsiflovchi quyidagi jihatlar farqlanadi: birinchidan, narsalarning o‗zaro 
mavjudligi, yaqinlashuvi, birlashuvi. Ikkinchidan, munosabat narsaning xossalarini namoyon 
etish, ya‘ni harakatga keltirish usuli sifatida amal qiladi. Uchinchidan, narsalarning birlashuvi 
sifatidagi munosabat ta‘sirida kooperativ effekt, ya‘ni narsalar holatlarining bir-birini 
o‗zgartirishi yuz beradi. Bunda munosabat yuzaga kelgunga qadar yashirin holda mavjud 
bo‗lgan narsalarning xossalari bir- biriga o‗tadi va namoyon bo‗ladi. Xullas, munosabat, bir 


tomondan, narsalarning o‗zaro aloqasini, boshqa tomondan esa – ularning alohida-alohida 
mavjudligini nazarda tutadi.
O‗zaro ta‘sir narsalarning o‗zaro aloqadorligini, ular bir-biriga ta‘sir ko‗rsatishi va bir-birini 
o‗zgartirishini anglatadi. Ammo o‗zgarish – harakat falsafiy tushunchasining sinonimidir. 
Binobarin, umumiy aloqaning tan olinishi bizni muqarrar tarzda borliqning o‗zgaruvchanligi 
umumiy xususiyatini tan olishga olib keladi. Umuman o‗zgarish sifatida tushuniladigan harakat 
butun olamni qamrab oladi, dunyoda hamma narsa muayyan paytda vujudga keladi, tadrijiy 
rivojlanadi, o‗zgaradi va g‗oyib bo‗ladi (o‗ladi, halok bo‗ladi, barham topadi). Demak, har 
qanday hodisa o‗z tarixiga ega. Ayni shu sababli tabiat va jamiyat hodisalarini o‗rganishga 
nisbatan tarixiy yondashuv zarur. O‗zgarishlar o‗z xususiyati va yo‗nalishiga ko‗ra tartibsiz 
o‗zgarishlar, aylanma harakatlar, jismlarning makonda bir joydan boshqa joyga mexanik 
ko‗chishida namoyon bo‗lishi mumkin. Rivojlanish o‗zgarishning alohida tipi hisoblanadi. 
Dialektika kategoriyalari umumiy aloqalarning o‗zgarish va rivojlanish manbai sifatidagi 
tavsifini to‗ldiradi, harakatlanayotgan, tadrijiy rivojlanayotgan dunyoning keng manzarasini 
yaratish imkonini beradi. Biron-bir aloqalar va o‗zaro ta‘sirlarsiz mavjud bo‗lishi mumkin 
bo‗lgan ob‘ektlar amalda mavjud emas. Dialektikaning muhimbelgilaridan biri va umumiy aloqa 
tamoyilining mazmuni aynan ob‘ektlarning har tomonlama o‗zaro aloqalari va o‗zaro ta‘sirlarini 
hisobga olishdan iborat.
3. Qonun va uning tasnifi. Rivojlanishning umumiy qonunlari. Hodisalarni tavsiflashdan 
ularning mohiyatini anglab etishga o‗tish hodisalarda umumiy jihatlarni topishni talab etadi. 
Bunda vazifa turli hodisalar o‗rtasida umumiy jihatlarni topishdangina iborat emas. Hodisalarni 
birlashtiruvchi va ularning birligini belgilovchi asosni tushunib etish zarur. Bu asos – hodisalarni 
«biriktiruvchi» va ularni bir-biriga yo‗ldosh bo‗lish, uyg‗unlashish va muvofiqlashishga majbur 
qiluvchi amalda mavjud bo‗lgan barqaror aloqani aks ettiruvchi qonundir. Qonunlarni bilishga 
hodisalarni ilmiy o‗rganish natijasida erishiladi.Odatda, bu olimlarning tafakkurdan uzoq zahmat 
chekishni talab etuvchi juda og‗ir ishdir. Voqelikning biron-bir qonunini aniqlash uchun olim 
o‗rganilayotgan hodisalar haqidagi dastlabki ma‘lumotlarning ko‗p sonli to‗plamlariga 
tayanishiga to‗g‗ri ke la di. Bu ma‘lumotlar shunday tartibga solinishi va umumlashtirilishi 
lozimki, ho di salarning mazkur sohasi asosiy elementlar va munosabatlarni farqlash imkonini 
beradigan tizim sifatida namoyon bo‗lsin.
4. Falsafa qonunlari tabiat va jamiyatda insonning ongiga bog‗liq bo‗lmagan holda mavjud 
bo‗lgan biri ikkinchisini taqozo qiluvchi qonunlardir. Falsafa qonunlari tizimida dialektik 
ziddiyatlilik qonuni markaziy o‗rinni egallaydi. Qonunning muhim jihatlarini aniqlash uchun 
uning asosiy kategoriyalarini ko‗rib chiqish kerak. Tahlilni qarama-qarshilik tushunchasidan 
boshlaymiz.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin