Sofistika. Sofistik tafakkur usuli dastlab qadimgi yunon falsafasida paydo bo‗lib, o‗rta asrlarda,
ayniqsa keng tarqaladi va rivojlanadi.
Qadimgi davr yunon falsafasida biron-bir xunarni yoki biron bir bilim sohasini mukammal
egallagan kishilar sofistlar, deb atalgan bo‗lsa, keyinchalik o‗rta asrlarga kelib, notiqlik,
donishmandlik, bilimdonlik bilan nom chiqargan kishilar ham, turli omonim so‗zlar asosiga
ko‗rilgan turli fikrlar bilan kishilarning boshini qotiradigan, ustamonlik bilan ular fikrlarini
chalg‗itadigan kishilar ham sofistlar, deb atala boshlanadi.
Sofistik tafakkur usuli yoki sofistika muhokama jarayonida bilib turib, ataylab yolg‗on
asoslardan yolg‗on xulosalar chiqarish asosida fikr yuritish usulidir. Shu sababli sofistikani
Forobiy «yolg‗ondakam donolik» deb, izohlaydi. Uning fikricha, sofistik tafakkur usuli bilan fikr
yurituvchi kishi o‗rganilishi lozim bo‗lgan narsalarni o‗rganishda aqlni to‗g‗ri yo‗ldan
chalkashtiradi va yolg‗onni rost shaklda tasavvur qilishga majbur qilib, kishini to‗g‗ri
fikrlashdan adashtiradi.
Sofistika ijtimoiy ildizlarga ega. Sofistik tafakkur usuli haqiqatni ataylab buzib, yolg‗on fikrni
haqiqat sifatida ko‗rsatishga asoslanadi. Bu narsa doimo ma‘lum manfaatdan kelib chiqib
qilinadi. Bunga odatda formal mantiq qonunlarining talablaridan kelib chiqib yondashish ham
imkon tug‗diradi. Sofistik tafakkur usulida kishi rasmiy formal ta‘riflar bilan cheklanadi va shu
asosda fikr yuritadi. Lekin sofistik tafakkur usulini ham faqat salbiy jihatdan qarash to‗g‗ri emas.
Sababi: sofistik tafakkur usuli ilmiy bilishda, haqiqatni aniqlashda salbiy rol o‗ynasa ham, biroq
u san‘atda, har xil komik vaziyatni yaratishda, badiiy tasvirda ijobiy rol o‗ynaydi. Sofistik
tafakkur usuli ham inson tafakkurining bir qirrasi, bir tomoni sifatida tafakkurning rivojlanishida
muhim rol o‗ynaydi. Dialektik tafakkurning qaror topishida sofistik tafakkurning o‗ziga xos
muhim o‗rni ham bor. Forobiy yozganidek, mantiq qonunlariga qatiy bo‗ysuniladigan fikr
jarayoni sofistik tafakkur usulidan kishini xalos qiladi. Fikrning mantiqiy bo‗lishi uchun u formal
mantiq qonunlaridan dialektik mantiq qonunlari darajasiga ko‗tarilishi lozim.
Eklektika. Dialektik tafakkur usuliga muqobil bo‗lgan tafakkur usullaridan yana biri bu
eklektikadir. Eklektik tafakkur usuli ham dastlab qadimgi yunon falsafasida yuzaga keladi.
Eklektik tafakkur usuli, ayniqsa, O‗rta asr falsafasi va yangi zamon falsafasi sxolastiklari
qarashlarida keng qo‗llaniladi. Eklektik tafakkur usulida narsa va hodisalarning muhim va
nomuhim, asosiy va asosiy bo‗lmagan xususiyatlari, ular o‗rtasidagi bog‗lanishlar mexanik
ravishda birlashtirilib, qorishtirilib ifodalanadi. Narsa va hodisalarga, ularning bog‗lanishlariga
konkret (aniq), muayyan makon va zamonda, muayyan vaziyat va shart-sharoitda
yondashmaslik, ulardagi asosiy va ikkinchi darajali tomonlarni hisobga olmaslik asosida eklektik
tafakkur usuli paydo bo‗ladi. Eklektik tafakkur usuli, ayniqsa, rahbarlikda rahbarning amaliy va
nazariy faoliyatida, uning turmush ilgari surayotgan masalalarni to‗g‗ri hal qilishiga katta xalaqit
beradi. U bunda narsa va hodisalarni, ularni tug‗dirgan hayotiy muammolarning qaysi biri
muhim, qaysi birini birinchi navbatda hal qilishni bilmaydi, u voqealar zanjiridagi asosiy
xalqalarni asosiy bo‗lmaganlardan ajrata olmaydi. Eklektik tafakkur usuli turli sohalarda turlicha
ko‗rinishlarda namoyon bo‗ladi. Eklektik tafakkur usuli asosida ham formal mantiq qonunlaridan
noto‗g‗ri foydalanish, narsa va hodisalar mohiyatiga yuzaki yondashish yotadi. Natijada,
dogmatik tafakkur qaror topadi. Dogmatika. Dogmatik tafakkur falsafadagi amaliyot va fanning
yangi ma‘lumotlarini hisobga olmay, konkret makon va zamon bilan bog‗liq bo‗lmagan,
o‗zgarmas tushunchalar va qoidalar bilan ish ko‗ruvchi tafakkur usulidir. Dogmatik tafakkurning
asosini metafizika tashkil qilib, u dastlab sofistik tafakkur usuliga qarama-qarshi o‗laroq,
vujudga keladi. Dogmatik tafakkurning paydo bo‗lishi tarixan metafizik usulning qaror topishi
va rivojlanib borishi bilan bog‗liqdir. Dastlab tabiatshunoslik fanlari sohasida tabiatni tekshirish
usuli sifatida paydo bo‗lgan metafizika «tabiatdagi buyumlar va jarayonlarni bir-biridan
ajratilgan holda, ular o‗rtasidagi umumiy bog‗lanishdan tashqarida tekshirishga va shuning
natijasida, ularni harakat holatida emas, balki harakatsiz holatida - muhim darajada o‗zgaradigan
narsa sifatida emas, balki o‗lik narsalar sifatida tekshirishga» kishilarni odatlantirib qo‗ya
boshlaydi. Bunday tekshirish va tushunish bora-bora o‗ziga xos dogmatik tafakkur usulini
vujudga keltiradi.
Metafizik-dogmatik fikr qiluvchi kishi nazarida, buyumlar va ularning fikrdagi in‘ikoslari, ya‘ni
tushunchalar bir-biridan keyin va bir-biriga bog‗liq bo‗lmagan holda tekshirilishi lozim bo‗lgan
ayrim-ayrim, o‗zgarmas, qotib qolgan, hamisha bir zaylda turadigan narsalardir. Uning nazarida,
buyum yo mavjuddir, yoki mavjud emasdir va xuddi shuningdek, bir narsa ayni zamonda shu
buyumning o‗zi va yana boshqacha bo‗la olmaydi. Musbat narsa bilan manfiy narsa bir-birini
mutlaqo istisno qiladi... Bu tafakkur usuli, daf‘atan qaraganda, bizga tamomila maqbul bo‗lib
ko‗rinadi.
O‗rta asr falsafasida metafizika teologiyaning falsafiy asosi qilib olinishi bilan diniy aqidalarga
ishonish talablari kuchayadi. Bu o‗z navbatida dogmatik tafakkurning yanada keng tarqalishiga
sabab bo‗ladi. Faqat dialektikaning paydo bo‗lishi bilan, metafizik tafakkurning ilmiy jihatdan
asossizligi ma‘lum bo‗lgandan keyingina, dogmatik tafakkur o‗zining falsafiy asosidan mahrum
bo‗ladi. Lekin dogmatik tafakkur hozir ham mavjud. Dogmatik tafakkurning mavjudligi, avvalo,
inson o‗z bilish jarayonida ba‘zan bilishning biron bir tomoni yoki biron holatini noo‗rin
mutlaqlashtirishi bilan chambarchas bog‗liqdir. Shu bilan birga, dogmatik tafakkurning
mavjudligi hozirgi zamon falsafasida olamning o‗zgaruvchanligi va rivojlanishi g‗oyasini inkor
etuvchi antidialektik (ya‘ni metafizik) konsepsiyalarning mavjudligi bilan hamda dialektikani
bilmaslik yoki tushunmaslik bilan ham bog‗liqdir.
Dogmatik tafakkur, ayniqsa, siyosatda juda xavflidir, u bunda sektantlikka, sub‘ektivizmga,
amaliyotdan uzilishga, ijodiy jarayonlarni to‗xtatishga, ijodiy g‗oyalar, nazariya va
ta‘limotlardan voz kechishga, hamma sohada sodir bo‗ladigan yangiliklarni o‗z vaqtida
payqamaslikka, istiqbolni oldindan ko‗rishga to‗sqinlik qiladi. Dogmatik tafakkurga ega kishilar,
ayniqsa, rahbarlik sohalarida jamiyatga juda katta zarar keltiradilar, ular jahon (jamiyat)
taraqqiyotining o‗zgargan sharoitlarini hisobga olmasdan, o‗zlari ko‗nikkan vaziyatga muvofiq
eski qarashlarga qattiq yopishib olib, ish tutadilar va fikr yuritadilar. Buni biz O‗zbekistonning
o‗z mustaqil taraqqiyotini boshlab yangicha rivojlanish yo‗liga o‗tgan davrda ba‘zi o‗rta bo‗g‗in
rahbar kishilar faoliyatlarida yaqqol uchratdik. Umuman, dogmatik tafakkurning hamma xildagi
ko‗rinishlariga qarshi kurash olib borib, dialektik tafakkurni hamma sohada keng qaror toptirish
lozim. Faqat dialektik tafakkurgina ijtimoiy taraqqiyotning tarixiy ehtiyojlarini, eski shakllarning
yangi rivojlangan mazmunga muvofiq kelmasligini, insoniyatning taraqqiyotini ta‘minlovchi
yangi shakl va mazmunga o‗tishning zarurligini to‗g‗ri hisobga olishga yordam beradi. Hozirgi
kunda shakllanayotgan sinergetika ham dialektika muammolariga yangicha yondoshish
kerakligini ko‗rsatmoqda. Dialektika o‗z mohiyati jihatdan umumiy aloqadorlik, bog‗lanish,
harakat, o‗zgarish to‗g‗risidagi ta‘limot sifatida tabiat, jamiyat va inson tafakkuriga xos eng
umumiy aloqadorlik va bog‗lanishlarni to‗g‗ri ochib borish asosida kishilarga dunyoni
o‗zlashtirish va o‗zgartirish yo‗llarini ko‗rsatuvchi metodologik qurol bo‗lib xizmat qiladi.
Dialektika, avvalo, umumiy aloqadorlik va bog‗lanishlar haqidagi fandir. Chunki borliqdagi
barcha narsa va hodisalarni umumiy aloqadorlikda va o‗zaro bog‗lanishda olib qarash borliq
haqida dialektik fikr yuritishdir. Haqiqatan ham, borliqdagi hamma narsalar, hodisa va jarayonlar
o‗zaro bog‗liq bo‗lib, ular umumiy aloqadorlikda bir-birlariga ta‘sir va aks ta‘sir qilib turadilar,
bir-birlarini taqozo qiladilar. Xoh tabiat va jamiyatda, xoh inson hayoti va tafakkurida bo‗lsin,
hech bir hodisa yoki voqea, o‗zgarish yoki jarayon boshqa hodisa yoki voqealardan, boshqa
o‗zgarish va jarayonlardan alohida, ulardan ajralgan, ularga bog‗liq, bo‗lmagan, ular bilan
aloqadorliksiz mavjud bo‗lmaydi, aksincha, ular bilan doimo o‗zaro aloqadorlikda bo‗ladi.
Borliqning turli tomonlari, materiyaning turli ko‗rinishlari, uning asosiy mavjudlik usullari,
harakatning turli shakllari bir-birlari bilan o‗zaro umumiy aloqadorlikda bo‗lib, bir-birlariga
ta‘sir va aks ta‘sirida, lekin o‗zaro bog‗lanishda bir-birlarini taqozo qilib turadi.
Dialektikaning o‗zaro aloqadorlik prinsipi yalpi umumiy xarakterga egadir. Uning bu yalpi
umumiyligi shundaki, birinchidan, bu aloqadorlik bir butun borliqqa, ya‘ni tabiat, jamiyat, inson,
inson tafakkuri va bilishga xosdir; ikkinchidan, bu aloqadorlik borliqning hamma ko‗rinishlariga
oid barcha narsa va hodisalarni, ularga xos hamma narsa va holatlarni, bir butun inson bilish
jarayonini, xullas, bir butun moddiy va ma‘naviy olamning hamma bog‗lanishlarini o‗z ichiga
oladi.
Dunyoda boshqa narsalar, hodisalar va jarayonlar bilan tabiiy aloqadorlikda bo‗lmagan hech bir
narsa, jarayon yo‗q. Lekin biz o‗z bilish jarayonimizda biron narsa yoki hodisani o‗rganar
ekanmiz, dastlab uni boshqa narsalar yoki hodisalarning umumiy bog‗lanishlaridan ajratamiz. Bu
jarayonda biz uning o‗ziga xos tomonlari va xususiyatlarini ochib berish uchun bu narsa yoki
hodisaning boshqa narsalar va hodisalar bilan bo‗lgan hamma aloqa va bog‗lanishlarini, hamma
aloqadorliklarini aniqlab, bilib boramiz. Narsa va hodisalarni haqiqatdan bilish uchun ularning
barcha tomonlarini, barcha aloqalarini va bog‗lanishlarini birga olib o‗rganmoq, lozim. Biz
garchi bunga hech qachon to‗la-to‗kis erisha olmasak ham, lekin har tamonlama o‗rganish talabi
bizni xatolardan, noto‗g‗ri xulosa chiqarishlardan saqlab qoladi. Shu asosdagina biz bu narsa
yoki hodisaning bir butun tabiati va mohiyatini to‗g‗ri bilib olishga erishamiz.
Dialektik aloqadorlik va bog‗lanishlar bir butun borliqning turli tomonlari va materiyaning turli
ko‗rinishlari o‗rtasidagina mavjud bo‗lmasdan, balki har bir narsa yoki hodisaning ham o‗zidagi
barcha to-monlari, hamma belgi va xususiyatlari o‗rtasida ham mavjuddir. Chunki har bir narsa
yoki hodisaning hamma tomonlari bir-biriga bog‗liq bo‗lishi va bir-birlari bilan juda mahkam va
chambarchas aloqadorligi qonuniy va tabiiy holdir.
Aloqadorlik va bog‗lanishlar borliqning turli sohalarida turli-tuman shakllarda namoyon bo‗ladi.
Bular quyidagilardir: a) «elementar» zarralarning bir-birini taqozo qilishi va aks ta‘siri shaklida;
b) planetalarning bir-birini tortib va itarib turishlari shaklida. Organik tabiatda: a) tirik
organizmlarning modda almashinuvi shaklida; b) tirik organizmlar bilan tabiiy muhit o‗rtasidagi
bog‗lanishlar; v) o‗simlik va hayvonot dunyosining o‗zaro aloqadorligida; g) hayvonlar va
odamlar o‗rtasidagi munosabatlarda va h. k. Jamiyatda bo‗lsa: a) jamiyat bilan tabiat o‗rtasida; b)
jamiyatning moddiy va ma‘naviy hayoti o‗rtasida; v) jamiyat ishlab chiqarish usulining
tomonlari: ishlab chiqaruvchi kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari o‗rtasida; g)
jamiyatning
iqtisodiy
bazisi
bilan
ustqurmasi
o‗rtasida;
d)
jamiyat
iqtisodiy
strukturasielementlari o‗rtasida; e) jamiyat va shaxs o‗rtasidagi munosabatlarda ko‗rinadi.
Tafakkurda bo‗lsa: a) bir butun tafakkur jarayonida, tafakkur shakllari o‗rtasida: b) tafakkur
shakllari va qonunlari o‗rtasida; v) tafakkur va borliq o‗rtasida. Bilish jarayonida esa: a) hissiy
bilish va aqliy bilish o‗rtasida; b) bilish bosqichlari va bilish shakllari o‗rtasida; v) bilish bilan
borliq o‗rtasidagi aloqalar va bog‗lanishlarda ifodalanadi.
2. Umumiy o‗zaro aloqa va rivojlanishning dialektik tamoyillari. Har qanday konsepsiyaning
mazmunini yoritishda uning tamoyillarini tahlil qilish, ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etadi.
Dialektika ham bundan mustasno emas. Tamoyillar nima?
Falsafiy ma‘noda «tamoyil»(prinsip) tushunchasi fundamental qoida,birinchi asosni, biron-bir
konsepsiya yoki nazariyaning eng muhim asosini anglatadi. Falsafiy nazariya sifatidagi
dialektikaga tamoyillar yaxlit tus beradi, uning qonunlari va kategoriyalarini izchil tizimga
soladi. Dialektikaning hozirgi konsepsiyalarida umumiy aloqadorlik va rivojlanish, tarixiylik,
sababiylik, tizimlilik kabi tamoyillar muhim rol o‗ynaydi. Quyida bu tamoyillarni tahlil qilamiz.
Umumiy aloqadorlik tamoyili. Rang-barang dunyoda har bir ob‘ekt ko‗p sonli xossalarga ega
bo‗lib, ular boshqa ob‘ektlar bilan o‗zaro aloqa jarayonida namoyon bo‗ladi. Boshqacha qilib
aytganda, har qanday tuzilma boshqa tuzilmalar bilan aloqaga kirishish orqali namoyon bo‗ladi.
Shunday qilib, har bir ob‘ekt o‗zga ob‘ektlar bilan qonuniy bog‗lanadi va bu ob‘ektlar bilan
o‗zaro ta‘sirga kirishish jarayonida ishtirok etadi.
Aloqa. Falsafada aloqa deganda makon yo vaqtda bir-biridan muayyan masofada uzoqlikda
joylashgan ikki yoki bir necha hodisa yoki ob‘ektning o‗zaro aloqa jarayoni tushuniladi.
Ob‘ektlar diskretlik, shakllanganlik va nisbatan mustaqillikdan mahrum bo‗lgan joyda aloqalar
mavjud bo‗lishi mumkinmi? O‗z-o‗zidan ravshanki, shakllangan, nisbatan mustaqil narsalar
mavjud bo‗lmagan joyda aloqa mavjudligini taxmin qilish ham mumkin emas. Shu sababli
umumiy aloqa kategoriyasi «narsa», «uzluklilik», «uzluksizlik», «cheksizlik»,«tuganmaslik»
tushunchalari bilan tavsiflanadi. Hozirgi ilmiy bilimga tayanuvchi borliqning falsafiy talqini
olamning universal yaxlitligini, dunyoning birligini ochib beradi. Dialektika kategoriyalari
borliqning universal aloqalarini bilish shakli hisoblanadi.
Aloqalarning universalligi ularning tiplari va turlarining rang-barangligida namoyon bo‗ladi.
Aloqalarni tasniflash turli asoslarga ko‗ra amalga oshiriladi. Xususan, bir tomonlama va o‗zaro
aloqalar, to‗g‗ri va egri aloqalar, bevosita va bilvosita aloqalar, ichki va tashqi aloqalar
farqlanadi. Hajm jihatidan aloqalar umumiy, alohida va xususiy bo‗lishi mumkin. Mazmun
jihatidan genetik, funksional, strukturaviy, energetik, moddiy, informatsion va boshqa aloqalar
farqlanadi. Aloqalarning butun rang-barangligi fanning qaysidir bir tarmog‗i doirasida tadqiq
etilishi mumkin emas. Ularning muayyan turlari maxsus fanlarning predmeti hisoblanadi.
Dialektika borliqning barcha jarayonlariga xos bo‗lgan umumiy, muhim, universal aloqalarni
o‗rganadi. Fan borliqning universal qonunlarini tashkil etadigan ichki, zaruriy, muhim,barqaror,
takrorlanuvchi aloqalarga alohida e‘tibor beradi. Umumiy aloqalar dialektika kategoriyalarida
yoritiladi.
Dostları ilə paylaş: |