Bilish nazariyasi


II. RIVOJLANISH FALSAFASI



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix18.04.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#100187
1   2   3   4   5   6   7
II. RIVOJLANISH FALSAFASI.
Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyutsiyasi. Harakat, taraqqiyot, umumiy 
bog‗lanish va aloqadorlik to‗g‗risidagi falsafiy ta‘limotlar ham falsafa fani bilan birga paydo 
bo‗lgan. Bu muammolar tahlili falsafada «dialektika» tushunchasi orqali ifodalangan. Bu 


tushuncha falsafa tarixida turli davrlarda turli ma‘nolarni ifodalab kelgan. Dialektika dastlabki 
davrlarda o‗zaro bahs, munozara olib boruvchi mutafakkirlarning muhokamalaridagi qarama-
qarshi, zid fikrlarning to‗qnashuvi va shular asosida haqiqatni aniqlash ma‘nosini ifodalagan. 
Antik davr mutafakkirlarining ma‘lumotiga ko‗ra, munozarada ishtirok etuvchilar, o‗z 
muhokamalarida bir-birlariga muqobil savollarni berib, bu savollarga har tomonlama yondoshib, 
ulardagi bir tomonlamaliklarni bartaraf qilishga uringanlar. Bunda, ular, o‗z muhokamalarida har 
xil nuqtai nazarlarni hisobga olgan holda, ilmiy, nazariy, ahloqiy, siyosiy, huquqiy va shu kabi 
voqea-hodisalar to‗g‗risida o‗z qarashlarini ishlab chiqqanlar. Ular shundan kelib chiqib, 
dialektika deganda o‗zaro bahslashuv san‘atini, munozara asosida haqiqatga erishish usulini 
tushunganlar. Masalan, antik davr mutafakkiri Suqrot dialektikani bahslarda yo‗l qo‗yiladigan 
qarama-qarshi fikrlar o‗rtasidagi ziddiyatlarni ochish orqali haqiqatga erishish san‘ati, deb 
tushungan. Dialektikani bahs san‘ati sifatida tushunish hatto o‗rta asrlarda ham davom etgan. 
Buni o‗rta asrlar mutafakkiri Per Abelyarning «Ha va yo‗q» nomli asari yaqqol tasdiqlaydi.
Dialektikaga munozara san‘ati sifatida qarash o‗rta asrlarda yashagan O‗rta Osiyo 
mutafakkirlariga ham xos bo‗lib, hatto bu narsa Uyg‗onish davrlarida ham davom etgan. Bu davr 
mutafakkirlarida ham dialektika savol-javob san‘ati sifatida o‗zgacha fikrlarni rad qilish usuli 
bo‗lib xizmat qiladi. Bunga misol qilib G.Galileyning «Dunyoning ikki sistemasi to‗g‗risidagi 
bahs» asarini ko‗rsatish mumkin. Umuman, dialektika tushunchasining paydo bo‗lishi, u 
o‗zining dastlabki davrlardagi tor ma‘noni ifodalashiga qaramasdan, o‗sha davrlardan to bizning 
kunlarimizgacha qo‗llanib kelingan sermazmun falsafiy suhbat usulining paydo bo‗lishida 
muhim rol o‗ynadi va insoniyat madaniyatining rivojlanishiga katta hissa bo‗lib qo‗shildi.
Asrlar davomida to‗planib borgan dialektik munozara madaniyati murakkab muammolarni 
muhokama qilish, ulardagi turli qarama-qarshi nuqtai nazarlarni ochish, aniqlash va tushunish 
mahoratining qaror topishi inkor qilib bo‗lmas ahamiyat kasb etdi. Bora-bora dialektika qarama-
qarshi nuqtai nazarlar, ular o‗rtasidagi ziddiyatlarni ochish usuli sifatida qaraladigan bo‗ldi.
Shunday qilib, sekin-asta inson ijodiy tafakkuri o‗z tabiati bilan dialektik ekanligi haqidagi 
tasavvur paydo bo‗ldi. Lekin ma‘lum vaqt o‗tishi bilan dialektika faqat kishilarning o‗zaro 
munozaralarigagina xos emasligi ma‘lum bo‗la bordi. Oqibatda, dialektika faqat inson fikrlash 
jarayonigagina xos bo‗lmasdan, balki u tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalarga ham xos, deb 
qarala boshlandi. Ayniqsa, bu qarash borliq shakllari va turlari o‗rtasidagi bog‗lanish va 
aloqadorliklarning, ular doim o‗zgarib, rivojlanib, bir holatdan ikkinchi holatga o‗tib 
turishlarining aniqlanishi bilan yanada rivojlandi. Natijada, «dialektika» tushunchasi insonni, uni 
qurshab turgan dunyoni bilish, uni tushunish va izohlashning umumiy usuli ma‘nosini ifodalay 
boshlaydi.
Vaqt o‗tishi bilan «dialektika» tushunchasi hamma narsalar: xoh katta, xoh kichik bo‗lishiga 
qaramasdan, o‗zgarib, o‗zining oldingi xususiyatlarini o‗zgartirib, ilgari ega bo‗lmagan yangi 
xususiyatlar hosil qilib borishlarini ham ifodalay boshlaydi. Shu asosda asta-sekin dunyoni 
dialektik tushunish, borliq va bilishga dialektik qarash qaror topa boshlaydi. Lekin dunyodagi 
barcha o‗zgarish, aloqadorlik va rivojlanishlarni falsafiy jihatdan tushunib etish juda qiyinlik 
bilan kechdi. Sababi: insoniyat taraqqiyotining juda uzoq davrlarigacha kishilar kosmosni
o‗simliklar, hayvonot dunyosini, hatto kishilarning o‗zlarini ham o‗zgarmas, doimo bir xilda 
turadi, deb bilishgan. Dunyoning o‗zgaruvchanligi, undagi narsa va hodisalarning bir-birlariga 
bog‗liqligi to‗g‗risidagi tasavvurlarning paydo bo‗lishi insoniyatning dunyoni bilishi jarayonida 
juda katta kashfiyot bo‗lgan.
Dunyoning o‗zgaruvchanligi to‗g‗risidagi dastlabki fikrlar ham qadimgi Xitoy, Hindiston hamda 
Yunonistonning falsafiy ta‘limotlarida ilgari suriladi. Qadimgi davr faylasuflari, garchi hali 
harakatning turli ko‗rinishlari va xillari to‗g‗risida ilmiy dalillarga ega bo‗lishmasa ham, 
borliqning umumiy o‗zgaruvchi xarakteri haqida o‗z davrlari uchun yangi fikrlarni ilgari 
surishadi.
Kishilar dastlabki vaqtlardan boshlab o‗z tajribalarida narsa, hodisalardagi o‗zgaruvchan 
xususiyatlar bilan birga, ularda ma‘lum barqaror, o‗zgarmas xususiyatlarning ham mavjudligini 
anglay boshlaganlar. Nihoyat, dunyo o‗zgaruvchanmi, yoki o‗zgarmasmi? degan savollar paydo 


bo‗lib, bu savollarga mutafakkirlar turli xil javob berganlar. Amaliyot bergan ko‗pdan-ko‗p 
ma‘lumotlarga va o‗z kundalik tajribalariga tayangan ko‗pchilik mutafakkirlar dunyo 
o‗zgaruvchan, deyishgan. Lekin bunga qarama-qarshi bo‗lgan, dunyo o‗zgarmas, barqaror, 
deyuvchi mutafakkirlar ham o‗zlarining muayyan asoslariga ega bo‗lishgan. Natijada, 
dunyoning, undagi narsa va hodisalarning ham o‗zgaruvchan, ham barqaror o‗zgarmas xossalari 
haqidagi qarashlar kelib chiqadi. Haqiqatan ham, narsa va hodisalar ma‘lum vaqt ichida har 
qancha o‗zgarsa ham, ayni vaqtda ularning ma‘lum tomonlari o‗zgarmay qolaveradi. Xullas, 
bunday qarashlar to‗plana borib, narsa va hodisalarning qarama-qarshi tomonlari, ular o‗rtasidagi 
ziddiyatlar haqidagi qarashlar tufayli falsafada rivojlanish g‗oyasi kelib chiqadi.
Rivojlanish g‗oyasi inson ongida uzoq asrlar davomida shakllanib boradi. Dastlab kishilar 
rivojla-nish to‗g‗risida hech bir tasavvurga ega bo‗lmagan. Lekin keyinchalik ular dunyodagi 
narsa va hodisalardayuz beradigan turli xil o‗zgarishlarni anglay borib, dunyoning uzluksiz 
harakatda, o‗zgarish va rivojlanishda ekanligini tushuna boshlaganlar. Ular, shu bilan birga, 
tabiat va jamiyat voqea-hodisalarida juda ko‗p davriy, takrorlanuvchi hodisalarni ham bila 
borganlar. Masalan, yil fasllari, kun bilan tunning o‗rin almashishi va shular kabi. Lekin 
dastlabki davrlarda mutafakkirlar rivojlanishni butunlay yangi narsaning, yangi bosqichning 
paydo bo‗lishi, deb tushunish darajasiga ko‗tarila olmaganlar. Rivojlanishni butunlay yangi sifat 
o‗zgarishi, eskiga nisbatan jiddiy yangining paydo bo‗lishi, deb tushunishda Uyg‗onish davri 
Sharq va O‗rta Osiyo mutafakkirlari, keyinchalik esa o‗rta asr xristian, diniy va tarix falsafasi 
mutafakkirlari bir qadar oldinga ketadilar. Ularning qarashlarida rivojlanish g‗oyasini insoniyat 
jamiyati tarixiga tatbiq etishga urinishlarni uchratamiz.
Rivojlanish g‗oyasini bir butun dunyo rivojlanishi bilan bog‗lab tushunishda muhim qadamni 
birinchi bo‗lib fransuz faylasufi Rene Dekart qo‗yadi. U, dunyoni xudo yaratayotib, unga 
dastlabki turtkini kiritgan va uni harakatga keltirgan, deydi. XVIII asr fransuz ma‘rifatparvarlari 
Volter va Russo inqilobiy qayta qurishni o‗z ichiga olgan tarixiy rivojlanish g‗oyasini ilgari 
surishadi. Ularning izdoshi Kondorse esa o‗zining jamiyatning ilgarilama harakati, uzluksiz 
taraqqiyot to‗g‗risidagi ta‘limotini yaratadi. Bu muta-fakkirlar o‗z qarashlarida g‗oyaviy omillar 
(masalan: ahloq, din, huquq va shu kabilar) jamiyatni harakatga keltiruvchi, rivojlantiruvchi 
asosiy kuchlardir, degan g‗oyani ilgari suradilar.
Nihoyat, rivojlanish to‗g‗risidagi har xil qarashlarning sintezi sifatida bir butun taraqqiyot 
nazariyasi faqat nemis klassik falsafasidagina paydo bo‗ldi. Bu falsafaning asoschilaridan biri 
Immanuil Kant rivojlanish g‗oyasini quyosh sistemasi va barcha yulduzlar dunyosini izohlashga 
tatbiq etib, uni hatto insonning ijtimoiy rivojlanishiga, xususan, insonning ahloqiy rivojlanishiga 
ham joriy etishga urinadi. Kantning shogirdi Gerder esa rivojlanish g‗oyasini butun xalqlarning 
tarixi taraqqiyotiga va insoniyat madaniyati taraqqiyotiga birinchi bo‗lib tatbiq etadi. Bu davrga 
kelganda, dialektika tushunchasi endi rivojlanish g‗oyasini ifodalay boshlaydi.
Dialektikani rivojlanish haqidagi har taraflama, mazmun jihatdan boy va chuqur ta‘limot sifatida 
birinchi marta nemis klassik falsafasining buyuk vakili Gegel ishlab chiqdi. Gegelning ulug‗ 
xizmati shu bo‗ldiki, u birinchi bo‗lib, butun tabiiy, tarixiy va ma‘naviy dunyoni bir jarayon 
shaklida, ya‘ni uzluksiz harakat qilib, o‗zgarib, qaytadan tuzilib, taraqqiy qilib turadigan holda 
ko‗rsatdi va bu harakat bilan taraqqiyotning ichki bog‗lanishini ochib berishga urindi. Natijada, 
insoniyat tarixi insoniyatning o‗zining taraqqiyot jarayoni sifatida maydonga chiqdi va endilikda 
tafakkurning vazifasi bu jarayonning barcha yanglishib yurishlari ichida uning izchil 
bosqichlarini kuzatib borish va zohiriy tasodiflar orasida bu jarayonning ichki qonuniyatlarini 
isbot etishdan iborat bo‗lib qoldi.
Gegelning taraqqiyot to‗g‗risidagi bu qarashi dialektika haqidagi falsafiy ta‘limotni yanada 
boyitadi. Gegel birinchi bo‗lib dialektikaning barcha kategoriyalari va qonunlarini ta‘riflab 
bergan edi. Lekin dialektika Gegelda mistiklashtirilgan, bir tomonlama, boshi bilan turgan 
dialektika edi. Chunki Gegelning fikricha, dialektika «fikrning har qanday ilmiy 
kengaytirilishining harakatlantiruvchi jonidir va u shunday bir prinsipdan iboratdirki, bu prinsip 
yolg‗iz o‗zi fanning mazmuniga immanent aloqa va zaruriyat kiritadi».


Keyingi davrlarda fan va amaliyot rivoji natijasida dialektika tabiat, jamiyat va tafakkur 
taraqqiyotining, ulardagi aloqadorlik va bog‗lanishlarning eng umumiy qonunlari haqidagi fan; 
voqelikdagi narsa va hodisalar, ularning fikriy in‘ikoslari o‗rtasidagi munosabatlarni ifodalovchi 
prinsiplar, ularni doimo o‗zgarish va rivojlanishda, ichki ziddiyatlar taqozosi bilan yuz beradigai 
«o‗z harakati»da, deb qaraydigan bilish nazariyasi; har tomonlama boy, ziddiyatlarga to‗la 
tarixiy taraqqiyot haqidagi ta‘limot sifatida maydonga chiqadi. Bu dialektika bir butun 
borliqning eng umumiy aloqadorligi, o‗zgarishi va taraqqiyoti to‗g‗risidagi ta‘limot sifatida ham 
moddiy dunyoga, ham uning in‘ikosi bo‗lgan inson bilishiga xos ta‘limotdir. Shunga ko‗ra bu 
dialektika o‗z ichiga ob‘ektiv va sub‘ektiv dialektikani oladi. Bunda moddiy dunyoning, undagi 
narsa va hodisalarning aloqadorlik va bog‗lanishlari, ularning harakati, o‗zgarish va 
rivojlanishlari ob‘ektiv dialektikani tashkil etadi. Moddiy dunyoning inson miyasidagi in‘ikosiga 
xos bo‗lgan bilish jarayonining dialektikasi sub‘ektiv dialektika — ob‘ektiv dialektikaning 
kishilar miyasidagi in‘ikosidir. Demak, ob‘ektiv dialektika — bu narsalar, buyumlar 
dialektikasidir; sub‘ektiv dialektika esa, ob‘ektiv dialektikaning inson ongidagi in‘ikosi — ya‘ni, 
tafakkur dialektikasidir.
Ob‘ektiv dialektika sub‘ektiv dialektikani vujudga keltiradi. Bu jihatdan dialektikaga yangicha 
yondoshish Gegel dialektikasidan tubdan farq qiladi. Gegel dialektikasiga ko‗ra fikr, tafakkur 
dialektikasi narsalar, buyumlar dialektikasini yaratadi, ya‘ni sub‘ektiv dialektika ob‘ektiv 
dialektikani tug‗diradi. Boshqa faylasuflarning ta‘limotiga ko‗ra esa, aksincha, narsalar, 
buyumlar dialektikasi fikr, tafakkur dialektikasini yaratadi.
Dialektika borliq, ya‘ni tabiat, jamiyat va inson tafakkuridagi aloqadorliklar va rivojlanishlarning 
umumiy qonuniyatlari haqida bizga to‗g‗ri yo‗nalish berib, dunyoni o‗zlashtirish va o‗zgartirish 
yo‗llarini ko‗rsatib beruvchi nazariyadir, usuldir. Dialektika dunyoning haqiqiy ilmiy 
manzarasini yaratib, kishilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishga yordam beradi. Chunki 
ilmiy asoslangan dialektika, birinchidan, dunyodagi har bir narsa yoki hodisaning hamma 
tomonlarining bir-birlariga bog‗liq bo‗lishi va bir-birlari bilan juda mustahkam aloqador ekanligi 
to‗g‗risida chuqur ma‘lumot bersa, ikkinchidan, u bosib o‗tilgan bosqichlarni 
takrorlanayotgandek bo‗lib ko‗rinadigan, lekin ularni boshqacha, yanada yuqoriroq negizda 
takrorlaydigan taraqqiyot, to‗g‗ri chiziq bilan emas, balki spiral tarzda boradigan, ma‘lum 
holatlarda boshlang‗ich holga go‗yo qaytganday bo‗lib ko‗ringan, ma‘lum tanazzullar va 
bo‗hronlar bilan bo‗ladigan ilg‗or taraqqiyot to‗g‗risidagi ta‘limot hisoblanadi. Dialektika 
kishilarning, ularni qurshab turgan dunyoni bilishining umumiy usuli sifatida dunyoga dialektik 
qarashni vujudga keltirgan. Dunyoga dialektik qarash — bu barcha narsa va hodisalarni, ularning 
inson miyasidagi in‘ikoslari — inson bilishini ham o‗zaro aloqadorlikda va bog‗lanishda, 
qarama-qarshiliklar birligi va kurashida, miqdor va sifat o‗zgarishlarining bir-biriga o‗tishida, 
eskining o‗rnini yangi egallashida, xullas, ularni «o‗z harakati»da, o‗zgarib va rivojlanib 
turishida, paydo bo‗lib va yo‗q bo‗lib turishida, va ayni vaqtda hamma narsa o‗zaro bog‗liqlik va 
aloqa-dorlikda va o‗zaro munosabatda, deb tushunishdir. Bunday tushunish dialektik qarashni 
vujudga keltiradi. Dunyoga dialektik qarash dialektik tafakkurni yuzaga keltiradi.
Dialektik tafakkur sub‘ekt tafakkurining rivojlanish darajasiga ham bog‗liqdir. Tabiat va 
jamiyatda pirovard natijada hamma narsa dialektik tarzda yuz beradi. Bu dialektik jarayon 
sub‘ekt miyasida in‘ikos etganda, paydo bo‗lgan tasavvur va tafakkur yo metafizik yoki dialektik 
yo‗l bilan hosil qilinishi mumkin. Dialektik tafakkur shu jihatdan inson tafakkuri taraqqiyotining 
nisbatan yuqori bosqichiga xosdir. Dialektik tafakkur borliqdagi narsa va hodisalar asli qanday 
bo‗lsa, ularning sub‘ekt miyasida muayyan fikr shaklida xuddi shunday aks etishidir. Dialektik 
tafakkur — bu dialektik fikrlash usuli. Dialektik tafakkur ham tabiatshunoslik va ijtimoiy fikr 
taraqqiyoti bilan o‗zgarib, rivojlanib boradi. Uning keyingi davr ijtimoiy taraqqiyot bilan, jahon 
xalqlari hamjamiyatlarining vujudga kelishi bilan bog‗liq yuzaga kelgan shakli, bu — yangicha 
tafakkurdir. Yangicha tafakkurning asosini jamiyatni dialektik tushunish tashkil qiladi. Dialektik 
tafakkur usuli o‗z mohiyati bilan sofistik, eklektik va dogmatik tafakkur usullaridan tubdan farq 
qiladi. Tafakkurning sofistik, eklektik, metafizik-dogmatik usullari dialektik tafakkur usulining 
muqobillaridir. Ular inson tafakkuri faoliyatining turli qirralari sifatida bir-birlariga ham qarama-


qarshi, ham, ayni vaqtda, bir-birlarini to‗ldiradilar. Ularning har birining inson tafakkuri 
jarayonida o‗z o‗rni bor. Biz ularning har biri bilan qisqacha tanishib chiqamiz.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin