8
ISBOTLASH
VA RAD ETISH
Fanning u yoki bu qoidasining haqiqiyligi yoki soxtaligi, aniq-ravshan ko‘rinib
turmaydi. Faqat eng sodda mulohazalar o‘zining haqiqiyligini tasdiqlash uchun
sezgi
idrokidangina foydala-nishni talab qiladi: ko‘rsatish mumkin bo‘lgan
narsani
isbotlashning hojati yo‘q. Fanning aksariyat qoidalari sezgi a’zolari orqali bilish
darajasida va boshqa haqiqatlardan alohida emas, balki
mantiqiy tafakkur darajasida,
boshqa haqiqatlarga bog‘langan holda, ya’ni isbotlash yo‘li bilan
haqiqiy deb qabul
qilinadi. Isbotlash – ilmiy tafakkurning muhim vositasi. Har qanday isbotda tezis,
isbotlash uchun asoslar (dalillar) va isbotlash usuli mavjud. Haqiqiyligi yoki
soxtaligi isbotlash yo‘li bilan aniqlanayotgan qoida tezis deb ataladi. Tezisning
soxtaligini aniqlash rad etish deb ataladi. Isbotlashda foydalanilayotgan va
isbotlanayotgan tezisning haqiqiyligini ko‘rsatayotgan barcha qoidalar asoslar yoki
dalillar deb ataladi. Asoslar va dalillar ishonchli dalillar haqidagi qoidalar, ta’riflar,
aksiomalar va ilgari isbotlangan qoidalardan tashkil topadi.