1-MAVZU. KIRISH. PARAZITOLOGIYA FANINING
MAQSADI VA VAZIFALARI PARAZITIZMNI TURLI XIL SHAKLLARI VA
PARAZITLARNI XO’JAYINLARI BILAN BOG’LANISHI
Reja:
1.
Kirish
2. Parazitologiya fanining maqsadi va vazifalari.
3. Fanning rivojlanish tarixi.
4. Parazit hayvonlarning xilma-xilligi va tabiatda tarqalishi.
«Hamma joyda hayot mavjudligi – tabiatning mangu shiori. Tabiat
o’zining eng nodir burchaklarigacha hayot baxsh etganidan
qanoatlanmagandek o’zi yaratgan mavjudotlarni bir-birining
ustiga qalashtirib, bir jonivorning ikkinchisining hisobiga hayot
kechirishga majbur qilib, hayotni tirik jonlar bilan to’ldira
boshladi, ya’ni parazitizmni yaratdi» (K.Flammarion).
Parazitizm organik olam vakillari (bular o’simliklar, hayvonlar) orasida uchraydigan
o’zaro munosabatlarning bir ko’rinishi. Parazit so’zi yunoncha bo’lib, aniq ma’nosi para –
yonida, sites – oziqa, to’g’ridan-to’gri tekinxo'r, bitta hayvon boshqa bir hayvon hisobiga
yashashi tushiniladi. Qadimgi Rimga bu so’z Gretsiyadan o’tgan bo’lib, o’sha paytda alohida
kasbga ega odamlarni parazit deyishgan, ular boshqalar hisobiga yashagan.
Shu xususiyatdan
kelib chiqib, parazit qadimiy tibbiyotga, har qanday boshqa organism hisobiga yashab,
oziqlanuvchi organizmlar parazit deb atalgan. Parazitlarni parazitologiya fani o’rganadi.
Fanning maqsad va vazifalari odamlarda, hayvonlarda, o’simliklarda
parazitlik qilib
hayot kechiradigan hayvonlarni tuzilishi, rivojlanishi, tarqalishi, o’ziga xos biologik
xysusiyatlarini, parazitlar keltirib chiqaradigan kasalliklarni o’rganish,
ularga qarshi kurash
choralarini to’g’ri tashkil qilishdan iboratdir.
Tirik organizmni o’ziga xos xususiyati bu uni tashqi muhit bilan bog’liqligidir. Tirik
organizmlar o’rtasida biotik bog’lar murakkab va xilma-xilligi bilan xarakterlanadi va uni
asosida oziqa va makon bog’lanishlari yotadi. Shu bog’lanishlardan biri parazitizm ko’rinishida
namoyon bo’ladi. Demak, organik olamdagi ikkita boshqa-boshqa turga mansub organizmlarni
bir-biri bilan bo’lgan munosabatlarini bir ko’rinisi bu parazitim hodisasi ekan.
Parazitizm tabiatda keng tarqalgan hodisa bo’lib, uni yuzaga chiqish shakllari xilma-
xildir. Barcha mikroorganizmlar (virus,
bakteriya, zamburug’) parazitik hayot kechirishga
o’tgan. Yuksak o’simliklar orasida ham parazit formalarni kuzatish mumkin (zarpechak,
pechak). Hayvonat dunyosining ham ko’pchiligi parazitik hayot kechirishga o’tgan. Hayvonat
olami o’rtasidagi munosabatlarga to’htalib o’tamiz.
Umuman, parazitlarni o'rganish obyektlariga ko'ra tibbiyot parazitologiyasi veterinariya
parazitologiyasi, agronomiya parazitologiya va umumiy parazitologiyaga bo'linadi.
Parazitologiya ko'pgina biologik, tibbiyot va veterinariya sohasidagi maxsus fanlar bilan
chambarchas bog'langan. Parazitlarning tavsifi,
morfologiyasi, biologiyasi va rivojlanish
sikllarini o'rganish bilan zoologiya fani shug'ullansa, ular qo'zg'atadigan kasalliklar patogenezi,
klinikasi, diagnostikasi va davolashini o'rganish bilan patologik anatomiya, patologik fiziologiya,
immunologiya, virusologiya, mikrobiologiya, terapiya, farmakologiya, epizootologiya, xirurgiya,
biokimyo, veterinariya-sanitariya
ekspertizasi, zoogigiyena va boshqa fanlar shug'ullanadi
hamda ulardagi tadqiqot usullariga tayanadi.
Parazitologiya (yunoncha ikkita so’zdan kelib chiqqan bo’lib,
parasitos – tekinxo’r,
logos
– ta’limot, fan demakdir).
Parazitologiya – biologiya fanining bir tarmog’i hisoblanib, parazitizm hodisalari, ya’ni
parazit bilan xo’jayin o’rtasidagi o’zaro munosabatlar, ularning tashqi muhit omillariga
bog’liqligi, odam, hayvon va o’simliklarda uchrovchi parazitlar va ular qo’zg’atadigan
kassaliklar hamda bu kasaliklarga qarshi kurash usullarini o’rganadigan fan.
Shu o’rinda parazitologiya fani
parazitlarning morfologiyasi, anatomiyasi, gistologiyasi,
fiziologiyasi, embriologiyasi, ekologiyasi,
geografiyasi, tasnifi, filogeniyasi hamda parazit
xo’jayin o’rtasidagi munosabatlarni tekshiradi.
Shunday qilib, turli xil parazitlar hayotini ular ta’sirida paydo bo’ladigan kasalliklarni
hamda shu kasalliklarga qarshi kurash choralarini va oldini olish tadbirlarini o’rganadigan fan