Bino va inshootlar konstruksiyasi



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/31
tarix10.03.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#87277
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
bino va inshootlar konstruksiyasi hisobi asoslari

D) Chuqur joylashuvchi poydevorlar.
Zaminga katta qiymatli tik hamda yotiq yo'nalgan bosimlarni uzatuvchi o'ta 
og'ir 
inshootlarning 
mustahkamligini 
ta'minlash 
uchun 
odatda 
ularning 
poydevorlarini yetarlicha yuk ko'tarish qobiliyatiga ega bo'lgan chuqur joylashgan 
qatlamlarga o'rnatish lozim bo'ladi.
Bunday chuqur tabiiy qatlamlarga yetib borish uchun ko'pincha qoziqli 
poydevorlarni qo'llash imkoniyati bo'lmay qoladi, chunki bunday hollarda nihoyatda 


88 
uzun va og'ir qoziqlar ishlatishga to'g'ri keladi. Bu qoziqlarni esa hozirgi zamon 
texnikasi yordamida o'rnatishga imkoniyat yo'q, yengil va qisqa qoziqlarga kelsak, 
ularning soni rostverkga joylashtirib bo'lmaslik darajasida ko'payib ketadi. Shuning 
uchun bunday hollarda maxsus usullar bilan o'rnatiluvchi chuqur joylashtiriladigan 
poydevorlardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Hozirgi vaqtda chuqur joylashtiriladigan poydevorlarning quyidagi turlari 
mavjud: 1) pastlashuvchi quduqlar; 2) kesson poydevorlari; 3) temirbeton qobiqlar.
Pastlashuvchi quduqlar. Bunday poydevorlar to'g'risida gap ketganda, ichki 
bo'shlig'idan grunt qazib olish hisobiga o'z og'irligi ta'sirida chuqurlashib boruvchi 
quduqlar tushuniladi. Loyihada belgilangan katta qiymatli yuk ko'tarish qobiliyatiga 
ega bo'lgan qatlamlarga yetganda grunt qazish ishlari to'xtatilib, gruntning ichki 
bo'shlig'i beton bilan to'ldiriladi. Natijada yaxlit poydevorlar hosil bo'ladi.
Pastlashuvchi quduqlar chuqurligi umuman chegaralanmaydi. Hozirgi vaqtda 
bunday quduqlarning 70 m va undan ham ortiq chuqurlikkacha o'rnatilgan hollari 
ma'lum.
O'z og'irligi ta'sirida pastlashuvchi quduqlar betondan va temirbetondan 
ishlanishi mumkin. Ko'ndalang kesimi bo'yicha ular inshoot ostki qismi shaklini 
takrorlab, asosan doira, kvadrat, to'rtburchak va boshqa shakllarda bo'ladi. 
Quduqning bo'ylama kesimi esa chetki devorlari tik yoki pastlashish jarayonida grunt 
bilan ishqalanishni kamaytirish uchun zina shaklida loyihalanadi. Quduq devorining 
ostki qismi o'tkirlanib, unga grunt qatlamida pastlashishi uchun qulay shakl beriladi. 
Pastlashuvchi quduq ichidagi grunt greyfer yoki elektr yordamida olib tashlanadi.
Kesson poydevorlari. O'z og'irligi ta'sirida pastlashuvchi quduqlar o'rnatishda 
aytib o'tganimizdek, suv osti gruntlari tarkibida yirik toshlar, turli jinslar uchrab 
qoladi, lekin ularni quduq ostidan olib tashlash imkoniyati bo'lmaydi. Bunday 
hollarda ustki qismi ochiq bo'lgan quduq o'rniga siqilgan havo ta'sirida grunt suvlarini 
so'rib chiqarish imkoniyatini beruvchi maxsus usti yopiq quduqlar ishlatish maqsadga 
muvofiq. Bunday siqilgan havo ta'sirida pastlashuvchi maxsus usti berk quduqlar 
kesson deb ataladi.
Kesson poydevorlari chuqur joylashtiriladigan ko'prik osti ustunlari tagida 


89 
keng qo'llaniladi.
Hozirgi vaqtda kessonlar asosan beton va temirbetondan yasaladi. Kesson 
poydevorlar ishlash xonasi va yo'lakdan iborat bo'ladi. Ishlash xonasida grunt qazish 
ishlari olib boriladi. Ish xonasining devorlari ostki qismi pastlashuvchi quduqlardagi 
kabi o'tkirlashgan bo'ladi. Bu xonaning tomi va devorlari nihoyatda mustahkam 
bo'lishi kerak.
Temirbeton qobiqlar. Ko'prik ustunlari poydevorlarini chuqur joylashgan (30-
50 m) mustahkam grunt qatlamlariga o'rnatishda hozirgi vaqtda katta diametrli (6 
metrgacha) qoziq-qobiqlardan keng foydalanilmoqda. 
Bunday qobiqlardan eng ko'p ishlatiladigani alohida 4-12 metrli bo'laklardan 
tashkil topgan aylana shaklidagi temirbeton yoki temir qobiqlardir. Bo'laklar o'zaro 
payvandlab biriktiriladi. Katta diametrli qobiqlar ichi bo'sh holida o'rnatiladi. 
Loyihada ko'rsatilgan sathgacha tushirilgach, qobiq ichidagi grunt beton bilan 
to'ldiriladi. Bunday qobiqlar gruntga bosim ostida, burab va tebratish yo'li bilan 
o'rnatiladi.
E) Ustunlar ostida alohida turadigan poydevorlar.
Markaziy yuklanishda alohida turuvchi poydevorlar kvadrat shaklida bo'ladi. 
Nomarkaziy yuklanishda yoki boshqa sharoitlarda poydevorlar to'g'ri to'rtburchak 
shakliga ega bo'lishi mumkin.
Poydevorlarda B15-B20 sinfidagi beton qo'llaniladi; qadami 100-200 mm 
bo'lgan payvand to'r diametri kamida 10 mm bo'lgan sim to'rlar bilan armaturalanadi, 
poydevor ostiga himoya qatlamiga rioya qilgan holda o'rnatiladi.
Yig'ma ustunlar odatda poydevorga bikr qilib o'rnatiladi, bunda poydevorda 
chuqur olinadi. Uning chuqurligi ustun kesimi o'lchamidan kattaroq deb qabul 
qilinadi. Ustun uchi ostida qalinligi 50 mm ga teng beton ko'zda tutiladi, stakan 
devorlari bilan ustun oralig'i pastda 50 mm, yuqorida 75 mm teng deb qabul qilinadi.
Yaxlit poydevorlar, yig'ma poydevorlar singari sim to'rlar bilan armaturalanadi. 
Poydevorning ustun bilan bikr bog'lanishi uchun poydevordan chiqarilgan armatura 
ustun armaturasi bilan payvandlanadl.


90 
6.3. POYDEVORLARNI HISOBLASH VA O'RNATISH 
A) Tabiiy zamindagi sayoz poydevorlarni hisoblash.
Har qanday poydevorning asosiy vazifasi inshootdan tushayotgan yukni 
inshoot zaminiga uzatib, uning mustahkamligini ta'minlashdan iborat. Shu maqsadda 
hisoblab topilishi kerak bo'lgan poydevorning shakli odatda, unga yuqoridan ta'sir 
etuvchi yukning qiymatiga, imorat ostki qismining tuzilishiga hamda uning ashyosiga 
bog'liq.
Poydevorlar o'zi tashkil topgan xomashyoning ishlashiga bog'liq ravishda bikr 
va egiluvchan bo'ladi.
Bikr 
poydevorlar 
deb, 
konstruksiyasi 
faqat 
siqilishga 
ishlaydigan 
poydevorlarga aytiladi. Bikr poydevorlarda asosan, ularning tag yuzasi va ustki 
qismining o'lchamlari hisoblanadi.
Markaziy kuch ta'siridagi bikr poydevorlar tag yuzasi o'lchamlarini hisoblash. 
6.12-a rasmda ko'rsatilgan poydevor chuqurligini H deb faraz qilamiz. Bu 
poydevorga yuqorida N qiymatga ega bo'lgan markaziy kuch ta'sir etadi. Poydevor 
tag yuzasining maydoniga aks ta'sir ko'rsatuvchi bosimning qiymatini R deb 
belgilaymiz. Bu holda poydevor tagining o'lchamlari quyidagicha aniqlanadi: 
ma'lumki, qo'yilgan maqsadga binoan aks ta'sir ko'rsatuvchi bosim grunt yuzasi 
bo'yicha to'g'ri to'rtburchak shaklida namoyon bo'ladi. Barcha kuchlarni o'zaro 
tenglashtirsak, quyidagi kelib chiqadi:
10



Q
G
N
,
(a) 
bu yerda: N - inshootdan poydevorga uzatiluvchi yuk; 
G - poydevor va unga ustki yon tomonlaridan tushayotgan gruntning og'irligi; 
Q - gruntning ko'tarish qobiliyati (
F
Q


10
; F - izlanayotgan poydevor 
tagining yuzasi, m).
Agar G ning qiymatini kengaytirib yozsak:
r
o
H
F
G
'




, (b) 
bu yerda 
r
o'

- poydevor uchun ishlatiladigan xomashyo va uning ustidagi 
gruntning o'rtacha hajmiy og'irligi.


91 
6.12- rasm. Markaziy (a) va markazdan tashqari (b) yuk ta'siridagi poydevorni 
hisoblash chizmasi. 
(b) ifodani Q ning qiymatini hisobga olgan holda (a) ga qo'ysak:
F
R
H
F
N
r
o





0
'
10

 
bu ifodadan izlanayotgan yuza ni topamiz:
.
10
'
0
H
R
N
F
r
o




(c) 
Agar poydevor tagining yuzasi kvadrat shaklida bo'lsa, uning tomonIari (A va 
B) quyidagicha aniqlanadi:
.
10
'
0
H
R
N
B
A
r
o





Poydevor tagining yuzi to'g'ri to'rtburchak bo'lgan hol uchlln topilgan Fning 
qiymatiga qarab tomonlari belgilanadi. Agar markaziy kuch ta'siridagi poydevorning 
uzunligi bir tomonga cheksiz (jo'yaksimon) tarqalgan bo'lsa, bu holda hisob 1 m 
uzunlik uchun olib borilib, (c) ifoda uning kengligi (B) ni aniqlashga imkon beradi.


92 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin