Bino va inshootlar qurilishi tem iryo



Yüklə 6,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/187
tarix11.10.2023
ölçüsü6,28 Mb.
#153482
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   187
Qurilish materiallari A.Odilхo\'jayev

1 1 -
л&ь.
ЛУ/Л
у
/
--
_EL_fe-a!___Q __£
z
3L
3.1-rasm. Keramik g‘isht ishiab chiqarish texnologik sxemasi.
1. gil karyeri; 2. ekskavator; 3. gil zaxirasi; 4. vagonetka;
5. yashikli uzatgich; 6. qo ‘shimchalar; 7. begunlar; 8. valeslar;
9. tasmali press; 10. keskich; 11. taxlovchi moslama;
12. telejka; 13. quritish xonalari; 14. tunnel pechi;
15. о ‘ziyurar telejka; 16. omborxona.
33


3.2-rasm. Tasmali hamda vakuumli press.
1. shnekli val; 2. presslovchi golovka; 3. munshtuk; 4. gilli brus;
5. parrak; 6. vakuum-kamera interval; 7. panjara:
8. gilni ezg 'ilovchi moslama.
Buyumlarni quritish. 
Buyumlarni pishirishdan avval 5-6 foiz 
namlikgacha quritilishi kerak, aks holda ular notekis kirishishi, darz ketishi 
va shakli o‘zgarishi mumkin. Buyumlar tabiiy va sun’iy usulda quritiladi. 
Buyumlar tabiiy usulda 1 0 - 1 5 kun bostirmalarda quritiladi va quritish 
jarayoni havoning nisbiy namligi va haroratiga bog‘liq bo‘ladi. Buyumlar 
sun’iy quritish usulida davriy va doimiy ravishda ishlaydigan maxsus 
quritish kameralarida amalga oshiriladi. Kameralar pishirish xumdonlari 
tutun gazlari, maxsus xumdonlarda hosil qilingan gazlar (120 - 150°S) 
bilan isitiladi. Buyumlar 1-3 sutka davomida quritiladi.
B uyum larni pishirish. 
Pishirish keram ik buyum lar ishlab 
chiqarishning oxirgi va hal qiluvchi jarayonidir. Mazkur jarayon shartli 
ravishda uch bosqichga bo ‘linadi: buyumni qizdirish, kuydirish va 
sovitish. Buyum 100 - 120 °S qizdirilganda undan fizik bog‘langan suv 
chiqib ketadi. Harorat 450 - 750 
°S
ko‘tarilganda, kinyoviy bogiangan suv 
chiqadi va organik aralashmalar yonib ketadi, gilli mineral buzilib, amorf 
holatga o ‘tadi. Harorat 800 - 900 °S yetganda oson eriydigan birikmalar 
eriydi va komponentlar zarrachalari yuzalari chegarasida qattiq fazalarda 
kimyoviy jarayonlar davom etadi. Buyum 1000 - 1200 °S haroratgacha 
qizdirilganda zichlashadi va massa kirishadi. Bu kirishish gilning turiga
34


qarab 2-8 foizni tashkil etadi. Buyum asta-sekin sovitiladi. Sovitilgan 
keramik buyumlar toshsimon holatga o ‘tadi va mustahkam, suvga va 
sovuqqa chidamli bo‘ladi. Keramik buyumlar halqasimon, tunnel, tirqishli, 
rolikli va boshqa xjjmdonlarda pishiriladi.
Halqasimon j^^Jidon ellips shaklidagi tutash pishirish kanali bo‘lib, 
shartli ravishda 16 dan 36 gacha bo‘linadi. Kameralarda yuklash, qizdirish, 
pishirish, sovitish va xumdondan chiqarish jarayonlari amalga oshiriladi. 
Halqasimon xumdonda olov markazi maxsus moslama vositasida boshqa 
zonalar kabi pishirish kanali bo‘ylab to‘xtamasdan siljiydi, pishirilayotgan 
buyumlar esa qo‘zg‘almas holatda bo‘ladi. Halqasimon xumdonlarda, 
asosan, g ‘isht va cherepitsa pishiriladi. Pishirish harorati 900 - 1100 °S 
bo‘lib, bu jarayon 3 - 4 sutka davom etadi, harorat kanal bo‘ylab bir tekis 
taqsimlanmaganligi uchun buyumlar turlicha sifatda pishadi. Bu usulda 
qo‘l mehnati ko‘p bo‘lib, jarayonni mexanizatsiyalantirish qiyin.

Yüklə 6,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin