Bino va inshootlar qurilishi tem iryo



Yüklə 6,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/187
tarix11.10.2023
ölçüsü6,28 Mb.
#153482
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   187
Qurilish materiallari A.Odilхo\'jayev

4.2. Shisha ishlab chiqarish
Shisha ishlab chiqarishda asosiy xomashyo sifatida kvars qumi
ohaktosh, soda va natriy sulfati ishlatiladi. Shisha qorishmasini pishirish 
haroratini pasaytirish uchun soda va natriy sulfati qo‘shiladi. Agar kvars 
qumi va sodadan iborat qorishmadan shisha olinsa, nim shaffof suvda 
eruvchan shisha
bo‘ladi (Na,SiO,). Qorishma tarkibiga ohaktosh yoki 
dolomitni kiritish shishaning suvda erimasligini ta’minlaydi. Silikatli 
shisha 1500 °S haroratda maxsus shisha eritish xumdonlarida olinadi. 
Massa harorati 800 - 900 °S ga yetganda silikatlar hosil bo‘lish jarayoni 
boshlanadi. Harorat 1150 - 1200 °S bo‘lganda, massa shaffoflashadi, lekin 
tarkibida havo pufakchalari bo‘ladi. Shisha massasidagi havo aralashmalari 
1500 °S da chiqib ketadi va shisha qiyomiga yetadi. Massaning qoliplash 
harorati 200 - 300 °S atrofida bo‘lib, quyuqligi kimyoviy tarkibiga bog‘liq. 
S i0 2 A120 3 Z r0 2 massani quyuqlashtirsa, Na20 , CaO, LizO aksincha, 
suyuqlashtiradi. Silikat shishaning oksid tarkibi, foiz (%) massa bo‘yicha:
S i0 2-64-73; Al20 3,-0,5-7,2: K20-0-5; Na20-10-15; CaO-2,5-26,5; 
MgO-O-4; Fe20 3,-0-0,4; S 0 3-0-0,5; B20 3-0-5.
43


Shisha massasiga kaolin, dala shpati (A120 3) kiritilishi uning mustah- 
kamligini, termik va kimyoviy chidamliligini oshiradi. Shisha xomashyosi 
tarkibiga B20 3 qo‘shilsa, uning shishalanishi tezlashadi va kristallanishi 
kamayadi. ZnO shishaning haroratdan chiziqli kengayish koeffitsiyentini 
kamaytiradi va termik chidamliligini oshiradi. PbO optik shisha va billur 
tayyorlashda ishlatiladi.
Shisha olish «qayiq» usulida bo‘lib, cheksiz shisha tasmasini tortish 
demakdir. Shisha qalinligi tortish tezligi bilan boshqariladi. Vitrina va 
ko‘zgu oynalari silliqlanadi va shaffoflanadi.
4.3. Shishaning tuzilishi va asosiy xossalari
Shisha to‘g ‘ri fazoviy panjara strukturasiga ega bo‘lmaganligi sababli 
xossalari barcha nuqtalarda bir xil emas. Bundan tashqari, shishaning 
muayyan erish harorati bo‘lmaydi.
Shishada kechadigan pishirish va toblash jarayonlarini o ‘rganish uning 
tarkibida mikrokristall hosilalar - kristallitlar hosil bo‘lishini ko‘rsatadi. 
Shishaning bu holati uning «mikrogeterogenligi» deyiladi. Kristallitlik 
nazariyasi asosida xossalari mukammallashgan, mo‘rtligi kam shishalar
- sitallar yaratiladi. Shishaning o‘ziga xos strukturasi uning shaffofligini, 
mo‘rt!igini, atmosferamuhitiga, olovga chidamliligini, harorato‘zgarishiga 
ta’sirchanligini belgilaydi.

Yüklə 6,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin