Bino va inshootlar qurilishi tem iryo


Betonning issiqlik-fizik xossalari



Yüklə 6,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/187
tarix11.10.2023
ölçüsü6,28 Mb.
#153482
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   187
Qurilish materiallari A.Odilхo\'jayev

6.4.5. Betonning issiqlik-fizik xossalari
Issiqlik sig‘imi. 
Oddiy og‘ir betonning solishtirma issiqlik sig‘imi 
0,75-0,92 kJ/(kg °C) bo‘ladi. Issiqlik sig‘imi, asosan, to‘ldirgichlaming 
xossalariga va betonning zichligiga bog‘liqdir.
Issiqlik o ‘tkazuvchanlik. 
O g‘ir betonning quruq havo sharoitidagi 
issiqlik o ‘tkazuvchanligi 1,2 W/(m-QS). Og‘ir to'ldirgichlar o‘miga g‘ovak 
yengil to‘ldirgichlar ishlatilsa, 
\ 2 - \
marta kamayadi. Betonning namligi 
oshsa yoki suv kirib muzlasa 
\
keskin oshib ketadi. Uysozlik panellari, 
issiq-sovuqdan himoyalovchi konstruksiyalar tayyorlanganda, og‘ir beton 
qo‘shimcha ravishda issiqlik izolyatsiyasi materiallari bilan ta’minlanadi.
Olovbardoshlik. 
Beton umuman yonmaydigan material hisoblansa- 
da, yuqori harorat ta’sirida buziladi. Binolarga o ‘t tushganda olovning 
qisqa muddatli ta’sirida beton xossalari o'zgarmasligi mumkin. Ammo 
160 - 200°S harorat uzoq muddat ta’sir etsa, betonning mustahkamligi 25
- 30 foiz pasayadi. Harorat 500°S oshsa, sement toshi gidrominerallari va 
kalsiy gidrooksidi parchalanadi, natijada betonning mustahkamligi keskin 
kamayadi va konstruksiya buziladi.
Beton uzoq muddat 200°S ortiq haroratda ishlatilishi mo‘ljallangan 
bo‘lsa, betonning issiqlik izolyatsiyasi materiallari bilan himoyalanadi 
yoki konstruksiyalar olovbardosh betondan tayyorlanadi. 0 4 tushish 
ehtimoli ko‘p bo‘lgan qurilish obyektlarida beton yuzasini harorat ta’sirida 
tezlikda ko‘pchib g ‘ovak issiqlik izolyatsiyasi qoplamasi hosil qiluvchi 
maxsus polimer kompozitsiyalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
6.5. Beton qorishm asini tayyorlash, tashish va ishlatish
6.5.1. Beton qorishm asini tayyorlash
Qurilish industriyasida beton qorishmasi mexanizatsiyalashtirilgan 
va avtomatlashtirilgan beton zavodlarida, temirbeton zavodlarining beton 
qorish uzellarida yoki bevosita qurilish maydonlarida jihozlangan ko‘chma 
beton qorgich markazlarida tayyorlanadi.
Betonning sifati komponentlarni aniq tortish, sinchiklab aralash- 
tirishga bog‘liq. Zavodda beton qorishmasi avtomatik va yarim avtomatik
86


dozatorlar vositasida miqdorlanadi. Dozalash aniqligi sement va suv 
uchun ±1 foLz (massasi bo ‘yicha) va toMdirgichlar uchun ±2 foizdan 
ortiq boMmasligi kerak. Hozirgi kunda beton komponentlarini dozalash 
kompyuter marka^laridan turib boshqariladi va beton qorish jarayonida 
toMdirgichlaming n^mligi hisobga olinib, tarkibiga aniqliklar kiritiladi.
Beton qorgichlafuzlukli va uzluksiz ishlaydigan turlarga boMinadi. 
Ular beton qorishmasining erkin tushishiga va uni majburan aralashtirishga 
asoslangan boMadi. Harakatchan va quyma beton qorishmalar material 
erkin tushadigan qorgichlarda tayyorlanadi. Bu qorgichlar ishchi organi 
baraban ichiga o‘matilgan kurakchalardan iborat. Baraban aylantirilganda 
kurakchalar komponentlami ilintirib biroz balandlikka ko‘taradi, so‘ngra 
m ateriallar pastga tushib aralashadi. Bu prinsipda ishlaydigan beton 
qorgichlaming ishchi sigMmi 100-15001. Maxsus mexanizmlar yordamida 
barabanning qiyaligi o ‘zgartirib turiladi. Ishchi sigMmi 120 1 gacha boMgan 
betonqorgich ko‘chma, undan katta hajmlari esa qo‘zg‘almas boMadi. 
Erkin tushadigan betonqorgichlarda harakatchan beton qorishmalari hajmi 
500 1 boMsa, 1 - 1,5 minut; hajmi 1200 1 boMsa, 2 minut va hajmi 2400 I 
boMsa, 2,5-3 minut davomida sinchiklab aralashtirib tayyorlanadi.
Majburan aralashtiradigan beton qorgichlarda bikr beton qorishmalari 
tayyorlanadi. Bunday qorgichlar silindrsimon shaklda boMib, markaziy 
rotor qismiga kurakchalar o‘matilgan. Rotor aylantirilganda kurakchalar 
beton qorishmasini majburan aralashtirib bir jinsli massaga aylantiradi. 
Beton qorishmasi silindr tubidagi tirqish orqali tushiriladi.
Harakatchan beton qorishmalarini gorizontal valga o‘matilgan kurak- 
chali va shnekli uzluksiz qorgichlarda tayyorlash mumkin. Bikr beton qo­
rishmalarini esa qo‘shimcha titratish usulida aralashtirish maqsadga muvo- 
fiq.
Uzluksiz beton qorgichlar unumdorligi (30, 60, 120 m3soat) uzlukli 
qorgichlarga nisbatan yuqori.
Beton qorishmasi tayyorlaydigan zavod va uzellar toMa mexanizatsiya- 
lashtirilgan va avtomatlashtirilgan komponentlami qabul qilib oluvchi, uza- 
tuvchi, zarurat boMganda isituvchi toMdirgichlar va sement omborxonasiga 
ega boMishi kerak. Sement va toMdirgichlar transporter yordamida bunker- 
latga solinadi va dozatorlarda oMchab, beton qorgichlarga uzatiladi, suv va 
turli qo‘shilmalar alohida tayyorlanib, beton qorgichga nasos yordamida 
uzatiladi. Beton qorishmasi maromiga yetkazib tayyorlangach, maxsus 
transporter yordamida iste’molchiga yuboriladi.
87


Hozirgi kunda beton qorishmasini quruq holda tayyorlab iste’molchiga 
yuborish va qurilish obyektining o ‘zida suv bilan aralashtirish keng 
tarqalmoqda.
Bu usulda quruq beton qorishmasi maxsus avto beton qorgichlarda 
iste’molchilarga yetkaziladi. Zamonaviy avtobetonqorgichlar maxsus 
kompyuterlar yordam ida boshqariladi va istalgan tarkibdagi hamda 
miqdordagi beton qorishmasini tayyorlash imkoniyati mavjud.

Yüklə 6,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin