Issiqlik ta’minoti tariflari tasdiqlandi. Unga ko‘ra aholi va tadbirkorlar uchun narxlar o‘zgarmaydigan bo‘ldi. Toshkent shahar Xalq deputatlari Kengashi 2022-2023-yillar isitish mavsumi uchun issiqlik ta’minoti xizmatlari tariflarini tasdiqladi. Jismoniy shaxslar shuningdek kichik, o‘rta va yirik biznes uchun tariflar avvalgi holda qoladi.
Issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun chakana tariflar quyidagicha:
aholi uchun - 91 960 so‘m/Gkal (2019 yil 15 avgustdan amalda); kichik, o‘rta va yirik biznes uchun - 141 737 so‘m/Gkal (2019 yil 15 avgustdan amalda). Budjet tashkilotlari uchun chakana tarif – 502 067 so‘m/Gkalni tashkil qiladi. Ushbu tarif e’lon qilingan kundan boshlab 15 kun o‘tib, ya’ni 2022-yil 21-oktyabrda kuchga kiradi.
Qayd etilishicha, bazaviy va chakana tariflar o‘rtasidagi farq Toshkent shahrining mahalliy budjeti hisobidan subsidiyalanadi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrining issiqlik ta’minoti tizimini 2022-yil 1-iyuldan boshlab Fransiyaning Veolia kompaniyasiga tegishli «Veolia Energy Tashkent» MChJ XKning sho‘’ba kompaniyasi 30 yil davomida boshqaradi.
TASHQI ISSIQLIK TA`MINOTI TIZMLARI Hozirgi vaqtda aholini issiqlik, gaz va suv bilan ta`minlash uzluksiz ravishda sifatli ta`minlashga respublikamizda juda kata e`tabor berilyapti. Shu bois mamlakatimizda iqtisodiy islohatlarni amalga oshirishda mazkur soha yettinchi ustuvor yo`nalish deb belgilangan.
Issiqlik ta`minoti tizmlarini loyihalashda: Issiqlikni asosiy iste`molchilarini aniqlash zarur.
Markazlashtirilgan issi`lik ta`minoti tizmlarida issiqlik binolarni isitishga, ventilyatsiya va havoni konditsiyalash qurilmalarida xonalarga uzatiladigan havoni qizdirishga, issiq suv ta`minotiga, shuningdek sanoat korxonalarida past haroratli (300-350 C) texnalogik jarayonlarga sarflanadi.
Yil davomida issiqlikni iste`mol qilish bo`yicha yuqorida qayt etilgan iste`molchilar 2 turga bol`inadi:
Mavsumiy iste`molchilar.
Yil davomidagi iste`molchilar.
Mavsumiy iste`molchilar isssiqlikni tashqi havonng haroratiga bog`liq bo`lgan holda sarflaydi. Masalan, isitish va ventilyatsiyaga bo`lgan issiqlik yuklamalari tashqi havoning haroratiga va boshqa shart sharoitlarga bog`liqdir. Agar tashqi havoning harorati isitilayotgan honadagi havoning haroratiga ten va undan yuqori bo`lsa, u holda isitish va ventilyatsiyaga issiqlik energiyasi talab etilmaydi.
Demak, isitish va ventilyatsiya tizmlari yil davomida tashqi havoning past haroratlarida ishlatiladi. Shuning uchun bunday iste`molchilar mavsumiy iste`molchilar deb ataladi.
Yil davomidagi iste`molchilar issiqlik yil davomida tashqi havoning haroratiga deyarli bog`liq bo`lmagan holda sarflaydi. Masalan issiq suv ta`minoti tizmlari va turli hil texnalogik jarayonlarga issiqlik yuklamalar tashqi havoning haroratiga bog`liq bo`lmaydi. Shuning uchun bunday iste`molchilar yil davomidagi iste`molchilar deb aytiladi.
Issiqlik iste`mol qilish bo`yicha binolarni 3 guruhga bo`lish mumkun.
Turar joy binolari
Jamoat binolari
Ishlab chiqarish korxonalari.
Turar joy binolari uchun isitish, ventilyatsiya mavsumiy iste`moli bo`lsa, issiq suv ta`minoti yil davomidagi iste`moli bo`ladi. Turar joy binolari uchun xonalarga havo ventilyatsiya orqali hamda oyna va tashqi to`siqning tirqishlaridan kiradi.
Ko`pchilik jamoat binolarida, asosan iste`mol mavsumiy bo`lib isitish, ventilyatsiya va havoni kondetsiyalash uchun issiqlik sarf qilinadi.
Ishlab chiqarish korxonalarida esa mavsumiy va yil davomidagi iste`mol bol`ib issiq suv sarflanadi.