TSDI & TMA | International Conference | 2022 Tashkent State Dental Institute Google Scholar indexed Tashkent Medical Academy DOI: 10.24412/2181-1385-2022-42-45 Bioethics and Law | Bioetika va huquq 43 May 12, 2022 www.tsdi.uz www.tma.uz tajribalardan voz kechish imkoniyati mavjudligi ko`rsatib o`tilgan. Ushbu Kodeksda
aynan,
bioetika
masalasiga
taalluqli
bandlar
mavjud
bo`lib,
ulardan
qonunchiligimzda namuna sifatida foydalanilgan.
O`zbekiston Respublikasi milliy qonunchilik tizimida har bir elementaristik
sferalarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar ishlab chiqib, takomillashtirib
borilmoqda. Jumladan, tibbiyot sohasining sog`liqni saqlash, aholi salomatligini
mustahkamlash, bolalar va ayollar o`rtasida profilaktika ishlarining samarali yo`lga
qo`yilganligi e‟tirofga sazovor. Shuningdek, Respublika miqyosida biotibbiyot
tadqiqotlarini o`tkazish, biomeditsina va genetikada innovatsion texnologiyalarni
qo`llash va joriy etishda xalqaro huquq normalarini ratsifikatsiya qilinganligi va
ulardagi standart mezonlar asosida amaldagi qonun va qonunosti hujjatlarga
qo`shimcha va o`zgartirishlar kiritilganligi “Fuqarolar salomatligini muhofaza qilish
to`g`risida”gi Qonunda o`z aksini topdi.
O`zbekiston Respublikasida sog`liqni saqlashni rivojlantirish konsepsiyasi
ishlab chiqilgan bo`lib, ular tibbiy-klinik tadbirlar va biotibbiyot tadqiqotlarini
amalga oshirilishi ustidan axloqiy-huquqiy nazoratni amalga oshirishning aniq
chora-tadbirlari va resurslarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar, umumdavlat
dasturlarini qabul qilish uchun asos bo`ladi. Aynan, ushbu konsepsiyada
mamlakatimizda ko`rilayotgan chora-tadbirlar natijasida aholiga tibbiy xizmat
ko`rsatishning samaradorligi, sifati va qulayligini oshirish ta‟minlanganligi, BMT
Ming yillik rivojlanish maqsadlarining asosiy parametrlariga erishilganligi muayyan
ma‟noda pozitivlik kasb etadi.
Tibbiyot sohasi bevosita “inson-inson” tamoyiliga asoslangan sohalar
qatoridan o`rin olgan bo`lib, tibbiyot xodimlari, ayni vaqtda, muayyan sohada
faoliyat yurituvchi subyektlar(jismoniy va yuridik shaxslar) nafaqat, jamiyat va
fuqarolar, balki, qonun oldida ham javobgarlikka egadirlar. O„zbekiston
Respublikasi qonunlarida, hukumat qarorlarida, Sog„liqni saqlash vazirligining
buyruq va ko„rsatmalarida mustahkamlangan tartib-qoidalar esa, ayni vaqtda,
tibbiyot sohasi vakillari uchun huquq va erkinliklardan tashqari, burch va
majburiyatlarni ham yuklaydi. Ma‟lumki, qonunchiligimizda, xususan, Jinoyat
Kodeksi 14-moddasining birinchi qismida “kodeks bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy
xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jazo qo„llash tahdidi bilan jinoyat deb
topiladi”, - deb belgilangan va yuqorida keltirilgan
harakat yoxud harakatsizlik oqibatida ham jinoyat yuzaga kelishi mumkinligi qayd etilgan.
Bundan
ko`rinib
turibdiki,
shifokorlar
ham
o`zlarining
harakatsizligi sababli ham javobgarlikka tortilishi mumkin. Bu