TSDI & TMA | International Conference | 2022 Tashkent State Dental Institute Google Scholar indexed Tashkent Medical Academy DOI: 10.24412/2181-1385-2022-42-45 Bioethics and Law | Bioetika va huquq 44 May 12, 2022 www.tsdi.uz www.tma.uz esa, tibbiyot xodimlari o`z lavozimlariga sovuqqonlik bilan yondashgan holda,
Gippokrat qasamyodiga hamda qonunga xilof tarzda aybli qilmish sodir etishlarini
jinoyat deb topilishini bildiradi. Ya‟ni, shifokorlar qasamyodni buzganlik uchun
qonunda belgilangan javobgarlikka tortiladilar.
“Fuqarolar sog`lig`ini saqlash to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi
qonunining 13-moddasida keltirilishicha “Davlat fuqarolarda kasalliklarning har
qanday shakllari borligidan qat‟i nazar, ularning kamsitishlardan himoya qilinishini
kafolatlaydi. Ushbu qoidani buzishda aybdor bo„lgan shaxslar qonunda belgilangan
tartibda javobgar bo„ladilar”. Demak, yuqoridagi normaga muvofiq, davlat va u
vakolat bergan tibbiyot subyektlarining fuqarolar tomonidan kamsitishi ham
javobgarlikni keltirib chiqarishi belgilanganligi bu normaning Jinoyat Kodeksida
qo`riqlanadigan fuqarolarning huquqlari poymol etilishi, tibbiyot xodimlarining
harakat oqibatida jinoyat sodir etishi haqida ma‟lumot beradi. Ushbu qonunning 30-
moddasida esa “Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari fuqarolarga shoshilinch tibbiy
yordam ko„rsatishlari shart. Ular shoshilinch tibbiy yordam ko„rsatishdan bo„yin
tovlaganlik, shuningdek fuqarolarning sog„lig„iga yetkazilgan zarar uchun qonunga
muvofiq javobgar bo„ladilar” deb belgilangan va albatta, ushbu qilmish protsessual
qonunchilikda snaksiya qo`llashga sabab bo`ladi.
Aholi salomatligini muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatini, insonlarda
klinik, biotibbiyot va genetik tadqiqotlar o„tkazishning huquqiy, iqtisodiy va axloqiy
asoslari yuqorida keltirib o`tilgan qonun, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi Sog`liqni saqlash vazirligi to`g`risidagi qonun, JSST
rahbarligida qabul qilingan qonun hujjatlariga ko`ra taribga solinmoqda. Amaldagi
qonunchilikni buzayotgan sog`liqni saqlash tizimi xodimlarini ma‟muriy va jinoiy
javobgarlikka tortish kabi sanksiya kuchiga ega bo`lgan normalarning batafsil bayon
etilishini ham tibbiyot xodimlarining huquqiy javobgarligi sifatida ko`rish mumkin.
Bugungi kunda, Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan O`zbekiston
Respublikasi Sog`liqni saqlash kodeksi
loyihasi
ishlab chiqildi. Loyihada davlat
tomonidan tartibga solish, sohani boshqarish, tibbiyot muassasalarida nazorat va
kuzatuvni, shuningdek sog`liqni saqlash sohasida idoralararo oʻzaro hamkorlikni
amalga oshirish tartibi keltirilgan. Kodeksda sog`liqni saqlash tizimini
moliyalashtirish meхanizmlari bayon etilgan bo`limlar ham mavjud. Bundan tashqari,
sanitariya-epidemiologik nazoratni tashkil etish batafsil ko`rib chiqilgan. Keltirilgan
faktlar va islohotlar shuni ko`rsatadiki, mamlakatimizda ham
xalqaro amaliy tajribalardan keng foydalanilib, tibbiyot
xodimlarining huquqiy javobgarligi,umuman olganda, ularning