O’quv modulining maqsadi va vazifalari 2.1. Modulning maqsadi - bo’lajak mutaxassislarda organizmdagi a’zo va sistemalarning faoliyatidagi radiasion nurlanish va uning biologik obyektlarga (jumladan, odam organizmiga) ta’sir mexanizmlari haqida ilmiy bilimga ega bo’lish, amaliy jihatdan tabiiy radiasion fon, tibbiy rentgenologik diagnostika qurilmalari, maishiy turmushda foydalaniladigan qurilmalar ta’sirida nurlanish kelib chiqishi xavfidan ogoh bo’lish, tashqi muhit ta’sirini o’lchovchi (dozimetrik) va muhofaza qiluvchi asbob va qurilmalardan foydalanishni o’rgatishdir.
2.2. Modulning vazifalari: Umumiy va tibbiy radiobiologiyaning eng muhim vazifasi - asosiy radiologik paradoksni tushuntirish, nurlangan biologik obyektlarning kam miqdorda so’rilgan energiya va haddan tashqari reaksiyalar o’rtasidagi nomuvofiqlik. Ushbu muammoni hal qilish uchun radibiologiya ionlashtiruvchi nurlanishni molekulyar mexanizmlari haqida nazariy g’oyalarni va radiologik usullardan foydalangan holda o’tkazilgan eksperemental tadqiqotlar natijalari, ionlashtiruvchi nurlanishning umumiy qonunlari va o’ziga xos mexanizmlarini maxsus tibbiy tashxis va muolajalar uchun zarur bo’lgan tibbiy asbob va uskunalarni maqsadga muvofiq tanlay bilish; ionlashtiruvchi tibbiy asboblarning texnik hujjatlarini, ularning tuzilishi va ishlash prinsiplarini malakali tushunish.
2.3. Modul bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar: - Ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanish;
- Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari asosidagi zamonaviy tibbiy asboblar;
- Ionlashtiruvchi nurlanishning asosiy turlarini tirik hujayralarga, to’qimalarga, organlarga va inson tanasiga ta’sir qilit mexanazmlari;
- Umumiy va tibbiy radiobiologiya sohasi o’lchov natijalarini matematik modellashtirish va qayta ishlash;
- Eksperemental tadqiqotlarni rejalashtirish va o’tkazish;
- Radiofarmpreparatlar va patologik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish;
- Ionlashtiruvchi nurlanishning salbiy ta’siri bilan bog’liq kasalliklarni;
- Radiasion tashxiz va radiasion davolashning asosiy usullari va tamoiyllari haqida tasavvurga ega bo’lishi; - xujayralar, to’qimalar, organlar darajasida radiasiyani modellashtirish imkoniyatlarini baholash;
- tajriba va klinikada olingan ma’lumotlarni tahlil qilish uchun matematik va statistik qurilmalarni imkoniyatlarini aniqlash;
- eksperemental ma’lumotlarni tahli qilish va baholash;
- rabiodibiologiyada tadqiqot vazifalarini shakllantirish va rejalashtirish;
- umumiy va tibbiy radiobiologiyada tibbiy-biologik tadqiqotlar muammolarni hal qilish uchun zamonaviy usullarni ishlab chiqish;
- dozimerik va radiometrik tadqiqotlar o’tkazishni bilishi vaulardan foydalana olishi;
- Radiasion tashxiz va radiasion davolash uchun zamonaviy asboblar bilan ishlash ko’nikmalari; - Dozimetriya, klinik dozimetriya, radiometriya, spektrometriya usullari;
- Kompyuter dasturlari bilan ishlash qobiliyati;
- Ma’lumotlarni qayta ishlash usullari;
- Radiasion tashxiz usullari bilan diagnostik ko’rikdan o’tkazish amaliy ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.