Biofizika va tibbiyot texnikasi


Moduldagi kurs ishini tashkil etish bo’yicha umumiy ko’rsatma va tavsiyalar



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə9/13
tarix14.09.2022
ölçüsü0,91 Mb.
#63668
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Ishchi radiobiologiyadan

5. Moduldagi kurs ishini tashkil etish bo’yicha umumiy ko’rsatma va tavsiyalar:
“Umumiy va tibbiy radiobiologiya” modulida kurs ishi rejada ko’zda tutilmagan.


6. Modul bo’yicha talabalar bilimini nazorat qilish turlari va baholash mezonlari.
“Umumiy va tibbiy radiobiologiya” moduli bo’yicha nazorat turlari va baholash mezonlari haqidagi ma’lumot modul bo’yicha birinchi mashg’ulotda talabalarga e’lon qilinadi. Talabalarning modul bo’yicha o’zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlari o’tkaziladi:
- joriy nazorat (JN);
- yakuniy nazorat (YaN).
Modulga ajratilgan 2,5 kreditni talaba JN davomida yig’adi. Semestr yakunida yozma test topshiriladi.
JORIY NAZORAT (JN)
Joriy nazoratda talabaning modul mavzulari bo’yicha bilim, amaliy ko’nikma va kompetensiyalarni egallash darajasini aniqlash va baholab borish ko’zda tutiladi. Umumiy va tibbiy radiobiologiya moduli bo’yicha JN og’zaki, o’rgatuvchi-nazorat testlari, tarqatma materiallari bilan ishlash, vaziyatli masalalar yechish, uyga berilgan vazifalarni tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o’tkazilishi mumkin.
Baholashda talabaning bilim darajasi, amaliy mashg’ulot materiallarini o’zlashtirishi, nazariy material muhokamasida va ta’limning interaktiv usullarida ishtirokining faollik darajasi, shuningdek, amaliy bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirish darajasi, kompetensiyalarni egallash (ya’ni nazariy, analitik va amaliy yondoshuvlar) hisobga olinadi.
Har bir mashg’ulotda barcha talabalar baholanishi shart. Maksimal ball 100, o’tish bali 55 ball.
Talaba xar bir bo’limdan belgilangan kreditlarni to’plagandan keyingina yakuniy nazoratga kiritiladi.
Joriy nazoratda saralash (o’tish) ballidan kam ball to’plagan va uzrli sabablarga ko’ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat turigacha, so’nggi joriy nazorat uchun yakuniy nazoratgacha bo’lgan muddat beriladi.
Kasalligi sababli darslarga qatnashmagan hamda belgilangan muddatlarda joriy nazoratni topshira olmagan talabalarga fakultet dekani farmoyishi asosida, o’qishni boshlaganidan so’ng ikki hafta muddatda topshirishga ruxsat beriladi.
Semestr yakunida modul bo’yicha joriy nazoratda saralash balidan kam ball to’plagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
Akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin qayta o’zlashtirish uchun bir oy muddat beriladi. Shu muddat davomida modulni o’zlashtira olmagan talaba fakultet dekani tavsiyasiga ko’ra belgilangan tartibda rektorning buyrug’i bilan talabalar safidan chetlashtiriladi.



Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin