Biofizika va tibbiyot texnikasi



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə1/13
tarix14.09.2022
ölçüsü0,91 Mb.
#63668
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Ishchi radiobiologiyadan


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
FARG‘ONA JAMOAT SALOMATLIGI TIBBIYOT INSTITUTI
BIOFIZIKA VA TIBBIYOT TEXNIKASI” KAFEDRASI

UMUMIY VA TIBBIY RADIOBIOLOGIYA”




MODULINING ISHCHI O‘QUV DASTURI

Bilim sohasi: 500 000 - Sog’liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot


Ta’lim sohasi: 510 000 - Sog’liqni saqlash


Ta’lim yo’nalishi: 5313000 - Biotibbiyot muxandisligi




Toshkent 2021
Modulning ishchi o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 4-iyundagi 121-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan (Umumiy va tibbiy radiobiologiya) modul dasturi asosida tayyorlangan.


Tuzuvchi:
Eshonov R.M. - FJSTI, Biofizika va tibbiyot texnikasi kafedrasi assistenti.
Taqrizchilar:


Sodiqov U.T. - Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, “Ichki kasalliklar”
kafedrasi mudiri, t.f.n.


Maroziqov N.Q. - Respublika onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy markazi
Farg’ona filali, vrach-radiolog.

Modul ishchi o`quv dasturi “Biofizika va tibbiyot texnikasi” kafedrasida ko`rib chiqilgan va uslubiy kengashga tavsiya qilingan (202_ yil “___” _________ “___” - sonli bayonnoma)


Institut uslubiy kengashida ko`rib chiqilgan va ilmiy kengashga tavsiya qilingan (202_ yil “___” _________ “___” - sonli bayonnoma)


Modul ishchi o`quv dasturi institut ilmiy kengashida tasdiqlandi va foydalanishga tavsiya qilindi (202_ yil “___” _________ “___” - sonli bayonnoma)






I. O’quv modulining dolzarbligi va oliy ta’limdagi o’rni

Modul dasturi O’zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim standarti va bakalavriat ta’lim yo’nalishi malaka talablariga asoslangan holda tuzilgan. Ushbu dastur asosida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o’qitish jarayonida qo’llagan holda, talabani nazariy ma’lumotidan boshlang’ich amaliy ko’nikmalarni bajarishga o’rgatib, orttirilgan ko’nikmalarni zamonaviy tibbiy texnologiyalar orqali amaliyot bilan uyg’unlashtirilgan holda qo’llashga imkon yaratadi.


“Umumiy va tibbiy radiobiologiya” moduli o’quv rejaning umumkasbiy modullar blokiga taaluqli.
“Umumiy va tibbiy radiobiologiya” moduli o’qitilishi talabalar tomonidan umumiy fizika biofizika, tibbiy biologiya umumiy genetika, tibbiy kimyo, anatomiya, fiziologiyaga oid modullardan olingan yetarli bilim va ko’nikmalarga asoslanadi.
Ushbu dasturda “Umumiy va tibbiy radiobiologiya” modulining mazmuni, predmeti, maqsadi va vazifasi hamda mohiyati aks ettirilgan.
Radiobiologiya (radiasion biologiya) - ionlashtiruvchi nurlanish va ionlashtiruvchi ta’sirga ega bo’lmagan nurlanishning biologik ta’sir mexanizmlarini o’rganuvchi, jumladan, radiasion energiyaning alohida molekulalar tomonidan yutilishidan tortib, xujayra va organizm darajasida yuz beruvchi murakkab tavsifga ega biologik o’zgarishgacha jarayonlarni tavsiflat uchun zamin yaratib beradi.
Bo’lajak biotibbiyot muxandisi mutaxassisi Umumiy va tibbiy radiobiologiyaga doir bilimlariga asoslangan dasturning tibbiy radiologiya, tibbiy-biologik tadqiqotlarda kompyuter texnologiyalari va nanotexnologiyalar, biologiya va tibbiyotda matematik modellashtirish modullarini egallashda zarur bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladi.



Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin