Biofizika va tibbiyot texnikasi


Umumiy va tibbiy radiobiologiya



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə12/13
tarix14.09.2022
ölçüsü0,91 Mb.
#63668
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Ishchi radiobiologiyadan

Umumiy va tibbiy radiobiologiya

Modul kodi:

Kredit hajmi: 2,5 kredit Shundan:
JN - 2,5 kredit:
YaN - 0 kredit (o’tilishi majburiy)

Modul o’tilish davri:
4 semestr

ESTS va1ue: 4

Ta’lim yo’nalishi

5313000 - Biotibbiyot muhandisligi

2 bosqich bakalavrlari

Modulning
davomiyligi

18 xafta

O’quv soatlari xajmi:

Jami soat:

54

Shuningdek:

ma’ruza

14

amaliy mashg’ulot

40

laboratoriya ishi

O’quv modulining statusi

Umumkasbiy modullar bloki

OTM nomi, manzili

Kafedra nomi

Mazkur kursning o’qituvchilari haqida ma’lumot

Ma’ruzachilarning F.I.Sh.
Amaliy mashg’ulot o’tkazuvchilarning F.I.Sh.

B-tay:
B-tay:

Mashg’ulot vaqti va joyi

Modulning mazmuni

Radiobiologiya (radiasion biologiya) - ionlashtiruvchi nurlanish va ionlashtiruvchi ta’sirga ega bo’lmagan nurlanishning biologik ta’sir mexanizmlarini o’rganuvchi, jumladan, radiasion energiyaning alohida molekulalar tomonidan yutilishidan tortib, xujayra va organizm darajasida yuz beruvchi murakkab tavsifga ega biologik o’zgarishgacha jarayonlarni tavsiflash uchun zamin yaratib beradi.

Prerekvizitlar

“Umumiy va tibbiy radiobiologiya” moduli o’qitish talabalar tomonidan umumiy fizika biofizika, tibbiy biologiya umumiy genetika, tibbiy kimyo, anatomiya, fiziologiyaga oid modullari nazariy qismi hisoblanadi.

Postrekvizitlar

“Umumiy va tibbiy radiobiologiya” tibbiy-biologik tadqiqotlarda kompyuter texnologiyalari va nanotexnologiyalar, biologiya va tibbiyotda matematik modellashtirish modullarini o’rganish va chuqur egallash uchun zarur bo’lgan fundamental umumkasbiy bilimlarni, amaliy ko’nikmalarni shakllantiradi.

Modulning maqsadi

Bo’lajak mutaxassislarda organizmdagi a’zo va sistemalarning faoliyatidagi radiasion nurlanish va uning biologik obyektlarga (jumladan, odam organizmiga) ta’sir mexanizmlari haqida ilmiy bilimga ega bo’lish, amaliy jihatdan tabiiy radiasion fon, tibbiy rentgenologik diagnostika qurilmalari, maishiy turmushda foydalaniladigan qurilmalar ta’sirida nurlanish kelib chiqishi xavfidan ogoh bo’lish, tashqi muhit ta’sirini o’lchovchi (dozimetrik) va muhofaza qiluvchi asbob va qurilmalardan foydalanishni o’rgatishdir.

Modulning
vazifalari

Umumiy va tibbiy radiobiologiyaning eng muhim vazifasi - asosiy radiologik paradoksni tushuntirish, nurlangan biologik obyektlarning kam miqdorda so’rilgan energiya va haddan tashqari reaksiyalar o’rtasidagi nomuvofiqlik. Ushbu muammoni hal qilish uchun radibiologiya ionlashtiruvchi nurlanishni molekulyar mexanizmlari haqida nazariy g’oyalarni va radiologik usullardan foydalangan holda o’tkazilgan eksperemental tadqiqotlar natijalari, ionlashtiruvchi nurlanishning umumiy qonunlari va o’ziga xos mexanizmlarini maxsus tibbiy tashxis va muolajalar uchun zarur bo’lgan tibbiy asbob va uskunalarni maqsadga muvofiq tanlay bilish; ionlashtiruvchi tibbiy asboblarning texnik hujjatlarini, ularning tuzilishi va ishlash prinsiplarini malakali foydalanish bo’yicha o’rgatish hisoblanadi

Modul bo’yicha talabalar bilimi, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar

-Ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanish;
- Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari asosidagi zamonaviy tibbiy asboblar;
- Ionlashtiruvchi nurlanishning asosiy turlarini tirik hujayralarga, to’qimalarga, organlarga va inson tanasiga ta’sir qilish mexanazmlari;
- Umumiy va tibbiy radiobiologiya sohasi o’lchov natijalarin matematik modellashtirish va qayta ishlash;
- Eksperemental tadqiqotlarni rejalashtirish va o’tkazish;
- Radiofarmpreparatlar va patologik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish;
- Ionlashtiruvchi nurlanishning salbiy ta’siri bilan bog’liq kasalliklarni;
- Radiasion tashxiz va radiasion davolashning asosiy usullari va tamoiyllarini haqida tasavvurga ega bo’lishi;
- xujayralar, to’qimalar, organlar darajasida radiasiyani modellashtirish imkoniyatlarini baholash;
- tajriba va klinikada olingan ma’lumotlarni tahlil qilish uchun matematik va statistik qurilmalarni imkoniyatlarini aniqlash;
- eksperemental ma’lumotlarni tahli qilish va baholash;
- rabiodibiologiyada tadqiqot vazifalarini shakllantirish va rejalashtirish;
- umumiy va tibbiy radiobiologiyada tibbiy-biologik tadqiqotlar muammolarni hal qilish uchun zamonaviy usullarni ishlab chiqish;
- dozimerik va radiometrik tadqiqotlar o’tkazishni bilishi va ulardan foydalana olishi;
- Radiasion tashxiz va radiasion davolash uchun zamonaviy asboblar bilan ishlash ko’nikmalari;
- Dozimetriya, klinik dozimetriya, radiometriya, spektrometriya usullari;
- Kompyuter dasturlari bilan ishlash qobiliyati;
- Ma’lumotlarni qayta ishlash usullari;
- Radiasion tashxiz usullari bilan diagnostik ko’rikdan o’tkazish amaliy ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.

Ta’lim berish usullari

ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlar.

Ta’minot

videofilmlar, multimediyali va o’qituvchi kompyuter dasturlardan, o’qitish metodikasidagi yangi texnologiyalardan, mavzular bo’yicha nazariy bilimlarni so’rashdan foydalaniladi; bakalavrlarning mustaqil ishi, individual va guruhli prezentasiyalar, uyga berilgan vazifalarni tayyorlash, referatlar yozish, testlar, vaziyatli masalalar va boshqalar.




Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin