Biofizika


Qisqa to’lqinli nurlanish



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə18/54
tarix17.05.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#114998
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   54
Биофизика маърузалар матни Позилов

Qisqa to’lqinli nurlanish energiyasi, kimyoviy bog’lar energiyasidan katta bo’lib, molekulalarni ionlantiradi va kimyoviy bog’larni uzadi. Aynan shu soha bilan radiobiologiya shug’ullanadi.
Uzun to’lqinli nurlanish modda tomonidan yutilganda elektronning aylanma va tebranma energiyalari oshadi. SHu sababdan, IQ nurlanish reaktsiyalar tezligini oshiradi, ammo u molekulalarda kimyoviy o’zgarishlarni keltirib chiqarishga qodir emas.
Energiyasi 4 - 6 eV (200 - 300 nm) fotonlar,oqsillar va nuklein kislotalar tomonidan yutilib, molekulalarni qo’zg’algan holatga, yahni molekulaning yuqoriroq energiya sathiga (qo’zg’algan holatga) o’tishiga olib keladi. Aynan mana shunday fotokimyoviy reaktsiyalar, oxirgi natijada oqsillar, nuklein kislotalar va boshqa biopolimerlarda fotobiologik effektlarga sabab bo’ladi. Ko’rinuvchi nur esa, fotosintez, fotoretse’tsiya, fotomorfogenez hamda fotodinamik effektlar uchun aktiv hisoblanadi.
Fotonning yutilish jarayoni molekulaga elektronlarning o’tishlari bilan bog’liq hisoblanadi. Molekuladagi elektronlar mahlum bir energiya qiymatiga ega bo’lib, energetik sathlarni tasvirlaydi (1-rasm). Bu sathlarda, ular xuddi shkafning ‘olkalaridek joylashgan bo’lib, mavjud molekulalar ‘astki har bir sathda juft bo’lib joylashadilar. Yorug’lik kvantini yutgan elektron bo’sh bo’lgan yuqorigi sathga ko’tariladi. Fotonni yutgan molekula qo’zg’algan-elektron deb ataladi. Yutilgan energiya fotokimyoviy reaktsiyani boshlab yuborishi va fotobiologik jarayonlarni tezlashtirishi mumkin bo’ladi.
Grotgus qoidasiga ko’ra, fotokimyoviy reaktsiyaga faqat molekula tomonidan yutilgan nurgina sabab bo’ladi. Demak, fotokimyoviy jarayonlar asosida yorug’likning yutilishi hodisasi yotadi.
Intensivligi Io-nurning, qalinligi l-ga teng yutuvchi muhitdan o’tishini ko’zdan kechiramiz. Mazkur intensivlik, yutuvchi muhitdan chiqqanda, yutilish evaziga kamayib, I-ga teng bo’lib qoladi. Oqimning ‘asayishi faqatgina zarrachalar tomonidan yutilgan sonlar bilan aniqlanadi va molekulalarning o’zaro tahsiriga va oqimning absolyut kattaligiga bog’liq bo’lmaydi.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin