Biofizikaning bo’limlari Biofizika fani bir necha bo’limlarga bo’lib o’rganiladi, lekin bu bo’limlar bir-biri bilan o’zaro bog’liq va hech qanday chegara bilan ularni ajratish mumkin emas. Molekulyar biofizika, membranalar biofizikasi, hujayraviy jarayonlar biofizikasi, qisqaruvchan tizimlar biofizikasi, bioenergetika, fotobiologiya, radiobiologiya, biologik jarayonlar kinetikasi, termodinamika va murakkab tizimlar biofizikasi biofizikaning asosiy bo’limlaridir.
Molekulyar biofizikabiomolekulalarning fazoviy tuzilishi va xossalarini, ularning o’zaro tahsir kuchlarini o’rganadi. Ayniqsa, makromolekulalar tuzilishi va funktsiyasini o’rganishning ahamiyati katta bo’lib, oqsillar, nuklein kislotalar, uglevodlar va boshqa biopolimerlarning hayotdagi rolini tushunishga yordam beradi.
Membranalar biofizikasi biomembranalarning tuzilishi va fizikaviy xususiyatlarini, sunhiy membranalar tuzilishi va xossalari, membrana potentsiallarining hosil bo’lish qonuniyatlarini o’rganadi. Membranalardan moddalarni ‘assiv va aktiv trans’orti, diffuziya va o’tkazuvchanlik, ion kanallarining tuzilishi va xususiyatlarini ham membranalar biofizikasi bo’limida o’rganiladi.
Hujayraviy jarayonlar biofizikasi hujayrada kechadigan fizik-kimyoviy jarayonlarni o’rganadi. Bu bo’limning ahamiyati shundaki, har bir to’qima hujayralardan tuzilgan va ular faoliyatida kechadigan jarayonlarni biofizika fanisiz o’rganish va tushunish mumkin emas. Masalan, hujayra membranasi o’tkazuvchanligi, muskullar qisqarishi, nerv impulsi hosil bo’lishi va tarqalishi, retseptsiya, fotosintez, energiya almashinuvi va hokazo. Hujayra biofizikasi membranalar biofizikasi va molekulyar biofizika bilan uzviy aloqada ish olib boradi. Tinchlik va harakat potentsiallarini hosil bo’lishi va tarqalishi, sina’slarning tuzilishi va potentsiallarni ulardan o’tishini o’rganish elektrofiziologiya va neyrofiziologiyada ahamiyatga ega.
Qisqaruvchan tizimlar biofizikasi mushaklarning ulg’trastrukturasi, qisqarishning molekulyar mexanizmlari, mushaklar mexanikasini o’rganadi.
Bioenergetika tirik tizimlarda energiya hosil bo’lishi, transformatsiyasi (bir turdan ikkinchi turga aylanishi) va sarflanish qonuniyatlarini o’rganuvchi bo’limdir. Hujayrada ATF sintezini bog’lovchi membranalar – mitoxondriya, xloro’lastlarning tilakoid va bahzi mikroorganizmlar membranalarida elektrokimyoviy potentsiali hisobiga hosil bo’lishi XX asr biofizikasining erishgan yutuqlaridan biridir.
Radiobiologiya tirik tizimlarga (albatta, organizmlarga ham) ionlashtiruvchi nurlar tahsiri qonuniyatlarini o’rganuvchi biofizikaning bo’limidir. Radioaktiv nurlar avvalo, biologik molekulalarni fazoviy tuzilishiga va oqibatda xossalariga, membranalarga, hujayra va uning organoidlariga tahsir qiladi va tirik tizimlar faoliyatini izdan chiqaradi.
Fotobiologiya bo’limi esa fotokimyoviy reaktsiyalar va jarayonlar, bunda energiyaning uzatilishi va almashinishi, fotosintez mexanizmini, turli xil to’lqin uzunligidagi nurlarni biologik tizimlarga tahsirini o’rganadi.