Biogaz orqali aholining turmush tarzini


EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix16.06.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#131193
1   2   3
EJAR13290

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH 
Innovative Academy Research Support Center 
UIF =
 8.1 | SJIF = 5.685 
www.in-academy.uz
 
Volume 2 Issue 13, December 2022 ISSN 2181-2020 
Page 1530 
chiqarishda xomashyo sifatida foydalanib 
kelinadi. Qolgan o’simliklarning poyalari 
tashlab yoki yoqib yuboriladi. Mana shu 
qishloq xo’jalik chiqindilaridan ham 
biomassa, 
ya’ni 
bioyoqilg’i 
sifatida 
foydalanish mumkin. Biologik chiqindilarni 
to’g’ridan to’g’ri yoqish yo’li bilan energiya 
olishdan tashqari biogaz ham olish 
mumkin. 
Biogaz 
har 
xil 
biologik 
mahsulotlarni havosiz muhitda ferm 
entatsiya-achishi natijasida hosil boladigan 
mahsulotdir. 
Biogaz 
-gazlarning 
aralashmasi. 
Uning 
asosiy 
tashkil 
qiluvchilari: metan (CH4) - 55-70% , 
uglerod dioksidi (CO) - 28-43% va oz 
miqdorda vodorod sulfid (H2S) va boshqa 
gazlardir.
O’rtacha 1 kg organik modda 70% biologik 
parchalanganda 0,18 kg metan, 0,32 kg 
karbonat angidrid, 0,2 kg suv va 0,3 kg 
ajralmaydigan 
qoldiqqa 
bo’linadi. 
Fermentatsiya natijasida hosil bo’lgan 
gazlardan uylarni va suvni isitishda, ovqat 
tayyorlashda va boshqa maqsadlarda 
foydalanish mumkin. Ayniqsa, asosiy 
energetik tarmoqlardan uzoqda joylashgan 
qishloqlarda biogazdan foydalanish qishloq 
aholisi uchun juda ko’p qulayliklarni 
yaratishga xizmat qiladi.Qadimda Xitoyda 
birinchi bo’lib biogazdan foydalanilgan. 
Shuning uchun hozirgi kunda biogaz ishlab 
chiqarish bo’yicha dunyoda yetakchi 
o’rinlarni Xitoy egallaydi. O’tgan asrning 
70- yillari o’rtalarida bu mamlkatda bir 
millionga yaqin metantenklar qurilib ishga 
tushirilgan. Hozirgi vaqtda ularning soni 20 
mln. dan oshib ketgan. Xitoy Xalq 
Respublikasida milliy energo iste’molining 
30%i biogaz hisobidan qoplanadi.Biogaz 
ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda ikkinchi 
o’rinni Hindiston egallaydi. O’tgan asrning 
30-yillarida dunyoda birinchi bo’lib 
Hindistonda biogaz olish texnologiyasini 
rivojlantirish bo’yicha milliy dastur qabul 
qilingan. 
2000-yilning 
oxirlarida 
Hindistonning 
qishloqlarida 
qurilgan 
metan tanklarning soni 1 mln. dan oshib 
ketdi. Natijada bir qancha qishloqlarning 
energiya bilan ta’minlanishi va ularning 
sanitar-gigiyenik 
holati 
yaxshilandi, 
o’rmonlardagi daraxtlarni kesish keskin 
kamaydi va tuproqning tarkibi yaxshilandi. 
Nepalda milliy biogaz kompaniyasi tashkil 
qilindi va u faollik bilan ish olib bormoqda. 
Yaponiyaning 

dona 
chorvachilik 
xo’jaliklarida qurilgan biogaz qurilmalari 
muvaffaqiyatli ekspluatatsiya qilinmoqda. 
Dastlabki hisoblar shuni ko’rsatadiki, 
chiqindilar bilan aralashtirilgan 1 tonna 
o’simlik biomassasidan 350 m3(metan, 
vodorod) gaz olish mumkin.Bir sigirning 
go’ngidan bir kunda 4,2 m 3 gacha biogaz 
olish mumkin. 1 m3biogazning energiyasi 
0,6 m3 tabiiy yoqilg’i gaz, 0,74 l neft, 0,65 l 
dizel yoqilg’isi, 0,48 l benzin va 
boshqalarning energiyasiga to’g’ri keladi. 
Biogaz qo’llash bilan yoqilg’i mazuti, 
ko’mir, elektr energiyasi va boshqa elektr 
energiyasi ishlab chiqaruvchi manbalar 
tejaladi. Biogaz qurilmalarini tadbiq etish 
chorvachilik 
va 
parrandachilik 
fermalarining hamda ular joylashgan atrof-
muhit 
ekologiyasini 
yaxshilaydi.Bir 
kilogramm go’ngdan qancha gaz olish 
mumkin? Bir litr suvni qaynatish uchun 26 
litr gaz sarflanishini hisobga olib quyidagi 
chiqindilardan qancha suvni qaynatishga 
yetarli gaz olish mumkinligi aniqlangan: 
- qoramolning 1 kg go’ngidan 7,5 + 15 litr 
suvni qaynatishga;
- cho’chqaning 1 kg go’ngidan 19 litr suvni 
qaynatishga; 
- qushlarning 1 kg tezagidan 11,5 + 23 litr 
suvni qaynatishga;
- dukkakli ekinlarning 1 kg poxolidan 11,5 
litr suvni qaynatishga; 



Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin