Biogen elementlar Reja


s-Elementlar, ular birikmalarining tibbiyotdagi ahamiyati va qo’llanilishi



Yüklə 22,26 Kb.
səhifə5/6
tarix26.10.2023
ölçüsü22,26 Kb.
#161631
1   2   3   4   5   6
Biogen elementlar

s-Elementlar, ular birikmalarining tibbiyotdagi ahamiyati va qo’llanilishi

  • Tashqi elektron qavati s- elektronlar bilan tugallanadigan elementlar s- elementlar deyiladi. s- Elementlar davriy jadvalning birinchi va ikkinchi guruxlarining asosiy guruxchaalarida joylashgan. Ularinng valent elektronlari s- elektronlardir. IA guruhdagi elementlarning o’ziga xos hususiyatlari shundaki, ularning tashqi elektron qavatida bittadan s- elektron bo’lib, undan oldingi elektron qavati mustahkam elektron qavatdir.

  • Ishqoriy metall ionlarining zaryadi kichik va radiusi katta bo’lganligi uchun ularning kompleks hosil qilish qobiliyati kam bo’ladi. Ikkinchi gurux s- elementlari - Be, Mg, Ca, Sr va Ba dir. Bu elementlarning kationlari bir valentli elementlar kationlariga nisbatan yuqori qutblanish xossasiga ega.

  • Mg2+, Ca2+, Sr2+ va Ba2+ kationlarining tuzlari gidrolizga juda kam uchraydi (xlorid va nitratlari va MgSO4 dan tashqari). Gidroksidlarining asoslik xosslari va ularning eruvchanligi Mg(OH)2 dan Ba(OH)2 ga qarab ortib boradi. Bu kationlar uchun oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari xos emas, chunki bu kationlar o’zgarmas oksidlanish darajasiga ega.

    A'zolarda doimiy ravishda saqlanadigan s- elementlardan natriy, kaliy, magniy, kaltsiylarning ahamiyati ko’proq qrganilgan. Ular modda almashinuvida ishtirok etadi, biologik faol birikmalar (fermentlar, gormonlar, vitaminlar va boshqalar) ning tarkibiga kiradi. Elementlar konsentratsiyasining a'zolardagi o’zgarishi, ya'ni elementlarning yetishmasligi yoki ortiqchaligi xayot faoliyatiga salbiy ta'sir ko’rsatadi. Natriy ionlari organizmda suvni bir me'yorda ushlab turilishini ta'minlaydi. Natriy tuzlari xujayralarda osmotik bosimni doimiyligini saqlashda va fermentlarning ish faoliyatiga ta'sir etadi. Natriy xlorid me'da shirasi tarkibidagi xlorid kislota uchun xlorning manbayi bo’lib hizmat qiladi. Natriy bikarbonat bikarbonatli bufer sistemaga kirib, xujayralardan tashqari suyuqliklarda kislota-asosli muvozanatni saqlashda katta ahamiyatga ega.


    • A'zolarda doimiy ravishda saqlanadigan s- elementlardan natriy, kaliy, magniy, kaltsiylarning ahamiyati ko’proq qrganilgan. Ular modda almashinuvida ishtirok etadi, biologik faol birikmalar (fermentlar, gormonlar, vitaminlar va boshqalar) ning tarkibiga kiradi. Elementlar konsentratsiyasining a'zolardagi o’zgarishi, ya'ni elementlarning yetishmasligi yoki ortiqchaligi xayot faoliyatiga salbiy ta'sir ko’rsatadi. Natriy ionlari organizmda suvni bir me'yorda ushlab turilishini ta'minlaydi. Natriy tuzlari xujayralarda osmotik bosimni doimiyligini saqlashda va fermentlarning ish faoliyatiga ta'sir etadi. Natriy xlorid me'da shirasi tarkibidagi xlorid kislota uchun xlorning manbayi bo’lib hizmat qiladi. Natriy bikarbonat bikarbonatli bufer sistemaga kirib, xujayralardan tashqari suyuqliklarda kislota-asosli muvozanatni saqlashda katta ahamiyatga ega.

    • Natriyning ko’pgina birikmalari tibbiyotda qo’llanadi:

    • NaCl - osh tuzi tibbiyotda izotonik va gipertonik eritmalarni tayyorlash uchun ishlatiladi. Uning 0,86 - 0,9 % li eritmasi fiziologik eritma deyiladi va ko’p qon y o’qotilganda y o’g’on qon tomirga yuboriladi. 3-10 % li eritmasi esa gipertonik eritma sifatida yaralarni davolashda ishlatiladi.

    • Na2SO4 × 10 H2O - glauber tuzi surgi dori sifatida ishlatiladi

    • NaI va KI gipertireoz, nafas olish y o’llarining yallig’lanishi, bronxial astma kasalliklarini davolashda ishlatiladi.

    • NaHCO3 ning 0,5 - 2 % li eritmasi shamollashda, konyuktivitda, loringitda, og’izni chayish, kompress qilish va nafas y o’llarini ingalyatsiya qilishda ishlatiladi.

    Yüklə 22,26 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin