Biogumusning eng yaxshi 10 ta tasiri


Vermitexnologiya biogumusi



Yüklə 16,57 Kb.
səhifə2/3
tarix24.10.2023
ölçüsü16,57 Kb.
#160351
1   2   3
4-amaliy

Vermitexnologiya biogumusi qimmatliligi shundaki, unda mikroorganizmlar miqdori juda ko‘p bo‘lib, yuqori miqdordagi fermentlar tabiiy unumdor bo‘lmagan va kimyoviy zararlantirilgan tuproqlarni regeneratsiya jarayonini ta’minlaydi. Tuproqdagi biogumus, undagi mikroorganizmlar faoliyati natijasida hosil bo‘ladi. Vermitexnologiyada biogumus ishlab chiqarish, yomg‘ir chuvalchanglarini substrat bilan boqish va ular tomonidan kompostni qayta ishlab chiqarilgan kaprolitdan hosil qilinadi. Sanoatda ishlab chiqarilgan biogumus namligi 50% bo‘ladi.
Biogumus – yomg‘ir chuvalchanglari hayot faoliyati mahsulidir. U kichik granulalashgan, sochiluvchan, to‘q jigarrang yoki qora rangli massa bo‘lib, yer xidiga ega. Biogumus barcha qishloq xo‘jalik ekinlarida, o‘rmonchilikda, gulchilikda, gullar va sabzovot ekinlarini issiqxonalarda va pitomniklarda yetishtirishda, shaharlarni obodonlashtirishda organik o‘g‘it sifatida qo‘llaniladi. Vermitexnologiya asosida ishlab chiqarilgan biogumus mikrobilogik o‘g‘it hossalariga ega. Tuproqga qo‘shilgan biogumus, uni yuqori darajada sog‘lomlashtiradi. Biogumus tarkibida ko‘p miqdorda fermentlar, vitaminlar, tuproq antibiotiklari, o‘simliklarni o‘stiruvchi garmonlar va boshqa ko‘pgina biologik aktiv moddalar mavjut. Undagi gumus miqdori go‘ngga nisbatan 4-8 marotaba ko‘p. Tuproqga solingan biogumus ta’siri 5 yilgacha davom etadi. Biogumus o‘simliklar tomonidan oson o‘zlashtiriladi. Unda begona o‘t urug‘lari yo‘q. Quritilgan biogumus o‘z sifatini yo‘qotmaydi. Mikrobiologiya sanoatiga tegishli bo‘lgan bu kashfiyot, bakteriyalar asosida tayorlanadigan bialogik texnalogiyalarga ham aloqadordir. Oxirgi yillarda bu organik chiqindi qishloq xo‘jaligi sistemasida va asosan oziq ovqat yetishtirish sanoatida keng ko‘lamda ishlatilmoqda. Vermikompost humik va fulkiv kislotalar, makro va mikro ozuqalar, amino kislotalar va boshqa biologik faol moddalardan tashkil topgan. Shuning uchun ham uning turli hollarda qo‘llanishi, hosil miqdorini oshirmoqda va tuproqni minerativlik xususiyatlarini yaxshilamoqda.
Tuproqning organik qismini organik qoldiqlar va gumus tashkil etadi.
Gumusning manbai esa tuproqda yashovchi yuksak o‘simliklar, mikroorganizmlar va hayvon qoldiqlaridan iborat. Bugungi shiddatli rivojlanish davrida insoniyatni oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun tuproq unumdorligini yaxshilash, hosil salmog‘ini oshirish davr talabi.Ushbu rejani amalga oshirish AQSh, Italiya, Angliya, Vengriya, Niderlandiya. Frantsiya, Germaniya kabi mamlakatlarda yomg‘ir chuvalchangini yetishtirish sanoat asosida tashkil etilgan. Chuvalchang esa tuproq unumdorligi va undagi chirindi miqdorini oshirishda xizmat qiladi. Agarda bir gektarda bir mlngacha chuvalchang bo‘lsa o‘rtacha 23 tonnadan 39 tonnagacha tuproqni ichaklaridan o‘tkazib biogumus tayyorlab berishi isbotlangan. Bizning dalalarimizda esa urug‘lik uchun ham bir dona chuvalchang topilmaydi. Sabab: tuproq kimyoviy zaharli pestisidlar bilan zaharlangan. Shu o‘rinda quyidagi ma’lumotga e’tibor qilsak, o‘tgan asrning so‘ngi 10 yilligida qishloq xo‘jaligi ekinlari kasallik va zararkunandalariga qarshi har bir gektarga Yaponiyada 200-400 gr, AQShda 2-4 kg, Sobiq Ittifoq bo‘yicha 10-12 kg kimyoviy zaharli petitsidlardan foydalanilgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich Sobiq Ittifoqning paxta xom-ashyo bazasiga aylantirilgan O‘zbekistonda 55-59 kg ni tashkil etganligini qanday baholash mumkin. Buning oqibatida tuproq tarkibida yashovchi nafaqat mikroorganizmlar, balki barcha jonzotlar nobud bo‘ldi yoki o‘z makonlarini tark etdi. Oqibatda tuproq narkamanga aylandi. Ya’ni unga qo‘shimcha o‘g‘it bersang hosil beradi, bo‘lmasa yo‘q. Shu o‘rinda chuvalchang tuproqqa nima beradi degan savolga javob bersak. Chuvalchang tuproq tarkibidagi turli xil mikrob, zamburug‘, suv o‘ti, ne’matoda va boshqa turli xil qoldiq gumus bilan oziqlanadi. Shu tariqa O‘zbekiston sharoitida bir yilda bir gektar yerdagi chuvalchanglar 40-50 tonnagacha, Yevropa mamlakatlari sharoitida 200 tonnagacha tuproqlarni organik biogumusga aylantirib beradi. 2020 yildagi ma’lumotlarga ko‘ra AQShda 2500 mingdan ortiq yirik sanoatlashgan chuvalchang fabrikalari mavjud. Tabiiy holda bir dona yovvoyi chuvalchang 50-100 donagacha ko‘paysa, fabrikada ya’ni sun’iy sharoitda 1000-1500 donagacha urchiydi, 4 yilgacha yashaydi. AQShda yaratilgan gibrid chuvalchanglar 16 yilgacha faol ishlash qobiliyatiga ega. Chuvalchang oqsilga boy, uning tarkibida 65-72 % gacha oqsil bor. Shu sababli ham nafaqat tuproq unumdorligini oshirish balki parrandachilik sohalarida ham bundan foydalansa natija juda yuqori bo‘ladi. Buning uchun u yuvib olinib quritiladi va un tayyorlanadi. Bir gektardan 400 sentnergacha chuvalchang uni yetishtirish mumkin. Shu o‘rinda aytish kerakki, AQSh ushbu masala bilan 1930 yildan beri ilmiy tadqiqotlar va amaliy ishlar olib borayotganlar bo‘lsa, bizning mamlakatimizda 1980 yillardan boshlangan bo‘lib hali-hanuz ijobiy natijasi sezilgan emas.

Yüklə 16,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin