Bioinformatika fanining rivojlanish tarixi


DNK va RNK nukleotidlar ketma-ketliklari ma`lumot bazalari (EMBL)



Yüklə 58,66 Kb.
səhifə5/22
tarix13.04.2023
ölçüsü58,66 Kb.
#97056
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
bioinformatika shppi.

DNK va RNK nukleotidlar ketma-ketliklari ma`lumot bazalari (EMBL).
EMBL -1974 yilda tashkil topgan, tirik tabiat haqidagi fanlar bo‘yicha Yevropaning yetakchi laboratoriyalari-molekulyar biologiya spektrlarini qamrab oluvchi 80 dan ortiq mustaqil tadqiqot guruhlari bo‘lgan hukumatlararo tashkilot(31-rasm) hisoblanadi. EMBL-tadqiqot markazi va ma‘lumotlar bazasi oltita saytlar hamjihatligida ishlaydi: Heidelberg, Barselona,Gamburg, Grenobl, Rim va EMBL-EBI Xinxton.Yevropa molekulyar biologiya laboratoriyasi -EMBL dunyodagi yetakchi ilmiy-tadqiqot institutlari va Yevropaning tirik tabiat haqidagi ilm-fan laboratoriyalari jamlanmalaridan biridir. EMBL Yevropa bo‘ylab oltita markaz va uning saytlardan foydalanib ishlaydi: EMBL-da olib borilgan tadqiqotlar biologik tashkilotlarning ko‘p darajalarida, molekuladan organizmgacha, shuningdek, hisoblash biologiyasi, bioinformatika va tizimlar biologiyasida eksperimental tahliliga urg‘u beradi. Tadqiqotlar molekulyar biologiya spektrini qamrab oluvchi 80 dan ortiq mustaqil guruhlar tomonidan olib borilmoqda. EMBL xalqaro, innovatsion va fanlararo o‘zaro hamkorlikni tashkil qilgan. Uning ko‘pgina mamlakatlardan kelgan 1700 dan ortiq xodimlari bioinformatika, genomika, biologiya, fizika, kimyo va informatika fanlarini o‘z ichiga oladi.
DNK va RNK nukleotidlar ketma-ketliklari ma`lumot bazalari (DDBJ).
1980-yillarning boshidan boshlab DDBJ nukleotidlar ketma-ketligi ma‘lumotlar bazalaridan biri sifatida, shu jumladan Yevropada EMBL-Bank /EBI va AQShda GenBank / NCBI a‘zosi sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda. 2005 yilda DDBJ, EMBL-Bank va GenBank o‘zaro hamkorlikni INSDC deb atashni kelishdilar.DDBJ, EMBL va GenBank tomonidan birgalikda boshqariladigan xalqaro ketma-ketlik ma‘lumotlar bazalariga ma‘lumotlarni taqdim etgan shaxslar quyidagilarni bilishlari kerak:INSD o‘zlarining ma‘lumotlar bazalarida mavjud bo‘lgan barcha gen annotasiyalariga bepul va cheklovsiz kirishning yagona siyosatiga ega. Dunyo miqyosidagi olimlar ushbu annotasiyalardan tajribalarni rejalashtirishda yoki tahlillarni nashr qilish uchun foydalanishlari mumkin. Ilmiy nashrlarni chop etishda ilmiy adabiyotlardan foydalangan holda, ilmiy izlanishlar asl nusxasini keltirish lozim bo‘ladi.DDBJ markazi rasman tadqiqotchilar tomonidan nukleotid ketmaketliklar to‘plash va ma‘lumotlar jamlash uchun tasdiqlangan halqaro baza hisoblanadi. DDBJ markazi har kuni ENA/EBI va NCBI bilan chiqarilgan ma‘lumotlarni almashtirganligi sababli, uchta ma‘lumot markazi har qanday vaqtda deyarli bir xil ma‘lumotlarni o‘zaro almashadi. Deyarli yagona ma‘lumotlar bazasi INSD deb ataladi. DDBJ asosan yapon tadqiqotchilari tomonidan natija ma‘lumotlarni to‘playdi, Yapon tadqiqotchilarining INSD ma‘lumotlarining 99% DDBJ orqali taqdim etiladi.Patent arizalariga ko‘ra tegishli nukleotid va aminokislotalar ketma- ketligi ma‘lumotlarini taqdim etish:INSD Yaponiya, Koreya, Yevropa va AQShda Patent idoralari tomonidan to‘plangan patent- mualliflik ixtirolari ilovalar bilan bog‘liq nukleotid natija ma‘lumotlarni o‘z ichiga oladi. DDBJ markazi, shuningdek, Yaponiya va Koreyada patent idoralari tomonidan to‘plangan patent ilovalar bilan bog‘liq aminokislotalar natija ma‘lumotlarni beradi.

Yüklə 58,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin