225
glyukoza-6-fosfat allosterik regulyatsiya
yoli bilan glikogensintetaza
fermentining faolligini oshiradi, bu esa glikogen sintezlanishini
tezlashtiradi;
glyukozani to‘qimalarda
parchalanishini tezlashtiradi;
glyukozani aminokislota va yog‘ kislotalariga aylanishini
tezlashtiradi;
glikogenfosforilazaning faolligini pasaytiradi,
chunki uning
fosforlanishi toxtaydi.
Glikogenoliz ham pasayadi; insulin adenilsiklazaning faolligini
pasaytiradi (aniqrogi, sAMF ni
parchalovchi fosfodiesteraza
fermentining faolligini oshiradi va u sAMF ni AMF ga aylantiradi,
parchalaydi). Natijada proproteinkinaza faol holatga otmaydi va
glikogensintetaza «B» nofaol (fosforlangan)
formasi kamayib,
glikosintetaza «A» faol (fosforlanmagan) formasi miqdori ko‘payadi.
Bunda glyukozadan glikogen sintezi tezlashadi.
Uglevodlar almashuvida insulinning glyukozaning glikogenga
aylanishidagi molekulyar ta’sir etish sxematik mexanizmi quydagicha:
sAMF (-) kamayib, glikogenni glyukozaga parchalanishi kamayadi;
sGMF (+) chunki glikogenfosforilaza «A» (faol) glikogenfosforilaza
«B» ga o‘tadi.Glikogensintetaza «B» (nofaol) esa glikogensintetaza «A»
ga (faol) aylanadi va glikogen sintezlanishi tezlashadi.
Dostları ilə paylaş: