Biokimyo pmd


Glikogen almashuvini adrenalin va insulin ta’sirida



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

Glikogen almashuvini adrenalin va insulin ta’sirida
regulyatsiyasining molekulyar
mexanizmi
Glikogen almashuvining reaksiyasida qatnashadigan asosiy
gormonlar adrenalin va insulin bo‘lib, ular glikogenning parchalanish
va sintezlanish jarayonlarini asosiy fermentlari (glikogenfosforilaza va
glikogensintetaza) faolligiga ta’sir ko‘rsatadilar.
Toqimalarning glyukozaga bo‘lgan talabi oshganda glikogenoliz,
yani glikogenni glyukozaga parchalanishi tezlashadi. Bunda adrenalinni
(buyrak usti bezi mag‘iz qismi gormoni) ajralishi tezlashib, u hujayra
membranasidagi adrenalinga xos retseptorlar orqali membranadagi
adenilatsiklaza fermentining faolligini oshiradi: harakatdagi
adenilatsiklaza ATF dan sAMF hosil bo‘lishini tezlashtiradi. sAMF
nofaol proproteinkinazani faol proteinkinazaga aylantiradi: bu kam aktiv
glikogenfosforilaza «B» ni aktiv glikogenfosforilazaga «A» ga
aylantiradi. Bu vaqtda glikonegfosforilaza «B» proteinkinaza ta’sirida
va 4 molekula ATF ishtirokida (4 mol ADF ajratib) fosforlanadi;
fosforlangan glikogenfosforilaza «A» faoldir. Glikogenfosforilaza «A»
glikoliz uchun glyukoza qoldiqlarini tayyorlovchi ferment bo‘lib,u 2
xil shaklda bo‘ladi:
1. Glikogenfosforilaza «A» faol, fosforlangan
2. Glikogenfosforilaza «B» nofaol, fosforlanmagan.
Glikogenfosforilaza «A» glikogenni glyukoza-1-fosfatga (H
3
RO
4
biriktirib) aylanishini tezlashtiradi; u esa fosfoglyukomutaza ta’sirida
glyukoza-6-fosfataza ta’sirida glyukoza va H
3
RO
4
ga parchalanadi.
Shunday qilib, adrenalinning glikogen parchalanishidagi sxematik
molekulyar mexanizmi quyidagicha boradi (65-rasm).
Maxsus fosfataza fermenti ta’sirida esa faol fosforilaza «A» (4N
2
O
ishtirokida) 4H
3
RO
4
ajratib nofaol glikogenfosforilaza «B» ga aylanadi.
Glikogenfosforilaza «B» ning faolligi allosterik modulyator sAMF
ta’sirida oshadi, aksincha ATF bu ferment uchun manfiy modulyator
bo‘lib glikogenfosforilazaning faolligini pasayishiga sabab bo‘ladi.
Shunday qilib glikogenfosforilaza fermentining faolligi AMFning
ATFga bo‘lgan nisbati bilan belgilanadi. Muskul to‘qimasi tinch holatida
deyarli hamma glikogenfosforilaza fermenti nofaol formada bo‘ladi.
Chunki bunda ATFning miqdori AMFning miqdoridan ancha
yuqoridadir. Glikogen almashinuvi reaksiyasida glyukagon (oshqozon
osti bezi hujayralari), glyukokortikosteroidlar (buyrak usti bezi po‘stloq
qavat), jinsiy gormonlar (erkak va ayollar jinsiy bezlarining gormonlari)


224
ham qatnashadilar. Bu gormonlar ham qonda, ham to‘qimada
glyukozaning miqdori ko‘payishiga sabab bo‘ladilar. Shuning uchun
bu gormonlarni diabetogen gormonlar deydilar. Ular glyukozani
glikogendan emas, balki aminikoslotalarning azotsiz qoldiqlari va yog‘
moddalarini parchalanish mahsulotlaridan hosil bo‘lishini
faollashtiradilar.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin