240
O‘t tarkibida shu kislotalarning glitsin (NH
2
-CH
2
-COOH) va
taurindan (NH
2
-CH
2
-CH
2
-SO
3
H) bilan birikishi natijasida juft ot
kislotalari: glikoxolat, glikodezoksixolat, glikoxenodezoksixolat;
tauroxolat, taurodezoksixolat, tauroxenodezoksixolatlar hosil bo‘ladi.
O‘t kislotalarining ta’siri:
yog‘ va suvning yuzasini (sirtini) tarang kuchini pasaytirib yog‘larni
emulsiya (mayda tomchi shakli)ga
aylantiradi;
lipaza fermentini faollaydi;
o‘t kislota yog‘ kislota va monoglitserid
bilan mitsellalar kompleksi
hosil qilib ularning so‘rilishiga imkoniyat yaratadi.
Triglitseridlar parchalanish reaksiyasining ketma-ketligi:
Bu reaksiya ketma-ketligida ta’sir etuvchi fermentlar har xil
joylashuvga ega. Triglitseridlipaza va diglitseridlipaza fermenti o‘n ikki
barmoqli ichakga me’da osti bezidan quyiladi.
Monoglitseridlipaza esa
ichak shilliq qavatida hosil bo‘ladi.
Fosfolipidlar parchalanishi fosfolipazalar ta’sirida roy beradi.
Fosfolipid molekulasidagi glitserin qoldig‘ining birinchi uglerodiga
241
to‘yingan yog‘ kislota birikkan bo‘lsa, ikkinchi uglerodiga to‘yinmagan
yog‘ kislota birikkan. Glitserin molekulasining
uchinchi uglerod atomiga
fosfat kislota qoldig‘i, so‘ngra azot asosli radikal birikadi.
Fosfolipaza A
1
fosfoglitserid tarkibidagi glitserin birinchi uglerod
atomidagi yog‘ kislotaning efir bogini uzadi.
Fosfolipaza A
2
fosfoglitserid molekulasining
ikkinchi holatidagi
yog‘ kislotani uzib lizofosfatid hosil qiladi. Ko‘pincha bunday
fosfolipaza
ilon zahri, qora-qurt zaharida bo‘lib, ularning ta’sirida hosil
bo‘lgan lizofosfatidilxolin eritrotsitlarning gemoliziga olib keladi.
Fosfolipaza C fosfoglitserid molekulasi tarkibidagi glitserin
qoldig‘idagi uchinchi uglerod atomi va fosfat kislota orasidagi bog‘ni
uzadi.
Fosfolipaza D fosfoglitseridning fosfat
kislota va azotli asosi
orasidagi bog‘ni uzadi:
Dostları ilə paylaş: