Biokimyo pmd



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

Yog‘ kislotalarning 
ω
ω
ω
ω
ω
-oksidlanishi
Istemol qilinadigan yog‘ kislotalaridan araxidon kislotasi alohida
o‘rin olgan. Chunki bu yog‘ kislotani to‘rt qo‘shbog‘i bo‘lib, ular 
ω
-
holatida joylashgan.
Bu yog‘ kislotalar endoplazmatik to‘rda
oksidlanishga uchraydi. 
ω
-holatida joylashgan qo‘shbog‘ oksidlanib
oksi-guruhiga aylanadi va qaytarilish reaksiyasi natijasida karbon guruhi
hosil qiladi. Natijada dikarbon aminokislota hosil bo‘ladi. Reaksiyani


245
katalizlovchi fermentlar sitoxrom P-450, qaytaruvchi sifatida NADFH
2
-
sitoxrom-c-reduktaza ishtirok etadi.
Toq sonli uglerod tutuvchi yog‘ kislotalarning oksidlanishi
Juft sonli yog‘ kislotalar kabi tarkibida uglerod atomlar soni toq
bo‘lgan yog‘ kislotalar mitoxondriyada oksidlanadilar. Ammo oxirgi
oksidlanish halqasida atsetil-KoA emas, balki propionil-KoA hosil
bo‘ladi. Mitoxondriyada propionil-KoA suksinil-KoA ga aylanib Krebs
halqasiga kiradi. Reaksiya ketma-ketligi quyidagicha:
Yog‘ kislotalar sintezi
Yog‘ kislotalari asosan, yog‘ to‘qimalari, jigar va sut bezida
sintezlanadi. Sintez jarayoni hujayralar sitoplazmasida kechadi,
mitoxondriyada esa sitoplazmada sintezlangan yoki tashqi muhitdan
tushgan palmitat uglerod zanjirining uzayishi yoli bilan tarkibida 18,
20, 22 ta uglerod tutuvchi yog‘ kislotalari sintezlanadi. Mitoxondriyada
piruvatning oksidlanib dekarboksillanishi va yog‘ kislotalar
parchalanishidan hosil bo‘lgan atsetil-KoA sintez uchun substrat
vazifasini o‘taydi. Ammo u mitoxondriya membranasidan o‘ta olmaydi,
lekin oksaloatsetat bilan birikib sitrat hosil qiladi va sitrat maxsus
trikarboksilatni tashuvchi sistema vositasida sitozolga o‘tadi hamda sitrat
liaza ta’sirida atsetil-KoAga aylanadi. Sitozolda atsetil-KoAdan yog‘
kislotalar sintezi yog‘ kislotalari sintetazasi deb atalmish maxsus
multiferment vositasida kechadi. Bu multiferment maxsus atsil tashuvchi
oqsil (ATO) deb atalmish oqsil bilan birikkan oltita fermentlardan (ATO-


246
atsetiltransferaza, ATO-maloniltransferaza, 
β−
ketoatsilATOsintetaza, 
β−
ketoatsil-ATO-reduktaza, 
β−
oksiatsil-ATO-degidrataza, yenoil-ATO-
reduktaza) tarkib topgan. Ushbu fermentlar ishtirokida dastlab butiril-
ATO sintezlanib, so‘ng uning uglerod zanjiri uzaya borishi natijasida
boshqa yog‘ kislotalari hosil bo‘ladi.
Yog‘ kislotalari biosintezining asosiy bosqichlarini quyidagicha
tasavvur qilish mumkin:


247

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin